Raxmatov Nodir 209B - Boks (ing. Box — mushtlash, zarb) — sport turi, ikki raqibning sirti charm, ichi yumshoq qoplamali qoʻlqoplarda qoida asosida yakkamayakka mushtlashish musobaqasi. B. Tarixi miloddan avvalgi davrda Misr va Bobilda uyushtirilgan yakkamayakka mushtlashish musobaqalariga borib taqaladi. Yunoniston qad. Olimpiya oʻyinlari dasturida ham shunday musobaqalar boʻlgan
- B. Musobaqasi arqonlar bilan oʻralgan 6x6 m oʻlchamli ring (supa)da oʻtkaziladi. B.chilar ogʻirligi 270 g (10 unsiya) qoʻlqoplardan foydalanishadi. Musobaqa 2 min. (daqiqa)dan 4 raund (boʻlim) davom etadi. Raundlar orasida 1 daqiqadan tanaffus beriladi. Musobaqa vaqtida raqib yiqilganda, hakam kurashni toʻxtatgandan keyin, shuningdek beldan pastga, boshtananing orqa qismiga zarb berish mumkin emas.
- Zamonaviy B. Vatani Angliyadir (16—17-asrlar). B.ning dastlabki qoidalari shu mamlakatda qabul qilingan (1867). Xalqaro havaskor bokschilar assotsiatsiyasiga (AIBA; 1946-yil asos solingan) 160 mamlakat aʼzo (1999). B. 1904-yildan Olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan, 1974-yildan jahon chempionati, 1979-yildan jahon kubogi musobaqalari oʻtkazib kelinadi.
- Tomonlardan biri raqibini nokaut qilsa, ochkolar farqini 15 taga yetkazsa, shuningdek bir tomon yengil ganini tan olsa (murabbiyi arqonga sochiqtashlasa), referi tomonidan chetlatilsa, zarb taʼsirida tanasining jarohatlangan joyidan qon okishi kamaymasa (tibbiyot xodimi xulosasiga koʻra) kurash muddatidan oddin toʻxtatiladi va ikkinchi tomon gʻolib sanaladi.
- Ringdagi hakam (referi) musobaqani boshqaradi, ring atrofidagi 5 nafar hakam berilgan aniq zarblarni hisoblab boradi. Natijada koʻp ochko (xol) toʻplagan B.chi gʻolib deb topiladi. Zarb taʼsirida garangsiragan (nokdaun) holatga tushgan B.chining oʻziga kelishi uchun referi kurashni vaqtincha toʻxtatadi va hisob ochadi. 10 srch. (soniya) vaqt ichida u kurashga tayyor ekanini bildirmasa referi uni nokaut boʻlgan (yengilgan) deb hisoblaydi.
- Milliy terma jamoasi 1999-yil jahon chempionatida faxrli 3oʻrinni egalladi. Oʻzbekistonning R.Risqiyev, ʼ.Shin, N.Anfimov, G.Ilyosov, M.Abdullayev, Oʻ.Xaydarov, R. Chagayev, T. Toʻlyakov, L. Zokirov, N. Otayev, T.Turgʻunov, H. Ahmedov, K. Toʻlaganov, R. Saidov, S. Mixaylov, D. Yorbekov, Davezboyev kabi B.chilari katta yutuklarga erishgan.
- Oʻzbekistonda keyingi yillarda shaxsan Prezident Islom Karimovning sportga qaratgan eʼtibori natijasida B. Jadal rivojlanmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi B. Federatsiyasi 1993-yildan AIBA aʼzosi. Mamlakatda 4 olimpiya oʻrinbosarlari bilim yurti va oʻnlab bolalaroʻsmirlar sport maktabida yoshlarga B.sirlari oʻrgatilmoqda. 20 dan ziyod zamonaviy B. Zallari shugʻullanuvchilar ixtiyorida.
- Mustaqillik yillarida Oʻzbekistonda ham ilk professional B.chilar yetishib chikdi: toshkentlik B.chi A. Grigoryan oʻz vazn toifasida 13-marta jahon chempioni boʻldi (2000 i.).[1]
- Oʻzbekistondagi havaskor olimpiya boks boʻyicha boshqaruv organi hisoblanadi. 1920-yil 23-martda tashkil etilgan. Federatsiya 1992-yilda SSSR parchalanganidan keyin qayta tashkil etilgan.[1] Bosh ofisi Toshkent shahrida joylashgan. Oʻzbekiston boks federatsiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qoʻmitasiga aʼzo federatsiya hisoblanadi. Xalqaro boks assotsiatsiyasi (AIBA) va Osiyo boks kengashi (ASBC) aʼzosi.
Prezidentimizning 2021 yil 29 apreldagi “Boksni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori yurtimizda boksni yangi bosqichda rivojlantirish uchun qonuniy asos bo’lib xizmat qiladi. - Bugun O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti (O’zDJTSU) jamoasi ham qarorda belgilangan vazifalarni bajarishga kirishgan.
Bu haqda O’zDJTSU Boks, qilichbozlik nazariyasi va uslubiyati kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) G’ulomjon RAJABOV quyidagilarni gapirib berdi: - – Bu qaror soha mutaxassislari va bokschilarning ko’p yillardan buyon kutgan orzu-niyatlarini ro’yobga chiqarmoqda.
Hech shubhasiz, bugun boks mamlakatimiz aholisi, ayniqsa, yoshlarning eng sevimli sport turlaridan biriga aylangan. Bokschilarimiz jahon ringlarida 2016 yildan buyon o’tkazib kelinayotgan nufuzli musobaqalarning deyarli barchasida zafar qozonib, etakchilikni qo’ldan bermay kelyapti. - Xalqaro boks maydonida sportchilarimiz egallagan bunday yuqori reyting esa yoshlarning boksga bo’lgan ommaviy qiziqishini yanada oshirish, iqtidorli sportchilarni aniqlash, tanlash va saralash tizimini yanada takomillashtirish,
Mutaxassislar tayyorlash va moddiy rag’batlantirish, shuningdek, o’zbek boksining dunyoda etakchiligini saqlab qolish uchun katta yo’l ochdi. Bu yo’lda Prezident qarori g’oyat muhim ahamiyat kasb etib, uning ijrosini to’laqonli ta’minlash bo’yicha ishlar boshlab yuborildi. - Xususan, O’zDJTSUning Boks, qilichbozlik nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan “Boks alifbosi” nomli bazaviy tayyorgarlik elementlarini o’z ichiga olgan “Yo’l xaritasi” ishlab chiqildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |