Mavzu;Alisher Navoiy rasmi orqali tanishish


Download 38 Kb.
Sana21.02.2023
Hajmi38 Kb.
#1218990
Bog'liq
Mavzu

Mavzu;Alisher Navoiy rasmi orqali tanishish

Non rasmini chizish

Maqsad; Alisher Navoiy hayoti va ijodi haqida hikoya qilib berish. Bolalarni

Navoiy haqidagi tasavvurlarini kengaytirish.

Bolalarga non rasmini chizishni o’rgatish




Bolalarni tasviriy faoliyatini kengaytirib, ranglardan to’g’ri foydalanishga


o’rgatish. Tarbiyalanuvchilar o’ziga do’st tanlaydilar va tengdoshlari bilan


muloqot qilib birga o’ynaydilar. Kattalar xarakatiga taqlid qiladilar
Kerakli jihozlar; A.Navoiy portreti, non rasmi, rangli qalamlar,rangli qog’oz,


kley, qaychi, oq qog’oz.


Mashg’ulotning borishi;


Bolajonlar hozir o’lkamizda qaysi fasl? Qish faslida ob-havo qanday


bo’ladi? Qani o’lkamizda nechta fasl bor? Fasllarni ketma-ket sanaymiz;


qish, bahor, yoz, kuz. Bir haftada nechta kun bor? Kelinglar bolajonlar


birgalikda sanaymiz; haftaning ilk kuni dushanba, seshanba, chorshanba,


payshanba, juma va haftaning ohirgi kunlari; shanba va yakshanba. Bugun


esa haftaning juma kuni.


Bolajonlar bugun sizlar bilan O’zbekiston arboblari haqida suhbat quramiz.


O’zbekiston arboblariga birinchi prezidentimiz I.A.Karimov , Alisher


Navoiy,A.Temur, Z.Bobur, J.Manguberdi va hakozolar kiradi.


Bugun sizlar bilan bobomiz Mir Alisher Navoiy rasmi bilan tanishamiz va


suhbatlashamiz.


Bolajonlar mana bu rasmga diqqat bilan qarang;Tarbiyachi;bu rasmda


buyuk alloma, benazir shoir, g’azal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy


bobomizning rasmi tasvirlangandir. Navoiy bobomiz 1441-yil fevral oyining


to’qqizinchi kunida hirotning Xuroson shahrida dunyoga keldi. Yosh va


qiziquvchan Navoiy 6 yoshidanoq sher yoza boshlaydi. U Shayx Attorning

Mantiq ut-tayir” asarini yoshligidan sevib o’qigan va yoddan bilgan. Navoiy




juda aqlli, dono, ziyrak, bola bo’lgan. Hamma odamlar odobli, ziyrak


bo’lganligi sababli Navoiyni juda yoqtirishganlar. Buyuk shoir 5- yanvar


1501-yili olamdan o’tadi. Shoirni xalqimiz shunchalik yaxshi ko’rishadigi,


hozirgi kungacha 9- fevral barcha maktablarda, bog’chalarda va butun


O’zbekistonda nishonlanadi.


Qani bolajonlar Alisher Navoiyning hikmatli so’zlaridan namunalarni


o’qiymiz.


1. Aytar so’zni ayt,


Aytmas so’zdan qayt. { Gulnura}


2.Yaxshilikni bilmasang, yaxshidan o’rgan. {Muzaffar}


3.Tilga ixtiyorsiz- elga etiborsiz.{ Gulixon }


4.Oz-oz o’rganib dono bo’lur, qatra-qatra yig’ilib daryo bo’lur. {Shaxrizoda }


5.Yaxshi kishi yomonlarga ham yaxshiligini ayamaydi.{ Dilnura }


6.Odamiy ersang demagil odami,onikim yo’q xalq g’amidin g’ami. { P. Maftuna.}


Endi bolajonlarimiz ishtirokida “ Non isi “ rivoyatini sahnalashtirib


bolajonlarimiz ijrosida tomosha qilamiz. Marhamat ustozlar tomosha qiling.


Endi bolajonlar kelinglar tetiklashtiruvchi mashq bajaramiz.


O’rnimizdan turamiz, oyoq bilan yuramiz


Boshimizni qimirlatib, keyin chapak chalamiz


Qo’llar cho’zildi yonga, bosh orqa tomonga


Keyin asta o’tirdik, yalqovlikdan qutildik.


Bolajonlar kelinglar avtobusga minib sayohatga chiqamiz .


Tarbiyachi bolalar bilan avtobus o’yini orqali bolalarni markazlarga ajratadi.


Qani 1- bekatda tushadigan bolajonlar yetib keldik. San’at markaziga


marhamat bolajonlar. Bolajonlar non rasmini ranglardan to’g’ri foydalangan


holda bo’yaydilar. 2- bekatda tushgan bolajonlar rangli qog’ozlardan non


shaklini qirqib yelimlaydilar.

Tarbiyachi bolajonlar ishini kuzatib qiynalgan bolalarga yordam ko’rsatadi.

Keyin bolajonlar non haqida she’r va qo’shiqlar kuylashadi. Tarbiyachi

barcha bolajonlarni issiq non bilan mehmon qiladi.

Mashg’ulot yakunida barcha bolalarni shirin so’zlar bilan va yulduzcha

kartochkasi bilan rag’batlantiradi.


Download 38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling