Mavzu№10: Buyrak va siydik ajratish a’zolari kasalliklari bilan og’rigan bemorlarda va klinik tekshiruvlarda hamshiralik parvarishi
Download 33.55 Kb.
|
BUYRAK KASALLIGI
Mavzu№10: Buyrak va siydik ajratish a’zolari kasalliklari bilan og’rigan bemorlarda va klinik tekshiruvlarda hamshiralik parvarishi. REJA: Buyrak va siydik ajratish tizimi a’zolarining tuzilishi va vazifalari; Klinik holat va simptomlari Tekshirish usullari va davolashni Siydik hosil bo’lish jarayoni. Siydikning me’yoriy ko’rsatkichlari. Glomerulonefrit kasalligi bilan og’rigan bemorlarda hamshiralik parvarishini.(kasallik etiologiyasi,patogenezi,klinikasi,davolash) Organizm faoliyatini boshqarishda buyrakning ahamiyati juda katta. Buyrak organizmdan parchalanish mahsulotlarini, ortiqcha suv, tuzlarni, ba’zi dorilarni chiqarib tashlaydi. Shunday qilib, bu a’zo suv-tuz almashinuvida, kislota asos muvozanatini boshqarishda, osmoregulyatsiya faol ishtirok etadi. Ichki muhit barqarorligini ta’minlaydi. Endokrin faoliyati rening, eritropoetit, urokinaza moddalarini ishlab chiqarishda namoyon bo’ladi. Buyrakning oqsil, yog’, uglivod, mineral tuzlar almashinuvida faol ishtirok etishi aniqlangan. Yangi tug’ilgan bolalarning buyragida ona sutining oqsillari parchalanadi. Buyrak, siydik naylari, siydik pufagi, siydik chiqaruv kanali siydik ajratish tizimiga kiradi. Buyrak-ajratish tizimining asosiy a’zosi hisoblanadi. Buyrak umurtqa pog’onasi bel qismining 2 tarafida joylashgan. Shakli lovayasimon bo’lib, botiq yuzasida chuqurchasi bor, u yerda tomir va nervlar joylashadi. Buyrak ustidan yupqa biriktiruvchi to’qimidan iborat po’stloq bilan o’ralgan. Buyrak 10-12 sm kattalikda bo’lib, og’irligi 150-170 g ni tashkil etadi. Buyrak uzunasiga kesib ko’rilganda, unda ikki soha-po’stloq va mag’iz moddalardan iborat buyraklar ko’riladi. Po’stloq va mag’iz moddalarning chegarasi notekis bo’lib, bir-biriga botib kirgan. Po’stloq modda mag’iz moddaga Bertinin ustunchalari sifatida botib kirsa, mag’iz modda po’stloq moddaga Ferreyn nurlari sifatida botib kiradi. Buyrakning tuzilma- faoliyat birligi – nefrondir. Har bir buyrakda 1mln. Gacha nefron bo’ladi. Nefron va yig’uvchi naylar orasida biriktiruvchi to’q ima bo’lib, ularda qon tomirlar, nervlar, prostoglandin ishlovchi interstisial xujayralar yotadi. Nefronlarning po’stloq va mag’iz moddada joylashishiga qarab uch xil turi farqlanadi: 1.Superfitial nefronlar. 2.Intrakortikal nefronlar. 3.Yukstamedullyar nefronlar. Dastlabki ikki xil nefronlar 80-85 foizni tashkil etadi va ularning buyrak gipertenziyasida ahamiyati kattadir. Qolgan qismi yukstamidulyar nefronlarga to’g’ri keladi. Nefronlarning quyidagi bo’limlari ajratiladi: 1)buyrak tanachasi; 2)nefronlarning proksimal bo’limi; 3) nefronlarning ingichka bo’limi; 4)nefronlarning distal bo’limi. Bir necha nefronning distal bo’limlari o’zaro birikib, bitta yeg’uv naychasiga ochiladi. Buyrak tanachasi tomirlar ichidan va ustidan o’rab turuvchi kapsuladan iborat. Kapsulaning visteral va parietal varaqlari farqlanadi. Buyrak tanachasida buyrakning endokrin a2 pparati-yukstaglomerulyar apparat (YUGA) joylashgan.YUGA nefronlarda bo’lmaydi. Tomirlar chigali kapillyarning endotelisi, bazal membranasi va podositlar- buyrak kapsulasining visteral varag’I hujayralari bilab birga 3 qavatda iborat filratsion to’siqni hosil qiladi. Shu to’siq orqali kapsula bo’shlig’iga qon plazmasining tarkibiy qismlari filtrlanib o’tib, birlamchi siydikni tashkil etadi. Bu to’siq qonning shaklli elementlarini malekulyar massasi katta bo’lgan oqsillarni, immun tanachalarini fibrogen va boshqalarni o’tkazmaydi. Buyrak kasalliklarida bu to’siqdan shaklli elementlar va yirik oqsillar o’tadi, natijada protenuriya kuzatiladi. Proksimal bo’lim hujayralari silndrsimon shakilli bo’lib, birlamchi siydikning qarib 80 %ini qayta so’rilishini ta’minlaydi. Ayniqsa oqsil va qand tamomila so’riladi. Hujayralari proteolitik fermentlarni saqlovchi lizasomalarga boy bo’ladi. birlamchi siydikning qolgan qismi nefronning ingichka (hujayralar shakli yassi bo’ladi) va distal bo’limida (hujayralar shakli kubsimon bo’ladi) so’rilib, ikkilamchi siydik hosil bo’ladi. Buyrakning endokrin faoliyatini bajaruvchi hujayralarda renin eritropoetin, prostoglandin ishlanadi. Renin va eritropoetin, YUGA tarkibidagi hujayralarda ishlanadi. Prostoglandinlar buyrakning mag’iz moddasidagi interstitial hujayralarda ishlab chiqariladi. Zamonaviy nazariyaga ko’ra, asosan siydikhosil bo’lishida quyidagi jarayonlar ahamiyatlidir: 1)filtratsiya; 2)sekretsiya; 3)reabso’rbsiya. Bir kecha-kunduzda odam buyragida 1000 ml dan 2000 mlga yaqin birlamchi siydik hosil bo’ladi. Nefron nayralarida birlamchi siydik o’zgarishga uchrab, ikkilamchi siydikka ajraladi. Nefron naylariga qaytadan ko’p miqdorda suv, oqsil, glukoza, tuz ionlari so’riladi. Shunday qilib buyrakda siydik hozil bo’lishi 2 bosqichda kechadi. 1-bosqichda buyrak tanachalarida siydik ultrafilriratsiyasi ro’y beradi. 2-bosqichda nefron kanallari va yeg’uv naylarida rezurbsiya va sekretsiya kuzatiladi. Sog’lom odam kuniga 1,5 l gacha siydik ajratadi. Siydikning rangi och sariq, tiniq bo’ladi. siydik reaksiyasi kuchsiz kislotali yoki neytral bo’lib meyyorda pH 4,5- 8,0 bo’ladi. siydikning nisbiy solishtirma og’irligi qariyb 1020-1026 oralig’ida bo’lib, yeyilgan ovqat, ichilgan suyuqlik miqdoriga bog’liqdir. Ikkilamchi siydik tarkibiga asosan azot mahsulotlari parchalanishidan hosil bo’lgan machevina, siydik kislota, kurin asoslari, kreatinin, indikant va boshqalar aniqlanadi. Buyrak va siydik chiqarish sistemasi kasalliklarining asosiy klinik belgilari. Buyrak va siydik ajratish sistemasining o’ziga xos klinik belgilari: shish, siydik ajralishining o’zgarishi (diurez), siydik rangi va tarkibining o’zgarishi, arterial bosimning ko’tarilishi, bel sohasida og’riqlar va isitma hisoblanadi. Shish buyrak kasallilarida har xil bo’ladi. (joylashishi, tarqalish darajasi va davomiyligiga qarab). Ko’pincha, asosan ertalab yuzda (qovoq soxasida) aniqlanadi. Yanayam ko’ringan shish sindromida shish oyoqlarda ham aniqlanadi (bolidir soxasida). Ayrim holatlarda shish kattaroq hamda butun teri osti yog’ klechatkasida (anasarka), ko’krak qafasida (gidrotoraks), qorin bo’shlig’ida (astit) bo’lishi mumkin. Siydik ajralishi (diurez)ning o’zgarishi- buyrak va siydik ajratish sistemasi kasalliklarining asosiy belgilaridandir. Shish odatda siydik ajralishining kamayishi-oligouriya (diurez 500 ml/ sutkasiga) bilan birga qayd etiladi. Siydik ajralishining to’satdan sezilarli kamayishiga (200ml/ sutkadan kam) tabiiy anuriya, buyrakning o’tkir yallig’lanishi, o’tkir buyrak yetishmovchiligi bilan kechuvchi zaharlanish, to’xtovsiz qusish va ich ketish, ya’ni ko’p miqdorda suyuqlik yo’qotilishi sabab bo’ladi. Anuriya yana o’tkir siydik tutilishi evaziga ham bo’lishi mumkin, bunday holatda siydik qopida bo’ladi, lekin ajralmaydi (siydik chiqaruv kanalining spazmida, siydik toshladi tiqilganda, siydik chiqaruv kanali o’smalarida; siydik qopi paralichida). Bunday hollarda siydik katetr orqali chiqarib yuboriladi. Siydik ajralishining ortishi (2000ml/ sutkadan ortiq)-poliuriya-shishning tezda qaytishiga sabab bo’ladi (hafli belgi bo’lib, buyrak yallig’lanishining boshlanishini bildiradi). Dizurik holat- og’riqli bo’lib, ayrim paytlarda siydik ajralishining tezlashgan hollari ko’proq siydik chiqaruv yo’llarining yallig’lanishi (sistit, uretrit, prostatit), ba’zan siydik qopi tosh kasalliklarida uchraydi. Siydik rangining o’zgarishi. Siydik bilan qon aralashishi-makrogematuriya buyrak- tosh kasalligida, ya’ni buyrak kolikasida kuzatiladi. Siydik og’riqsiz, to’satdan, ko’p miqdorda qon yoki qon laxtasi bilan ajralsa, buyrak o’smasini inkor etish lozim. Siydik rangi ayrim hollarda dori moddalarining qabul qilinishi hisobiga ham o’zgarishi mumkin. Siydikning rangi asosan siydik tarkibidagi tuzlar konsentratsiyasi o’zgarishiga bog’liq (urat tuzlari). Urat tuzlari qoldiqlarining siydikka tushishi siydik tiniqligini o’zgartirib, uni loyqalantiradi. Agar shu siydik tindirib qo’yilsa, tezda tiniq holatga keladi. Siydikda leykositlarning ko’payishi (leykositouriya) ham siydikning loyqalanishiga olib keladi, bunday siydik loyqalidi uzoq vaqtgacha saqlanib qoladi. Siydik tarkibining o’zgarishi laboratorik tekshirashlar natijasida aniqlanadi. Proteniuriya- siydik bilan oqsil ajralishi (Normadan ortib ketishi 50 mg/ sutkadan). Juda ko’p buyrak kasalliklari arterial bosimining ko’tarilishi bilan kechadi, harakterlisi diastolik bosimning ko’tarilishidir. Buyrak kasalliklarida kam uchraydigan klinik belgilardan biri bel sohasidagi og’riq va tana haroratining ko’tarilishidir. Download 33.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling