Mavzu: Zovur turlari. Gidrotexnik zovur turini asoslash. Gidrotexnik zovur tizimining tarkibi


Download 0.85 Mb.
bet3/6
Sana06.04.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1336002
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu Zovur turlari. Gidrotexnik zovur turini asoslash.

Gidrotexnik zovurlar quyidagi turlarga farqlanadi:
O’zining boshqaruvchi qismining yer yuzasiga nisbatan joylashishi bo’yicha: yotiq (ochiq va yopiq), qurama va tik zovurlar (8.4.2-rasm).





9.3.1-rasm. Gidrotexnik zovurlarlarning ko’rinishi

(a-tik zovur, b-yotiq zovur, v-ochiq kollektor, g-nomukammal zovur,
d-qurama zovur)

Rejada joylashishi bo’yicha quyidagicha bo’ladi: muntazam, ayrim va kesuvchi zovurlar hisoblanadi. Chuqurligi bo’yicha yotiq zovurlar sayoz va chuqur bo’ladi. Tik zovurlar mukammal va nomukammal zovur turlariga bo’ladi. Konstruktiv ko’rinishi bo’yicha: quvurli, xodali, qamishli, teshikli va tirqishli zovurlar bo’ladi.
Ishlash davriga qarab, doimiy va vaqtinchalik (muvaqqat) zovurlar loyihalanadi. Suv olib chiqib ketishini hisobga olgan xolda o’zi oqib chiqadigan, nasos qurilmasi yordamida, so’ruvchi va yutuvchi zovurlarga ajratish mumkin.
Ortiqcha namiqqan maydondan ortiqcha minerallashgan suvlarni olib chiqib ketish va bu maydondagi tuproqning faol qatlamida qishloq xo’jaligi ekinlarining o’sishiga normal sharoit yaratish uchun gidrotexnik zovurlar tizimini loyihalash kerak.
Gdrotexnik zovur turini tanlashda quyidagi omillar hisobga olinadi:

      1. Suv ta’minotining turi.

      2. Muvozanat maydonning gidrogeologik sharoiti.

      3. Sizot suvlarining loyihaviy joylashish chuqurligi.

      4. Tuproq-meliorativ rayonlashtirish.

      5. Texnik cheklanishlar.

      6. Ekologik muammolar.

      7. Texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar.



Muvozanat maydonining gidrogeologik shart-sharoiti gidrotexnik zovurni texnik tomondan qo’llash mumkin yoki mumkin emasligini belgilab beruvchi asosiy omillardan biri xisoblanadi. Gidrotexnik zovurlarni loyihalashning dastlabki bosqichida loyihalashtirayotgan xudud uchun filtratsion sxema tuzib olinadi (9.3.2- rasm).

9.3.2-rasm. Filtratsion sxemalar

a) 1 qatlamli 1 tarkibli; b) 1 qatlamli 2 yoki 3 tarkibli;
v) 2 qatlamli 3 tarkibli; g) 2 qatlamli 4 tarkibli
Gidrotexnik zovurlarni tanlashda tuproq qatlamining geologik joylashuvi, ya’ni qatlam qalinligi va suv o’tkazuvchanligi katta ahamiyatga ega hisoblanadi (9.3.2-jadval).
Gidrotexnik zovurlarni tanlash

9.3.2-jadval






Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling