Mavzu: Zanjirli ekskavatorlarning zaboylari


Download 395 Kb.
bet2/4
Sana28.03.2023
Hajmi395 Kb.
#1303098
1   2   3   4
Bog'liq
15-mavzu Ekskavatorlar

qazib-yuklash ishlari deb yuritiladi. Siklli ishlaydigan mashinalaming (bir cho‘michli
ekskavatorlar, yuklagichlar, g‘ildirakli skreperlar, buldozerlar va boshqalar) ishchi organi davriy harakatlanuvchi faqat bitta cho‘mich yoki qirish elementi (buldozer pichog‘i - lemexi) dan tashkil topgan bo‘lib, davriy ravishda kon massasini kavjoy dan ajratib olib, to'kish joyiga eltib berish vazifasini bajaradi. Uzluksiz prinsipda ishlaydigan mashinalar (ko‘p cho'michli zanjirli, rotorli ekskavatorlar va boshqalar) ishchi organi (cho‘michi yoki qirg‘ichi) halqasimon trayektoriya bo‘yicha harakatlanishi tufayli uzluksiz yuk potokini hosil qilib. qazibyuklash ishlari uzluksizligini ta’minlaydi. Bunda kavjoy pog‘ona tilikiga nisbatan ko‘ndalang (toresli) va bo‘ylama (frontal) ko'rinishda bo‘lishi mumkin. Jinslar strukturasi bo‘yicha kavjoy bir tarkibli (sodda) va ko‘p tarkibli (murakkab) bo‘lishi mumkin. Sodda kavjoylarda jinslar yalpisiga, murakkab kavjoyda esa jinslar. foydali qazilmalar va ulaming navlari alohida (saralab) qazib olish usullari bilan amalga oshiriladi. Qazib-yuklash ishlari, qazib-yuklovchi mashinalar turgan gorizontga nisbatan kavjoyning joylashishiga ko‘ra yuqoridan, pastdan va ham yuqori, ham pastdan (aralash) qazib olish, shuningdek yuqoriga, pastga va ham yuqoriga, ham pastga yuklash usullari bo‘yicha bajarilishi mumkin (1-rasm)

(1-rasm)Qazib-yuklovchi mashinalarining sxemalari:
a - to‘g‘ri mexanik cho‘michli; b - teskari mexanik cho‘michli; d - draglayn; e - greyfer; f -zanjirli ko‘p cho‘michli ekskavator; g - rotorli ekskavator; h - g‘ildirakli skreper; i - buldozer; j – shnekli burg‘ilash mashinasi; к - yuklagich.

2-rasm Ekskavatorlaming ishlash sxemalari: a - yuqoridan qazib olib pastga yuklash; b - pastdan qazib olib yuqoriga yuklash; d - yuqori va pastdan qazib olib, yuqoriga va pastga yuklash.
Hozirgi vaqtda MDH mamlakatlari, jumladan, 0 ‘zbekiston karyerlarida ham ЭКГ-4,6, ЭКГ-81, ЭКГ-12,5, ЭКГ-20 rusumli o‘rmalovchi (gusinitsali), to'g‘ri va teskari cho‘michli
ekskavatorlardan keng foydalanilmoqda. Qoplama jinslami qazib olib, ulami ichki jins ag'darmalarga transportsiz qazish tizimi bo‘yicha joylashtirishda ЭВГ- 35/65, ЭВГ-15/40, ЭВГ-100/100 rusumli mexanik cho‘michli. o‘rmalovchi ekskavatorlardan samarali foydalanilmoqda. Karyerlarda draglaynlar, asosan, qoplama jinslarni massivdan yoki portlatilgan jins yoyilmalaridan qazib olib ichki ag‘darmalarga joylashtirish yoki tashqi ag‘darmalarni hosil qilishda qo‘llaniladi. Karyerlarda qoilaniladigan draglaynlarning massasi og‘ir bo‘lganligi, shuningdek, asosan maydalangan kon jinslari ustida ishlashi tufayli zaminga tushadigan solishtirma bosimini kamaytirishni ta’minlash uchun ularning yurish organi odimlovchi (шагаюший) konstruksiyaga ega bo‘ladi. Karyerlarda cho‘michining hajmi 4,10, 15, 40. 60, 100 m3; strelasi uzunligi 40, 60,90,100m va undan ham uzun boigan ЭШ-4/40, ЭШ-10/60, ЭШ-15/90, ЭШ-100/100 rusmli draglaynlardan keng foydalaniladi. Hozirgi vaqtda kon mashinasozlik zavodlarida cho‘mich hajmi 1 2 0 m3 va strelasi uzunligi 125 m bo‘lgan odimlovchi draglaynlar ham ishlab chiqarilmoqda.
2.2Ekskavatorlar tasnifi va ularning texnologik tavsifi
Karyerlarda qazib yuklash ishlari, asosan, ekskavatorlar yordamida amalga oshiriladi. Kon massasini kavjoydan qazib olish, uni to‘kish joyiga eltish, cho'michni bo'shatish va kon
massasini yana qazib olish uchun dastlabki holatga qaytish ishlarini bir cho‘michli ekskavatorlar birin-ketin bajaradi. Ushbu jarayonlarning yig‘indisi ekskavator siklini tashkil qiladi.
Ko‘p cho‘michli ekskavator ushbu jarayonlami bir vaqtda parellel bajaradi. Shu sababli bir cho‘michli ekskavatorlar skill ishlaydigan mashinalar, ko‘p cho'michli ekskavatorlar esa
uzluksiz ishlaydigan mashinalar hisoblanadi. Cho'michning strela bilan bogManish konstruksiyasi belgisiga ko‘ra cho‘michi strelaga qat’iy bog‘langan ekskavatorlar (to'g‘ri va teskari cho‘michli elektrik va gidravlik ekskavator) va cho‘michi strelaga (kanat) simarqon orqali bog'langan bir cho‘michli ekskavatorlar (draglayn, greyfer) turlariga bo‘linadi.
Zanjirli va rotorli ekskavatorlar ko'p cho‘michli ekskavatorlaming keng qo‘llanadigan xillari hisoblanadi (1-rasm). Zanjirli ko‘p cho‘michli ekskavatorlaming ishchi organi cho'michlar o‘matilgan uzluksiz zanjir bo‘lib, u yo‘naltimvchi rom bo‘ylab harakatlanadi. Romning yuqori qismi ekskavator korpusiga oshiq-moshiq orqali mahkamlangan boiib, pastki
qismi esa simarqon bilan shkivlar orqali korpusdagi barabanga bog‘lanadi.
Kavjoydan kon massasini qazib olishda cho‘mich tishlari massivga rom og‘irligi ta’sirida botib kiradi va harakatlanishi mobaynida kon jinslarini qazib, cho‘michlarini to‘ldiradi.
Zanjirli ekskavatorlar cho‘michlarining umumiy hajmi 250 dan 4500 litrgacha, unimdorligi 800 dan 10000m3/soatgacha bo‘ladi. Bu ekskavatorlar kavjoy bo‘ylab temiryo‘1. o‘rmalash
zanjiri (гусиница) va odimlash mexanizmlari yordamida harakatlanadi. ЭРГ-1250, ЭР-1600 va boshqa rusumli rotorli ekskavatorlaming ishchi organi diametri 2,5 dan 18 m gacha
cho‘michlar o‘rnatilgan rotor g‘ildiragi boiib, u ekskavator strelasi uchiga o‘matiladi (19-g,e rasm). Rotorga o‘rnatilgan cho‘michlar soni 6 dan 12 gacha boiib, ularning hajmi 300
- 800 dan 4000 - 8000 litrgacha boiishi mumkin. Rotorli ekskavatorlar, asosan, o‘zi turgan gorizontdan yuqorida joylashgan kon jinslarini qazib olishga moijallangan boiib,
kichik, o‘rtacha katta va o‘ta katta unumdorlikka ega boiadi. Masalan, kichik unumdorlikka ega rotorli ekskavatoming unumdorligi soatiga 630 m3 gacha boisa, katta unumdorlikka
ega ekskavatorlar unumdorligi soatiga 2500 - 5000 m3 ni, o‘ta unumdor ekskavatorlaming unumdorligi undan ham ko‘p miqdorni tashkil qiladi. Karyerlarda qoilaniladigan ekskavatorlar rusumlarini ko‘rsatuvchi harf va sonlar ularning qanday jarayonlami
bajarishi, harakatlanish prinsipi, unumdorligi, qazish balandligi (chuqurligi) va boshqa tavsiflarini ko‘rsatadi. Masalan, ЭКГ-8 и rusumli bir cho‘michli ekskavatorda Э-ekskavator, K-karyer, Г-harakatlanish vositasi (гусинипца), 8 - cho‘mich hajmini ko‘rsatadi, ЭРГ-1600, 40/10 - 31 rusumli ekskavatorda Э - ekskavator, P - rotorli, Г-harakatlanish vositasi (гусиница), 1600-cho‘michlarining umumiy sigim i (litr), 40 – qazish balandligi (m), 1 0 - o‘zi turgan gorizontdan pastda joylashgan jinslami qazib olish chuqurligi (m), 31- strelasining old va orqaga surilish masofasi (m)ni bildiradi.
Ko‘p cho‘michli zanjirli ekskavatorlar yumshoq jinslarni qazib-yuklash ishlarida qoilanilganligi tufayli konveyer transporti bilan kompleksda yuqori samaradorlikni ta’minlaydi.
Biroq zanjirli ekskavatorlaming yo‘naltiruvchi qurilmasi va cho‘michlar o'matilgan zanjiri tez yemiriladi, natijada ekskavatsiyalash jarayonining energiya talabligi ko'payadi,
shuningdek, ushbu rusumdagi ko‘p cho‘michli ekskavatorlaming qirqish kuchi bir cho‘michli ekskavatorlamikiga qaraganda ancha kichik bo‘lib, maksimum 600 N/sm ni tashkil qiladi.
Rotorli ekskavatorlar zanjirli ekskavatorlarga nisbatan yengil bo'lib, bir birlikdagi unumdorlikka to'g‘ri keladigan massaning 1 ,2 - 1 ,4 marta kam bo‘lishini ta’minlaydi va qirqish kuchi ham katta bo‘lib, 1800 N/sm ni tashkil qiladi. Bu esa, o‘z navbatida, rotorli ekskavatorlami zichligi yuqori bo‘lgan kon jinslari va ko‘mirni qazib olishda qo‘llanilishini ta’minlaydi. Murakkab strukturaga ega bo‘lgan foydali qazilma yotqiziqlarini rotorli
ekskavatorlar bilan saralab qazib olishda samaradorlik yuqori bo‘lib, qazib-yuklash ishlarini avtomatlashtirish imkoniyati yuqori bo‘ladi.
Mexanik bir cho‘michli ekskavatorlaming cho‘michi strelasiga qat’iy o‘rnatilganligi sababli ulaming qirqish kuchi yuqori (3500 N /sm gacha) bo'lib, ish organlarining mustahkamligi yuqori bo‘ladi. Bu ekskavatorlar turli tip va o'lchamlarda ishlab chiqariladi, ulaming cho'michining hajmi 0,25 m3 dan 35 m3 gacha va undan ham katta bo‘ladi. Mexanik
bir cho‘michli ekskavatorlar karyerlarda bajariladigan qazibyuklash ishlarining katta qismini amalga oshiradi va maydalangan yarimqoyasimon, qattiq qoyasimon jinslarni qazib-yuklash
ishlarida keng qo‘llaniladi. Bir cho'michli ekskavatorlardan karyerlarda kon massasini qazib olib transport vositalariga yuklash va qazishdan bo'shagan maydonlarga (ichki ag‘darmaga) ekskavatsiyalash ishlarida foydalaniladi. Ish jarayonining uzlukligi (siklliligi) mexanik bir
cho‘michli ekskavatorlaming asosiy kamchiligi hisoblanadi. Chunki, bunda ekskavatsiyalashga (cho‘michni to‘ldirishga) sarflanadigan vaqt sikl davomiyligining 20 - 30% ni tashkil qiladi. Hozirgi vaqtda mamlakatimiz va chet eldagi karyerlarda mexanik bir cho‘michli ekskavatorlarga nisbatan yuqori unumdorlikka ega bo‘lgan gidravlik ekskavatorlardan keng foydalanilmoqda.
Draglaynlar cho'michi strelasiga simarqon orqali osilganligi tufayli mexanik cho'michli ekskavatorlarga nisbatan qazib olingan kon massasini uzoq masofaga eltib berishni
ta’minlaydi. Biroq ularning qirqish kuchi mexanik cho‘michli ekskavatorlaridan ancha kichik bo‘ladi. Draglaynlar karyerlarda, asosan, yumshoq va maydalangan yarimqoyasimon jinslami
qazishdan bo‘shagan maydonga ekskavatsiya qilishda qo‘ llanadi.
Shuningdek, draglaynlardan uyumlar hosil qilish, transheyalar o‘tish, ariqlar kavlash kabi boshqa ishlarda ham foydalaniladi.
2.3 Mexanik cho'michli ekskavatorlar va draglaynlarning texnologik parametrlari
Bir cho‘michli ekskavatorlar qanday ishlarga m oijallanganligi va o‘ziga xos konstruksiyalari bo‘yicha besh tipga boiinadi: gusenitsali yoki pnevmog‘ildrakli, cho‘michining hajmi 0,16 - 2,5 m3 bo‘lgan qurilish ekskavatorlari (tipi ЭС). gusenitsali, cho‘michining hajmi 1,25-8 m3 bo‘lgan karyerqurilish ekskavatorlari (tipi ЭКСГ), gusenitsali, cho‘michining hajmi 2 - 2 0 m3 bo‘lgan karyer ekskavatorlari (tipi ЭКГ), gusenitsali, cho‘michining hajmi 4 - 1 0 0 m3 bo‘lgan ochish ekskavatorli (tipi ЭВГ) va cho‘michining hajmi 4 - 1 2 0 m3 boigan odimlovchi draglaynlar (tipi Э111).
Qurilish ekskavatorlaridan, asosan, qurilishdagi yer ishlarini bajarishda foydalaniladi. Bu ekskavatorlar konchilikda glina, qum, shag'al kabi tabiiy qurilish materiallarini qazib oluvchi
kichik (yillik unumdorligi 2 mln.tonnagacha) karyerlarda qoilanadi, yirik karyerlarda esa ular foydali qazilmani navlari bo‘yicha saralab qazib olish yoki kichik qalinlikka ega qoplama
jinslami qazib olishda qoilanilishi mumkin.
Karyer-qurilishi ekskavatorlari qurilish ekskavatorlari tipi
bilan karyer ekskavatorlari tipi o’rtasida ekskavatorlaming oraliq tipini tashkil qiladi. Karyer ekskavatorlari konlarni ochiq usulda qazib olishda asosiy bir cho‘michli yuklash uskunasi hisoblanadi va har qanday iqlim sharoitida qattiq qoyasimon jinslami qazib olishda
ishonchli ishlashini ta’minlaydigan yuqori pishiqlikka ega materiallardan yasaladi.
Ochish ekskavatorlarining strelasi va mkoyati uzun bo‘lib, asosan, ag‘darmalarda ishlashga mo‘ljallangan boiadi.
Cho‘michning sigimi 4 - 100 m3 va strelasining uzunligi 125m gacha boigan odimlovchi draglaynlar, asosan, Rossiyada ishlab chiqariladi. Ular o‘zlari turgan gorizontdan yuqorida va
pastda joylashgan kon massasini qazib olib, qazishdan bo'shagan maydon (ichki ag‘darma) ga ekskavatsiya qilishga moijallangan.
Draglayning odimlab yurish mexanizmi uni maydalangan (to‘kilgan) jinslar ustida harakatlanishini ta’minlaydi.
Draglaynning ishlab turgan vaqtidagi zaminga beradigan bosimi 0,1 mPa ni, yurish vaqtidagi bosimi esa 0,2 mPa ni tashkil qiladi. Cho‘mich sigimi, oichamlari, massasi, harakatlanish qiyaligi, zaminga tushadigan bosimi bir cho‘michli ekskavatorlaming
asosiy paramerlari hisoblanadi.
Mexanik bir cho‘michli ekskavatorlaming ishchi parametlarini qazish balandligi va radiusi hamda to‘kish (bo‘shatish) radiusi tashkil qiladi. Ushbu parametrlarning qiymati ekskavatoming strelasi va rukoyati uzunligiga bogiiq boiadi. Qazish radiusi (Rq) - ekskavatoming aylanish o‘qidan qazish vaqtidagi cho‘mich tishining tigigacha boigan gorizontal masofa. Rukoyati gorizontal yo‘nalishda maksimal uzatilgandagi
masofa maksimal qazish rudasi (Rgmax) hisoblanadi (21-rasm).
Ekskavator turgan gorizontida rukoyatni cho‘mich bilan birga gusenitsaga mumkin boigan masofagacha yaqinlashtirilgandagi aylanish o‘qi bilan cho‘mich tishi tig i oraligidagi
gorizontal masofa minimal qazish radiusi
Download 395 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling