Quduqning tuzilishi va tarkibiy qismlari. Quduq tik zovurli meliorativ tarmoqlarning eng murakkab, asosiy qismi hisoblanadi.
Quduqlarning konstruktsiyasi va ko’rsatkichlari gidrogeologik sharoitlarga va zaxi qochiriladigan tarkibning litologik tuzilishiga, talab qilinadigan quduq debitiga va quritish me’yorining qiymatiga, burg’ulash texnologiyasiga va suv ko’taruvchi nasoslarning ko’rsatkichlariga qarab aniqlanadi.
Konstruktiv jihatdan burg’u quduqlari filtr bilan jihozlangan suv qabul qiluvchi qismdan, zax suvlarni so’rib chiqaruvchi quvurlardan va nasos qurilmasidan tashkil topadi (9.6.2-rasm).
|
9.6.2-rasm. Tik zovur burg’u qudug’ining konstruktiv sxemasi:
1-elektronasos agregati; 2- suv ko’taruvchi quvur; 3-burg’u qudug’i- ning og’zi; 4-tok kabeli;5-tashlama quvur; 6-elektrodvigatelni avto-matik boshqaruv pulti; 7-nasos stantsiyasi binosi; 8-tayanch qurilma; 9- foydalanish kolonnasi; 10-qum-shag’al
to’kmasi; 11-filtr; 12-tin-dirgich
|
Filtrlarning konstruktsiyasi suvli qatlam qalinligi va mexanik tarkibi, sizot suvining kimyoviy tarkibi, quduq debiti va quduqdan olinadigan suvning hajmiga bog’liq holda qabul qilinadi.
Qum-shag’alli va yirik toshli suvli qatlamlarda teshik yoki tirqishli, gohida esa, simli to’r bilan o’ralgan quvurli oddiy filtrlar qo’llaniladi.
Suvli qatlam mayda zarrali gruntlardan tashkil topganda teshik yoki tirqishli quvur filtrlari oldida qum-shag’alli sun’iy filtrlar hosil qilinadi.
Quduqning diametri filtrli karkas (sinch) va qum-shag’alli filtr to’kmasining
qalinlik o’lchamlariga ( Dr kichik bo’lmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |