Mavzu: Zilzila haqida tushunchalar. Kuchli zilzila oqibatida sodir bo'lgan talofatlarni aniqlash


Zilzilani oldindan aytish usullari


Download 19.25 Kb.
bet3/3
Sana23.09.2023
Hajmi19.25 Kb.
#1686269
1   2   3
Bog'liq
Zilzila haqida dastlabki tushunchalar va ularning zararli oqibat-fayllar.org

Zilzilani oldindan aytish usullari
Zilzilani oldindan aytish usullari Tadqiqotchilar zilzilalarni oldindan aytish muammolari bilan 18- asrning o‘rtalaridan boshlab keng shug‘ullanib kelishadi. Xozirga kelib zilzilalarning yuzlab darakchilari borligi aniqlangan. Lekin hozirgi vaqtda ularning eng ishonchlilari sifatida yer sathining xozirgi zamon harakatlari, yer osti suvlari sathining hamda yer osti ma’dan suvlari tarkibidagi turli gaz va tuzlar miqdorining o‘zgarishlari, yerning elektr, magnit, gravitatsion hamda elektromagnit maydonlarining anomal o‘zgarishlari, seysmik faollikning hamda seysmik to‘lqinlar tezligining zilziladan avval bo‘ladigan anomal o‘zgarishlari va boshqalar hisoblanadi. O‘zbekistonda 1966 yilgi Toshkent zilzilasigacha faqat seysmik kuzatuv ishlari olib borilardi. 1966 yilgi Toshkent zilzilasidan keyin keng aholi uchun zilzila nima, undan saqlanish yo‘llari nimalardan iborat va shunga o‘xshash masalalar bilan har tomonlama shug‘ullanadigan maxsus institut kerakligi ma’lum bo‘lgach o‘sha yiliyoq Hukumatimizning maxsus qarori asosida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi qoshida Seysmologiya instituti tashkil etildi va unga akademik G‘ani Orifxonovich Mavlonov mazkur Institutning birinchi direktori etib tayinlandi. O‘tgan davr mobaynida Institut xodimlari tomonidan ahamiyatga molik qator natijalar olindi. Avvalo O‘zbekistonda Toshkent, Farg‘ona, Qizilqum kabi maxsus geodinamik poligonlar tashkil qilindi. Poligonlarda 10 ga yaqin usul yordamida kompleks zilzila darakchilarini o‘rganuvchi kuzatuv ishlari tashkil qilindi. Natijada ilgari fanga noma’lum bo‘lgan zilzila darakchilari kashf qilindi. Ular yer osti ma’dan suvlari tarkibidagi turli inert gazlar, tuzlar va boshqa mikroelementlar, zilziladan oldin yer qobig‘idan ajralib chiquvchi kuchli elektromagnit impulslar, yerning ionosfera qatlamidagi o‘zgarishlar va boshqalardan iborat. Qator kuchli zilzilalar bilan bog‘liq bo‘lgan kompleks darakchilar ajratildi. Darakchilarning vaqt davomida va masofa bo‘yicha zilzilalarning kuchiga qarab tarqalish qonuniyatlari topildi. Zilzilalar tayyorlanishining yangi geofizik modeli yaratildi. Zilzilani oldindan aytish usullari bo‘yicha o‘nlab ixtirolarga avtorlik guvohnomalari va patentlar olindi. Qator kuchli zilzilalarni (1976 yil 17 maydagi ikkinchi Gazli, 1978 yilg 2 noyabrdagi Oloy, 1982 yil 6 maydagi Chimion, 1984 yil 18 fevraldagi Pop va boshqalar) oldindan aytishga erishildi. Lekin shuni ham ta’kidlash kerakki oldindan aytishga erishilmagan qator zilzilalar ham mavjud. Ular 1976 yil 8 apreldagi birinchi Gazli,, 1980 yil 10 dekabrdagi Nazarbek, 1977 yil 6 dekabrdagi Tovoqsoy va boshqalar. Institut xodimlari zilzilalarni oldindan aytib berish muammosini uzil- kesil xal qilish ustida fundamental va amaliy tadqiqotlar olib 11 borishmoqda. Bu sohada olib borilayotgan ishlar xozircha ilmiy xarakterga ega bo‘lib zilzilalarni oldindan aytish xizmati yaratilmagan. Bu sohada faqat O‘zbekistonda emas balki dunyoning boshqa rivojlangan mamlakatlarida ham zilzilalarni oldindan aytuvchi markazlar yaratilmagan. Fikrimizcha yaqin o‘n yilliklarda obi-havoni prognoz qiluvchi gidrometeorologik markazlarga o‘xshash zilzilalarni prognoz qiluvchi markazlar tashkil etilsa kerak. Lekin shuni ham ta’kidlash kerakki zilzilani prognoz qilish muammosi obi- havoni prognoz qilishga qaraganda murakkabroq dir. Chunki obi-qavodagi jarayonlar yerning ustida, inson bevosita kuzatishi mumkin bo‘lgan joyda sodir bo‘lsa, zilzilalar yerning chuqur qatlamlarida uzoq vaqtda sodir bo‘ladigan tabiiy hodisadir. Lekin shunga qaramay zilzila darakchilariniham o‘ta sezgir, zamonaviy asbob-uskunalar yordamida qayd etish mumkin.
Seysmik xavf-xatarni (riskni) baholash Keyingi yillarda Seysmologiyada yangi yo‘nalish – seysmik xavf-xatarni baholash yo‘nalishi tez rivojlanib bormoqda. O‘zbekistonda bu sohada T.R.Rashidov, N.G‘.Mavlonova, V.A.Ismoilov, S.A.Tyagunov, B.S.Nurtaev va boshqalar keng tadqiqot ishlari olib borishmoqda. Bu yo‘nalishning asosiy vazifasi mabodo Respublikaning biron xududida kuchli zilzila bo‘lib o‘tsa undan ko‘rinishi mumkin bo‘lgan zararni tezlikda aniqlashdan iborat. Bu usulning afzalligi zilzila ro‘y bergan joyga yetib bormasdan turib tezlikda undan ko‘rilgan zararni hisoblab chiqish va tezkor choralar ko‘rishdan iborat. Ma’lumki ilgarilari kuchli zilzila ro‘y bergandan keyin tezlikda epitsentral guruhlar tashkil qilinar va bo‘dib o‘tgan zilzila oqibatlari bilan har tomonlama tanishgandan keyin ro‘y bergan hodisani hisobga olgan holda turli guruhlar tomonidan keng ko‘lamli ishlar boshlanar edi. Xozirgi yangi yo‘nalishning afzalligi vaqtdan ancha yutiladi.Zilzila epitsentriga yetib bormasdan turib bo‘lib o‘tgan zilzila haqida taxminiy ma’lumotga ega bo‘linadi. Bunday paytda kuchli zilziladan keyin tezlikda qutqaruv ishlarini boshlash uchun har bir sekund qimmatlidir. Albatta, avvalgidek hamma ishlar: izoseystlar xaritasi tuzish, bo‘lib o‘tgan zilzilaning aniq epitsentrini aniqlash, zilzilaning aniq parametrlarini topish va h.k. Lekin qutqaruv ishlarini tashkil qilishda seysmik xavfxatarni tezlikda aniqlash ko‘plab odamlarning hayotini saqlab qolish imkoniyatini beradi. Seysmik xavf-xatarni aniqlashda jabrlangan odamlardan tashqari qaysi tipdagi imoratlar qanday zarar ko‘rishi, kommunikatsiya tizimidagi yo‘qotishlar, va h.k-.lar tezlikda hisoblab chiqiladi. Aholining zilziladan oldin, zilzila vaktida va keyingi harakatlari Seysmik faol xududlarda yashovchi aholi har doim zilzila xavfi mavjudligini esdan chiqarmasligi kerak. Bunday xududlarda ming million yillardan beri vaqti-vaqti bilan zilzilalar bo‘lib kelgan va bundan keyin ham bu xavf-xatar mavjud. Bu ko‘ngilsiz tabiat hodisasi biz yashayotgan xududda bo‘lib kelgan va bundan keyin ham bu xavf-xatar mavjud.
http://fayllar.org
Download 19.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling