mustahkamlikdagi beton olish uchun ishlatib boʼlmaydi. Chaqiq tosh olishda asosiy xomashѐ sifatida otqindi togʼ jinslari- granit, gabro, diabaz, bazalьt va karbonat choʼkindi jinslari ohaktosh va dolomitlar ishlatiladi. Sanoatda qumtosh va metamorfik togʼ jinslari kam ishlatiladi. Keltirilgan talablar zichligi-1800 kg/m3 dan katta togʼ jinslarini maydalashda olingan shagʼalga mos keladi. Chaqiq tosh ishlab chiqarish quyidagi texnologik jaraѐnlarni qamrab oladi: toshni qazib olish, maydalash va navlarga ajratish (elash). Toshlarni qazib olish asosan konlarda bajariladi. Togʼ jinslari konlarini qayta ishlash ochish ishlaridan boshlanadi, tashlanadi. Ochish ishlari tarkibiga yuqori zonalardagi yaroqsiz toshlarni olib tashlash ham kiradi. Bu ishlar portlatish bilan bajarilib toshlar maxsus chuqurlarga toʼkiladi. Tosh massivini olib tashlab va togʼ ѐnbagʼirlariga keng maydon ochilgandan soʼng maxsus parmalovchi mashinalar va stanoklarda togʼ massivida diametri 250 mm gacha, chuqurligi 10-20 m gacha boʼlgan, bir qator ѐki shaxmat tartibida 2-3 qator qilib har 4-7 m da skvajinalar ochiladi, ularga portlovchi moddalar (ammonit, trotil va boshqa) joylashtiriladi va bir vaqtning oʼzida portlatish ishlari bajariladi(xavfli xududdan odamlar va texnika vositalari chiqariladi). Maydalagichlar konstruktsiyasi va maydalash printsipiga koʼra jagʼli, konusli, valkli, bolgʼali va boshqa turlarga boʼlinadi. Toshlarni yirik va oʼrtacha maydalashda jagʼli maydalagichlar keng ishlatiladi. Maydalagichlar konstruktsiyasi va maydalash printsipiga koʼra jagʼli, konusli, valkli, bolgʼali va boshqa turlarga boʼlinadi. Toshlarni yirik va oʼrtacha maydalashda jagʼli maydalagichlar keng ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |