Mavzu. Zamonaviy operatsion tizimlarining tavsifi. 23-59 Zaripov Boburbek


Download 8.93 Kb.
bet2/3
Sana12.11.2023
Hajmi8.93 Kb.
#1768741
1   2   3
Bog'liq
Презентация 23-59 Zaripov Boburbek

.

  • Foydalanuvchi interfeysi: Siz ekrandagi istagan dasturga murojaat qilganingizda ko`radigan birinchi narsa bu – foydalanuvchi interfeysi – sizga aloqa qilishga va o`zaro munosabatga kirishishga ruxsat beradigan, foydalanuvchi nazorat qila oladigan ekran.
  • Foydalanuvchi interfeysining 3 turi mavjud:
  • Buyruq bilan boshqariladigan
  • Menyu yordamida boshqariladigan
  • Grafik interfeys (GUI)
  • Foydalanuvchi grafik interfeysi (GUI, Graphical User Interface) hozirda eng asosiy sanaladi. Shuni unutmangki, foydalanuvchi interfeyssiz hech kim komputerni ishlata olmaydi.

Sichqonchadan foydalanish
Siz sichqonchadan juda tez-tez foydalanasiz. Sichqoncha sizga bir qancha harakatlarni bajarish uchun ekrandagi strelkani boshqarish imkonini beradi. Strelka dasturga bog`liq holda ko`rinishini o`zgartirsa ham odatda kamon o`qi shaklida bo`ladi. Sichqoncha strelkani ekranning ma`lum qismiga ko`chirish va kichik belgilarni ko`rsatish uchun ishlatiladi. Siz sichqonchadagi tugmalarni bosish yordamida belgilardagi amallarni faollashtirishingiz mumkin.
Sichqonchani stolingizda yoki sichqoncha gilamchasida boshqarish uchun bosh barmoq va ikkita chet barmoqlaringizni ishlating. Sichqoncha tugmalarini bosish uchun ko`rsatkich va o`rta barmoqlaringizdan foydalaning.
Ko`rsatuvchi qurilmalar. Ko`rsatuvchi qurilmalar foydalanuvchiga ekranning turli qismlarini ko`rsatish imkonini beradi. Ular buyruqlar ro`yxatidan bittasini tanlashda foydalaniladi. Ular shuningdek, ekrandagi obyektlarni boshqarishda foydalaniladi (Tanlash yoki ekran atrofida obyektlarni siljitish kabi). Sichqoncha eng mashhur ko`rsatuvchi qurilma; yorug`lik ruchkasi, joystik va o`shalar qatoridagi sezuvchi ekran.
Oyna. Ekran bir qancha mustaqil bo`laklarga bo`linganda ularning har biri oyna hisoblanadi. Bir qancha dasturlar natijalarini turli oynalarda bir vaqtda ko`rsatish mumkin. Foydalanuvchi bir dasturdan ikkinchi dasturga o`tishi yoki dasturlar o`rtasida ma`lumotlarni almashishi mumkin.

Download 8.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling