Mavzu: Zamonaviy sharoitda pensiya ta`minotining moliyaviy manbalarini mustahkamlash masalalari Reja


Download 261.09 Kb.
bet1/2
Sana23.04.2023
Hajmi261.09 Kb.
#1389854
  1   2
Bog'liq
Zamonaviy sharoitda pensiya ta`minotining moliyaviy manbalarini mustahkamlash masalalari


Mavzu: Zamonaviy sharoitda pensiya ta`minotining moliyaviy manbalarini mustahkamlash masalalari
Reja:

  1. Pensiya jamg'armasining tuzilishi

  2. Pensiya jamg`armasining moliyaviy manbalari.

  3. Pensiya ta`minotining mustahkamlash bo`yicha qaror hamda farmonlarning mohiyati va ahamiyati.

  4. Xulosa

  5. Foydalanilgan adabiyotlar

Umumdavlat moliyasi tarkibidagi bo'g'inlar ichida davlat byudjetidan keyin hajmi va iste'mokhilarni qamrab olish ko'lami hamda ijtimoiy ahamiyati bo'yicha ikkinchi o'rinda turadigan markazlashganjamg'armalardan biri bu byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasida byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasiga dastlab O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 27 dekabrdagi «O'zbekiston Respublikasi ijtimoiy ta'minot vazirligi huzurida Pensiya jamg'armasini tashkil etish to'g'risida»gi 459-sonli qaroriga muvofiq :., asos solingan.



1-rasm. Pensiya tizimining asosiy xususiyatlari
Pensiya ta’minoti iqtisodiy faol aholining ish joyi, mehnatga layoqati va daromadini yo‘qotish bilan bog’liq turli xavf-xatardan ijtimoiy himoyalash shakli hisoblanadi. Davlatning nazorati asosida ish beruvchilar va ishlovchilarning maqsadli badallaridan shakllanuvchi maxsus byudjetdan tashqari ijtimoiy fondlardan moliyalashtirilishi pensiya ta’minotining xususiyatli jihatidir. Shundan kelib chiqib pensiya ta’minoti tizimining oldida quyidagi maqsadlar turadi: - fuqarolarni keksalik davrida kambag’allikdan himoyalash; - mehnat faoliyati tugashi bilan pensiyaga chiqish oldidan to’lanadigan ish haqi miqdoriga proportsional tarzda belgilangan muayyan miqdordagi kafolatlangan daromadni ta’minlash; - bu daromadni kelajakda turmush darajasining pasayishidan himoyalash.3 Davlat tomonidan amalga oshiriladigan markazlashtirilgan jamg’arish yoki ishlovchilarning ish haqining bir qismini badal ko’rinishida pensionerlar foydasiga undirish pensiya to’lovlari manbaning ishonchli asosini ta’minlaydi. Bu imkoniyat, nafaqat, emissiya yo’li bilan, balki ijtimoiy siyosat doirasida zaruriy hollarda ish haqi miqdorini joriy ish haqi va pensiya ajratmalariga taqsimlashga tegishli o’zgartirishlar kiritish yo’li bilan ham amalga oshirilishi mumkin. Bugungi kunda tadqiq etilayotgan avlodlar birdamligi, zamonaviy qayta taqsimlash tamoyiliga asoslangan pensiya tizimi ishlovchilarning tegishli moliyaviy muassasalarga xususiy pensiya jamg’armalar qilishlarini inkor etmaydi. Ayniqsa, bu borada to’g’ri tashkil etilgan pensiya tizimi iqtisodiyotni investitsiyalashning moliyaviy manbai bo’lib xizmat qilishi mumkinligini e’tirof etishimiz zarur.
Pensiya tizimiga ta’minot badallarini qayta taqsimlashning davlat mexanizmi yordami bilan individuallashtirilgan schetlardan foydalangan holda moliyaviy ta’minlash, pensiya tizimini tashkil etishning o’ziga xosligi, belgilangan yagona badallarni hisobga olgan holda pensiya miqdorini belgilash kabilar xosdir. Umuman olganda, davlat pensiya ta’minoti o’zida fuqarolarni qarilikda, kasallik, onalik holatlarida, boquvchisini va mehnatga layoqatini to’la yoki qisman yo’qotganlikda, ishsizlik holatlarida moddiy ta’minlash bo’yicha konstitutsion xuquqlarini ro’yobga chiqarish usulini aks ettiradi. Ishlovchi oladigan ta’minot miqdori mehnat (ta’minot) staji, ish haqi miqdoriga, mehnat qobiliyatini yo’qotish darajasiga bog’liq bo’ladi va amaldagi tegishli qonunlar bilan tartibga solinadi.
Iqtisodiy islohotlar sharoitida davlat pensiya ta’minotini tashkil etish quyidagi tamoyillarga asoslanadi: - ijtimoiy ta’minotning majburiyligi va ixtiyoriyligining birligi; - davlat, ish beruvchi va yollanma ishlovchilarning ijtimoiy hamkorligi; - shaxsiy daromadlar va mehnat qilish qobiliyatini yo’qotishni qoplash; - maqsadli byudjetdan tashqari jamg’armalarni shakllantirish va ulardan samarali foydalanish; - ta’minot faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish bilan o’zini o’zi tartibga solishning birligi; - ijtimoiy ta’minotning asosiy subektlari hisoblangan ta’minlovchilar va ta’minlanuvchilarning o’zaro munosabati; - iqtisodiy samaradorlik va ijtimoiy adolatlilikning mutanosibligi; - fuqarolarni ta’minlashda ijtimoiy birdamlik va individual javobgarlik. Pensiya ta’minotining eng muhim iqtisodiy funktsiyasi mehnat resurslarini takror ishlab chiqarish uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir. Pensiya ta’minoti - davlatning ijtimoiy ta’minot siyosatining muhim va ajralmas qismidir.
Shu nuqtai nazardan, ijtimoiy ta’minot tizimi jamiyatda ijtimoiy adolatlilikni ta’minlash, siyosiy barqarorlikni vujudga keltirish va ta’minlab turishning asosiy shart-sharoitlaridan biridir. Davlat pensiya ta’minoti tizimini isloh qilish ijtimoiy xavf-xatarni, ya’ni ijtimoiy ta’minotning o’zaro bog’langan asosiy mustaqil shakllarini ajratishni talab etadigan himoyaning funktsional belgilarini hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerak. Bu nafaqa va pensiyalar to’lash uchun mablag’larni shakllantirish va sarflashdagi manzillilik, shuningdek mehnat qobiliyatini yo’qotishni profilaktikalash uchun tashkiliy va moliyaviy shart-sharoit yaratish imkonini beradi. Pensiya tizimiga sug’urta badallarini qayta taqsimlashning davlat mexanizmi yordami bilan individuallashtirilgan schetlardan foydalangan holda moliyaviy ta’minlash, pensiya tizimini tashkil etishning o‘ziga xosligi, belgilangan yagona badallarni hisobga olgan holda, pensiya miqdorini belgilash kabi belgilar xosdir.
Har bir yangi tashkil etilgan markazlashganjamg'arma oldiga muayyan maqsad qo'yilgani bois, ushbu jamg'arma oldiga ham zarur maqsad qo'yildi. lumladan, Byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasining bosh maqsadi-davlat tomonidan kafolatlangan pensiya ta'minoti tizimida boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish, daromadlarga mo'ljallangan majburiy badal, yig'im va ajratmalarni to'liq yig'ilishini ta'minlash, shuningdek, aholini kuchli ijtimoiy himoya qilish uchun moliyalashtirish chora-tadbirlarini o'z vaqtida va to'liqligicha ta'minlashga erishish hisoblanadi 2007 yil ma'lumotiariga muvofiq, pensioneriar soni-2,8 mIn. nafar, nogironlar soni 812 rning nafar: shular jumlasidan, bolalikdan nogironlar 235 ming nafar, nogiron bolalar 122 ming nafar, o'zgalar yordami va qaromog'iga muhtoj yoIg'izlar 30 ming nafarni tashkil etmoqda. Shu kabilarni ijtimoiy himoya qilish va manzilli yordam berish, o'z navbatida, Byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasini tashkil etishga asos bo'ladi. Byudjetdan tashqari Pensiyajamg'armasining asosiy vazifalaridan biri O'zbekiston Respublikasining 1993 yil 3 sentyabrda qabul qilingan «Fuqarolarni davlat pensiya ta'minoti to'g'risida»gi qonunini hayotga tatbiq etishga qaratilgan. Qayd etilgan qonunning 2- moddasida quyidagi ko'rinishdagi davlat pensiyalari zikr etilgan: - yoshga qarab; - nogironligi bo'yicha; - boquvchisini yo'qotganligiga ko'ra. 1995 yil 20 noyabrda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1289-sonli Farmoni e'lon qilindi. Mazkur Farmonda 1996 yil 1 yanvardan boshlab, ishlayotgan, xizmat ko'rsatayotgan va ish bajarayotgan pensioneriar uchun mo'ijallangan, belgilangan pensiyaning 50 foiz to'lanishi nazarda tutilgan.
Ammo, ikkinchi jahon urushi qatnashchilari yoxud shularga tenglashtirilganlar, 1- 2-guruh nogironlari, Chernobil halokatini bartaraf etishda ishtirok etib, ishlayotgan pensionerlar bun dan mustasnodirlar. Ular uchun belgilangan pensiyalar to'liq 100 foiz miqdorda olinishi belgilangan. 2000 yil 23 dekabrda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 498-sonli «Byudjetdan tashqari Pensiyajamg'armasi mablag'larini shakllantirish va xarajat qilish tartibi to'g'risidagi Nizomni tasdiqlash to'g'risida»gi Qarori e'lon qilindi.
Ushbu Nizomda Byudjetdan tashqari Pensiyajamg'armasini muvofiqlashtirib turishga xizmat qiladigan umumiy qoidalar, Pensiyajamg'armasining asosiy vazifalari va uni hayotga tatbiq etish, jamg'armaning daromadlarini shakllantirish va xarajatiarini am alga oshirish, jamg'armaning daromad va xarajatlar tartibini ko'rib chiqish va prognozlar bo'yicha mas'ul vazirliklar bilan kelishish, jamg'armaning daromad va xarajat mablag'lari bo'yicha majburiyatlar,jamg'armaga kirim va chiqim qilinayotgan mablag'lar ustidan nazorat qilish kabi talablar mavjud bo'lib, ularni o'z vaqtida va to'liq bajarilishini O'zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta'minot vazirligiga, uning daromadlarini shakllantirish esa O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasiga yuklatildi. Moliyaviy resurslarning shakllanishi va mablag'lardan maqsadli foydalanish ustidan umumiy nazorat «Nuroniy» jamg'armasi huzuridagi «Nazorat kengashiga» yuklatildi.
2005 moliya yili boshlangunga qadar Byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi dastlab O'zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta'minot vazirligi, so'ngra vazirlik Mehnat vazirligi bilan umumlashtirilganidan keyin O'zbekiston RespubIikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tasarrufiga o'tkazildi. 2004 yiJ 21 oktyabrda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 490-sonli «Byudjetdan tashqari Pensiyajamg'armasi boshqaruvini yanada takomillashtirish to'g'risida»gi Qarori e'lon qilindi. Ushbu qarorga muvofiq Pensiya jamg'armasi 2005 yil I yanvardan boshlab, O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiyajamg'armasi maqomini oldi.
Shuningdek, ushbu qaror bilan Byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasini boshqaruv kengashi va uning tarkibi ham belgiJandi. Boshqaruv kengashi tarkibiga quyidagi vazirIik va idora rahbarlari yoki ularning muovinlari kiritilgan. lumladan: - Kengash raisi, O'zbekiston Respublikasi Moliya vaziri;
- Kengash raisi muovini, O'zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qiiish vaziri; A'zoiari:
- O'zbekiston Respublikasi Davlat soiiq qo'mitasi raisi; - O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining muovini; - «Xaiq banki» boshqaruvi raisi; - «O'zbekiston pochtasi» Ochiq aksiyadorlik kompaniyasi bosh direktori;
- «Nuroniy» respublikajamg'armasi boshqaruvi raisi. Qayd etiJgan qarorga muvofiq Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasini tezkor muvofiqlashtirib turuvchi Ijroiya direksiya tasdiqlangan. Byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi daromadlarining shakllanish tartibi va manbalari. Jamg'arma daromadlari quyidagi manbalar hisobiga shakllanadi: t. Majburiy ajratma va badallar
- mulk shaklidan qat'iy nazar, yuridik shaxs maqomida bo'igan xo'jalik sub'ektlarining ish haqi jamg'armasiga nisbatan o'rnatilgan yagona ijtimoiy to'lov; - alohida yuridik shaxslardan ijtimoiy sug'urta badallari;
- yuridik shaxs maqomini olmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanayotganjismoniy shaxslardan ijtimoiy sug'urta badallari;
- fuqarolarning ish haqidan sug'urta badallari; - korxona, tashkilot va muassasalar tovar (ish, xizmat) larining realizatsiya hajmidan ajratmalar. 2. Boshqa to'lovlar -dehqon xo'jaligi a'zolari tomonidan ixtiyoriy ravishda to'lanayotgan sug'urta badallari; - majburiy ajratma, to'lov va badallarni o'z vaqtida to'lamagan yuridik shaxslardan undiriladigan jarimalar;
- qonun bo'yicha taqiqlanmagan boshqa manbalar, shuningdek, xorijiy investitsiyalar va kreditlar, ixtiyoriy to'lanadigan badallar. Pensiya, nafaqa va to'lov xarajatlarini moliyalashtirish tartibi. Amaldagi me'yoriy hujjatlarga muvofiq Pensiya jamg'armasi quyidagi yo'nalishlarga xarajat qiIinadi. I. Ishlamayotgan fuqarolarga, jumladan:
- ijtimoiy ta'minot bo'limi tomonidan belgilangan pensiyalar;
- davlat pensiya ta'minoti huquqiga ega bo'lmagan mehnatga layoqatsiz, nuroniy va bolalikdan nogiron bo'lgan fuqarolarga nafaqalar;
- qonunga mos ravishdajamg'arma mablag'laridan moliyalashtiriladigan boshqa kompensatsion (tovon) to'lovlar(i). 2
. Ishlayotgan fuqarolarga, xususan:
- ijtimoiy ta'minot bo'Iimi tomonidan belgilangan pensiyalar;
- vaqtinchalik mehnatga layoqatsizligi uchun nafaqalar; - homiladorlik va tug'ish uchun nafaqalar;
- farzand tug'ilganligi uchun suyunchi nafaqasi;
- motam marosimlarini bajarish uchun beriladigan nafaqa;
- 16 yoshga to'lmagan, bolalikdan nogiron farzandlarning otaonasidan biriga qo'shimcha beriladigan oylik to'lov;
- qonunga mos ravishda Pensiyajamg'armasi mablag'laridan moliyalashtiriladigan boshqa kompensatsion (tovon) to'lovlar(i).
Ishlaydigan va ishlamaydigan fuqarolar uchun pensiya, nafaqa va boshqa kompensatsiya to'lovlarini moliyalashtirish uchun Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va uning joylardagi bo'limlarida hisob-kitob raqami ochiladi.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi har oyning 10-sanasigacha ishlaydigan va ishlamaydigan fuqarolarga pensiya, nafaqa va kompensatsiya to'lovlariga zarur bo'lgan moliyaviy mablag'lar hajmini aniqlaydi va O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiyajamg'armasi ijrochi direksiyasiga buyurtma beradi. Buyurtmaga asoslangan holda Jjrochi direksiya jamg'arma mablag'ini Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining hisob raqamiga quyidagi tartibda o'tkazadi: - joriy to'lov oyining 5-sanasigacha - buyurtmada ko'rsatilgan moliyaviy mablag'ning 40 foizi; - joriy to'lov oyining 20-sanasigacha - buyurtmada ko'rsatilgan moliyaviy mablag'ning qolgan qismini.
Me'yoriy hujjatlarda ko'rsatilmagan maqsadlar uchun jamg'arma mablag'larini o'tkazish yoki undan vaqtinchalik foydalanish qat'iyan man etiladi. Faqat jamg'arma boshqaruv kengashining maxsus qaroriga muvofiq, ijrochi direksiyajamg'arma mablag'laridan boshqa maqsadlarda foydalanishi mumkin. Ya'ni ijobiy qoldiq vujudga kelgan sharoitda investitsion ob'ektlarga iqtisodiy samara olish maqsadida joylashtirish mumkin. Byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi xarajatlari va daromadlari hisobini olib borishga bir qator vazirlik va idoralar javobgar.
Masalan, O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi va uningjoylardagi bo'limlari prognoz bo'yichajamg'armaga zarur bo'lgan soliq, ajratma, badal va to'lovlarni o'z vaqtida va to'liqligicha jamg'arma darodmadlariga kelib tushishiga mas'uldirlar. Ijrochi direksiya ko'zda tutilgan pensiya, nafaqa va kompensatsiyalarni o'z vaqtida moliyalashtirishga javobgardir. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va uning joylardagi bo'limlari jamg'arma mablag'larini qat'iy maqsadli sarflanishiga mas 'uldirlar.
Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish, fuqarolarga davlat pensiyalarini tayinlash bo‘yicha davlat xizmati sifatini oshirish, ijtimoiy adolat tamoyillarini mustahkamlash, aholini ijtimoiy himoya qilish dasturlari manzilliligini va samaradorligini oshirib borish, shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2021-yil 29-oktabrdagi O‘RQ-726-son, “Fuqarolarning va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari kafolatlari yanada kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2022-yil 9-fevraldagi O‘RQ-752-son, “O‘zbekiston Respublikasida tibbiy-ijtimoiy xizmatlar tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida” 2022-yil 17-maydagi O‘RQ-770-son hamda “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida” 2022-yil 19-sentabrdagi O‘RQ-791-son O‘zbekiston Respublikasining qonunlari ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2021-yil 29-oktabrdagi O‘RQ-726-son O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq pensiya hisoblashda 2005-yil 1-yanvardan avvalgi davrlar uchun ish staji shaxsning faqat mehnat daftarchasidagi (elektron mehnat daftarchasidagi) mavjud yozuvlar asosida tasdiqlovchi hujjatlar talab etilmasdan belgilanishi, pensiya shaxsning tanloviga ko‘ra uning doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limi tomonidan to‘lanishi, tekshirish (o‘rganish) o‘tkazish boshlangan sanadan avvalgi uch yil va undan ortiq davrda tayinlangan va (yoki) qo‘shimcha taqdim etilgan hujjatlarga binoan qayta hisoblangan pensiyalarning tekshirilishiga (o‘rganilishiga) hamda ular bo‘yicha to‘langan ortiqcha summalarning ushlab qolinishiga (undirilishiga) yo‘l qo‘yilmasligi;
“Fuqarolarning va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari kafolatlari yanada kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2022-yil 9-fevraldagi O‘RQ-752-son O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq vafot etgan boquvchining mehnatga layoqatsiz farzandlari uchun 18 yoshga qadar, agar ushbu farzandlar ta’lim tashkilotlarining o‘quvchisi yoki talabasi bo‘lib hisoblansa, o‘qishning butun davri davomida, biroq 23 yoshga to‘lguniga qadar boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi to‘lanishi, shaxsning bolani parvarishlash bilan band bo‘lgan 6 yillik ta’til vaqti pensiya hisoblashda ish staji sifatida inobatga olinishi, O‘zbekiston Respublikasi hududida inson uchun xavfli bo‘lgan yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi va tarqalishi munosabati karantin joriy etilgan vaqtda shaxsga pensiya tayinlash muddati shaxsning karantin davrida pensiya olish huquqi paydo bo‘lgan vaqtdan boshlab tayinlanishi;
“O‘zbekiston Respublikasida tibbiy-ijtimoiy xizmatlar tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida” 2022-yil 17-maydagi O‘RQ-770-son O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq shaxsni nogironligi bo‘lgan shaxs deb topish tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan aniqlanishi;
“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida” 2022-yil 19-sentabrdagi O‘RQ-791-son O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq 2023-yil 1-yanvardan boshlab pensiyalarni hisob-kitob qilish uchun qabul qilinadigan o‘rtacha oylik ish haqining maksimal miqdori pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining o‘n ikki baravaridan kelib chiqib hisoblanishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
davlat pensiyalarini tayinlash uchun murojaat qilish, pensiyalar tayinlash uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni taqdim qilish tartibi;
davlat pensiyalarini tayinlashda mehnat staji, shu jumladan, ayrim toifa fuqarolar uchun imtiyozli asoslardagi mehnat stajini hisoblash tartibi;
davlat pensiyalarini tayinlashda ustama haqlarni hisoblab chiqish tartibi;
tayinlangan davlat pensiyalari turini o‘zgartirish, qayta hisoblash va tiklash tartibi;
tayinlangan davlat pensiyalarini to‘lash va chegirmalarni amalga oshirish tartibi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
XULOSA
Davlat pensiya ta’minoti tizimini isloh qilish ijtimoiy xavf-xatarni, ya’ni ijtimoiy ta’minotning o’zaro bog’langan asosiy mustaqil shakllarini ajratishni talab etadigan himoyaning funktsional belgilarini hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerak. Bu nafaqa va pensiyalar to’lash uchun mablag’larni shakllantirish va sarflashdagi manzillilik, shuningdek mehnat qobiliyatini yo’qotishni profilaktikalash uchun tashkiliy va moliyaviy shart-sharoit yaratish imkonini beradi. Pensiya tizimiga sug’urta badallarini qayta taqsimlashning davlat mexanizmi yordami bilan individuallashtirilgan schetlardan foydalangan holda moliyaviy ta’minlash, pensiya tizimini tashkil etishning o‘ziga xosligi, belgilangan yagona badallarni hisobga olgan holda, pensiya miqdorini belgilash kabi belgilar xosdir.
Jahon tajribasi ko‘rsatishicha, pensiya ta’minoti tizimi - bozor iqtisodiyoti sharoitida fuqarolarni qarilik, kasallik, mehnat qobiliyatini to‘la yoki qisman yo‘qotish, boquvchisini yo‘qotganlik, ishsizlik holatlarida moddiy ta’minlanishlariga bo‘lgan konstitutsion huquqlarini ro‘yobga chiqarishni ta’minlashi lozim bo‘lgan asosiy ijtimoiy himoya institutlaridan biridir. Olinadigan mablag’lar miqdori sug’urta (mehnat) staji davomiyligi, ish haqi miqdori, mehnat qobiliyatini yo‘qotganlik darajasiga bog’liq bo‘ladi va qonun asosida tartibga solinadi.4 Ko‘pgina rivojlangan mamlakatlar amaliyotida keng qo‘llaniladigan, ijtimoiy kafolatlar tizimi va moliyaviy institutlarni tashkil qilish vositalari va tamoyillari, atamalari, ijtimoiy va kasbga oid xavf-xatarlar, sug’urta badallari va to‘lovlarning ekvivalentligi, ijtimoiy xavf-xatar va sug’urta tariflarining bog’liqligi, shuningdek ushbu tizimning boshqa klassik elementlari - aholini ijtimoiy himoyalashning hayotiy muhim tartibga soluvchisi emas, balki mavhum kategoriyalar sifatida tasavvur qilinmoqda. mamlakatimiz pensiya tizimini moliyalashtirishda ma’lum bir muommolar mavjud. Buning uchun, fikrimizcha, dastlab pensiya tizimini moliyalashtirishni takomillashtirish va samaradorligini oshirishning ustuvor yo’nalishlarini aniqlab olish lozim. Pensiya tizimini moliyalashtirishni takomillashtirish quyidagi ikki muammo bilan bog’liq:
1) Pensiya jamg’armasi daromadlarini shakllantirish tartibining to’g’riligi, maqsadga muvofiqligi, ilmiy va amaliy jihatdan asoslanganligi, yangi zamonaviy talablarga to’liq javob berayotganligi, mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni chuqurlashuvidagi o’zgarishlarning o’zida mujassam etganligi va h.k.
2) Pensiya jamg’armasidan qilinayotgan xarajatlarning miqdori, hajmi, ko’lami, tarkibi, ularning maqsadga muvofiqligi, Pensiya jamg’armasining iqtisodiy tabiatiga, vazifalariga mos kelishi va sh.k.; Pensiya jamg’armasi xarajatlarini moliyalashtirishda shu jamg’armaning o’ziga tegishli bo’lgan mablag’larning etarli emasligi bilan bog’liq.
Muammoning mavjudligi, albatta, yangi me’yoriy va qonun hujjatlarining qabul qilinishi, pensiya badallarini yig’ish, uni maqsadli sarflash ustidan nazoratning kuchaytirilishi natijasida keyingi yillarda pensiya tizimining moliyaviy ta’minotini barqarorlashtirish borasida jiddiy yutuqlarga erishildi, Pensiya jamg’armasi hisobidan pensiyalarni moliyalashtirishda jiddiy qarzdorlik mavjud emas, olingan kreditlar to’liq qaytarilgan. Yuqorida qayd etilgan holatlarga qaramasdan, pensiyalarni to’lashga kamida uch oylik ehtiyojlarni mablag’ bilan ta’minlashga etarli darajada zahira jamg’armasini tashkil etishning iloji bo’lmayapti, majburiy pensiya badallari miqdorining nisbatan yuqoriligi



Download 261.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling