Mavzu: Ziranamolar oilasi Bajardi: Rajabova Fotima Tekshirdi: Allaberganova Komila Urganch 2023 Mundarija


Download 0.64 Mb.
bet4/19
Sana30.04.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1402238
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Rajabova Fotima

Hydrocotuloideae kenja oilasi Araliaceae oilasiga eng yaqin bo’lib, ba’zan alohida oilaga ham ajratiladi. Ular danakkasimon mevaga ega bo’lib, meva bargaining ichki qavati – endokarpiy yog’ochsimon, karpofr va yog’ kanallari yo’q (yoki yog’ kanallari asosiy qovurg’alarda joylashgan). Bu kenja oilaning 2 tribasidan Hydrocotyleaening merikarpiylari yon tomonlaridan siqilgan, Mulineaening merikarpiylari esa yalpoq yoki orqasi keng yumaloqlashgan. Bu kenja oilaning 30 turkumga mansub 400 ga yaqin turlarining aksariyati janubiy yarimsharda tarqalgan bo’lib, ko’pchiligi tropiklarning tog’larida o’simlik qoplamining asosiy qismlaridan biriga aylanadi (masalan, Azorella turlari).
Saniculoideae kenja oilasining vakillari orasida ko’rinishi o’ziga xos bo’lgan soyabonguldoshlar turkumlarini (Eryngium, Astrantia, Lagoecia, Petagnia va b.) birlashtiradi. Ularning mevasi yumshoq, parenximatik andokarpiyga ega, biroq Apioideaelardan farq qilgan holda ularning bezli diski kallakli tumshuqchaga ega bo’lgan ustunchalarni halqa ko’rinishida o’rab turadi, shuningdek erkin karpofor mavjud emas. Bundan tashqari, bu kenja oilaning gullari murakkab soyabonga emas, balki oddiy soyabonga yoki kallaklarga yig’ilgan. Saniculoideae ham 2 tribaga bo’linadi: 2 uyli tuguncha va rivojlangan yog’ kanallariga ega bo’lgan Saniculeae hamda 1 uyli tugunchaga va rivojlanmagan yog’ kanallariga ega bo’lgan Lagoecieae. Saniculoideaening 9 turkum va 300 ga yaqin turlaridan ko’pchiligi tropiklarning tog’larida va Janubiy Afrikada uchraydi.
Apioideae kenja oilasiga ko’plab turkum va turlar mansub bo’lib, ularning deyarli barchasi Shimoliy yarimshardagi tropiklardan tashqarida tarqalgan. Mevalarining endokarpiysi yumshoq bo’lgan holda halqasimon emas, balki odatda qavariq disk ko’rinishdagi bezga ega. Ustunchalarining tumshuqchasi odatda to’mtoq, deyarli har bir karpofor va yog’ kanallari yaxshi taraqqiy etgan. Mevasining tuzilishiga asoslangan holda bu kenja oila 8 tribaga bo’linadi: Echinophoreae, Scandiceae, Coriandreae, Smyrnieae, Ammieaea, Peucedaneae, Laserpitieae va Dauceae.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling