Mavzu: Zovur turlari. Gidrotexnik zovur turini asoslash. Gidrotexnik zovur tizimining tarkibi
Download 0.85 Mb.
|
Mavzu Zovur turlari. Gidrotexnik zovur turini asoslash.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tik zovurlar, tuzilishi va tarkibiy qismlari.
Qurama zovurlarni loyihalash yuqorida qayd qilinganidek, 2 va undan yuqori tarkibli tuproqlarda, agar yuqori tarkib suvni yomon o’tkazuvchan va uning qalinligi zovur chuqurligidan kata bo’lsa, hamda quyi tarkiblarda bosimli sizot suvlariga ega bo’lgan yaxshi suv o’tkazuvchan tuproqlar mavjud filtratsion sxemalarda tavsiya etiladi. Litologik tarkibga qarab qurama zovurlarning kuchaytiruvchi quduqlari quyidagicha loyihalanishi mumkin: Quvurlar bilan jihozlangan quduqlar. Bu holda kuchaytiruvchi quduq teshik (tirqish)li quvurva qum-shag’alli filtr to’kmasi bilan jihozlanadi va tuzilmada quyi qatlamlardan ko’tarilayotgan sizot suvlari gidravlik qarshilikka juda kam uchrab, kuchaytruvchi quduqning suv ko’tarish qobiliyati keskin ortadi. Qum-shag’allar alashmasi bilan to’ldirilgan quduqlar. Bu tuzilma yuqori va quyi qatlamlar kam qalinlik qiymatiga ega bo’lganda qo’llaniladi. Kuchaytiruvchi quduqlarningzovurtarmoqlarigayaqinjoylashtirilishi (yopiq zovur o’qidanochiq zovur qirg’og’igachamasofa 1, 5-2, 0 mbo’lishi) maqsadgamuvofiq hisoblanadi. Lekin, zovur o’qibilankuchaytiruvchi quduq o’qiorasidagimasofa l 6 м bo’lishikerak. Tik zovurlar, tuzilishi va tarkibiy qismlari.Yuqorida qayd etilganidek, tik zovurlarni, quritish me’yorining ( hnd ) qiymati kata bo’lganda va ortiqcha namiqqan suvli tarkiblari ichida qalinligi m 5 m, suv o’tkazuvchanlik koeffitsiyenti k f 5 m/kun va suv o’tkazuvchanligi T k f m 100 m2/kun bo’lgan geologic sharoitlar uchun, ayniqsa, bosimli yerosti suvlarining bosimini so’ndirishda, oqib kelayotgan sizotsuvlarining oqimini to’sishda qo’llash tavsiya etiladi. Muntazam tik zovur zax qochirish maydonida kvadrat yoki tengtomonli uchburchak ko’rinishida birtekis joylashtiriladi. Tikzovurlar kvadrat ko’rinishda joylashtirilganda quduqlar orasi1, 77∙R, uchburchak ko’rinishida joylashtirilganda1, 9∙Rqilibbelgilanadi. Odatda bitta tik zovur 50-100 ga maydonga xizmat qilib, uning debiti 20-200 l/s ni tashkil etadi. Tik zovur litologik qirqim tarkibiga binoan va suv ta’minotining turiga qarab, ayrim yoki chiziqli ko’rinishida ham joylashishi mumkin. Bu vaqtda zovurlarning hisobi muntazam tik zovurlar hisobidan farq qiladi. Tik zovurlar 20-150 m chuqurlikda 40-100 sm li burg’u quduqlari ko’rinishida bo’lib, yer osti suvlarini so’rib chiqarish va zaxqochirish maydonidan uzoqlashtirish vazifasini o’taydi. Burg’u quduqlaridan suv so’rilishi natijasida sizot suvlari sathi keskin pasayadi va diametri 2∙R bo’lgan voronka hosil bo’ladi . Tik zovurlar yotiq zovurlarga nisbatan sizot suvlari sathini kattaroq qiymatda pasaytirishi, yer yuzasida juda kichik maydonni band qilishi, yer osti suvlaridan sug’orish maqsadida foydalanish mumkinligi bilan ustunlikka ega. Uning kamchiliklariga elektrenergiyasining, nasos qurilmasining zarurligi va undan foydalanishda ekspluatatsion xarajatlarining kattaligi kiradi. Amaliyotda muntazam, ayrim, iluvchi va qirg’oq tik zovurlari farqlanadi. Muntazam tik zovurlar butun zovurlanadigan maydon bo’yicha zax suvlarini zax qochirish maydonidan olib chiqib ketish nuqtai nazaridan joylashtiriladi. Ilib oluvchi tik zovurlar yer osti suvlar oqimi yo’li bo’ylab, bir yoki bir nechta qator qilib joylashtiriladi. Qirg’oq tik zovurlari esa, daryo o’zani bo’ylab yoki suv omborining dambasi yoqalab sug’orish maydonlarini himoyalash maqsadida joylashtiriladi. Tikzovurlarda burg’ulangan quduq murakkab va shu bilan birga asosiy qism hisoblanadi. U yer osti va yer usti qismlaridan tashkil topib, yer osti qismi suv qabul qiluvchi qism (ko’p hollarda zovurlanuvchi tuproq bilan tushirilgan quvur o’rtasidagi qum-shag’al to’kmasi), filtrli quvur, suv ko’taruvchi quvurlar bilan jihozlangan nasos qurilmasi va suv sathini ko’rsatuvchi datchiklardan tashkil topgan. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling