Mavzu:,,Devoni lugati turk”dagi harakat fe’llari Reja
Download 34.08 Kb.
|
1 2
Bog'liq,,Devoni lugati turk”dagi harakat fe’llari
Devonu lugʻotit turk“ (arabcha: ديوان لغات الترك; tarjimasi „Turkiy soʻzlar devoni“) — Mahmud Koshgʻariyning turkiy tillar haqidagi qomusiy asari (1071—72).[1][2] Bu asarda 11-asrning 2-yarmida Markaziy Osiyoda va Gʻarbiy Xitoy hududida istiqomat qilgan turkiy urugʻ va qabilalar, ularning ijtimoiy ahvoli, tili, tarixi, bu hududning geogr.si, metrologiyasi va astronomiyasiga oid qimmatli maʼlumotlar yozib qoldirilgan. „Devonu lugʻotit turk“ning qoʻlyozmasi 1914-yil Turkiyaning Diyorbakr sh.dan topilgan. 319 sahifali bu qoʻlyozma hozirgi Istanbulda saqlanadi. Bu nusxa „D.t.l.“ yozilganidan salkam 200 yildan keyin, yaʼni Mahmud Koshgʻariyning oʻz qoʻli bilan yozilgan nusxadan 1266-yilda kotib Muhammad ibn Abu Bakr ibn Fotihal-Soviy aldamashqiy tomonidan koʻchirilgan.
„Devonu lugʻotit turk“ arab tilida yozilgan, 8 mingdan ortiq turkiy soʻzlarni toʻgʻri talaffuz qilish maqsadida arabcha hara-katlar (harflardagi ost-ust ishoralar)dan foydalanilgan. Bunda, albatta, muallif ancha qiyinchilikka uchragan, chunki arabcha harf va alif, vov, yo ishoralari bilan turkiy tovushlarni berib boʻlmas edi. Turkiy tildagi choʻziq va qisqa unlilar, yumshoq va qattiq tovushlar uchun Maxmud Koshgʻariy maxsus belgilar (harakatlar)ni qoʻllaydi yoki soʻz boshidagi choʻziqlikni ikki alif bilan koʻrsatadi yoki 2 xil talaffuz qilinadigan soʻzlarga 2 xil ishora qoʻyadi: azuqluq, eritmak soʻzlaridagi 3 va R harflari ustiga ham kasra, ham damma ishorasini qoʻygan, demak, bu soʻzlar oʻsha davrda ikki xil talaffuz etilgan: azmqluq — azuqluq, eritmak — erutmak kabi. Arabcha harf bilan koʻrsatish mumkin boʻlmagan turkiy talaffuzni „Devonu lugʻotit turk“da izohlab, taʼriflab oʻtgan. „Devonu lugʻotit turk“da, avvalo, otlar, soʻng feʼllar izohlanadi. Soʻzlar tartibi ularning tarkibidagi harflarning orta borishiga (2 harfdan 7 harfgacha) qarab amalga oshirilgan. Mahmud Koshgʻariy „Devonu lugʻotit turk“ga oʻzi tuzgan dunyo xaritasi (dunyoning doira shaklidagi tasviri)ni ilova qilgan. Xaritada mamlakat, shahar, qishloq, togʻ, choʻl, dovon, dengiz, koʻl, daryo va h.k.ning nomlari yozilgan. Xaritaga yozilmay qolgan bir qancha nomlar asar matnida izohlangan. Harita, asosan, hozirgi Sharqiy yarim sharga toʻgʻri keladi. Asarda 11-asrdagi shaharlar, qishloqlar, dengiz, koʻllar, turkiy qabilalar va urugʻlar haqida, urugʻlarning ijtimoiy ahvoli, kelib chiqishi, nomlanishi, ichki urugʻ va toifalari, ularning joylanishi, urf-odatlari, til xususiyatlari haqida batafsil maʼlumotlar beriladi. Bundan tashqari, hayvonot va oʻsimliklari, ularning nomlanishiga toʻxtalib oʻtadi, astronomik maʼlumotlar, burj va muchal haqida ham maʼlumotlar bor. „Devonu lugʻotit turk“da ayniqsa qabila va urugʻ tillariga oid lingvistik maʼlumotlar ancha batafsil berilgan. Bunda har soʻzning maʼnolari (polisemiya, omonim, sinonim, antonim va arxaik soʻzlar) chuqur tahlil qilinadi, ayrim soʻzlarning etimologiyasiga toʻxtalib oʻtadi. Tovushlar (fonemalar)ning taxlili ancha mukammal: unli va undosh fonemalar, choʻziq va qisqa unlilar, ularning urugʻ tillaridagi talaffuzi va orfografiyasi, tildagi fonetik hodisa va qonuniyatlar batafsil izohlangan. Morfologiya sohasida soʻz turkumlarini, davr anʼanasiga koʻra, 3 soʻz turkumiga: feʼl, ism, bogʻlovchiga boʻlib, ularning yasalish va turlanish yoʻllarini koʻrsatib oʻtadi. „Devonu lugʻotit turk“da 250 dan ortiq maqol va matallar, oʻnlab sheʼriy parchalar keltirilgan. V. V. Bartold „Devonu lugʻotit turk“dan oʻz ilmiy ishlarida keng foydalanganini sharqshunos S. Volin koʻrsatib oʻtgan. Til-shunos olim V. I. Belyayev „Devonu lugʻotit turk“ haqida shunday yozadi: „Biz bu asarga nihoyatda yuksak baho berishimiz kerak, chunki u kitoblardan olib yozilmagan, balki jonli materialni shaxsan kuzatishga asoslangan… Muallif bergan maʼlumotlar… arxeologik kashfiyotlar bu maʼlumotlarning aksariyatini isbot etmoqda“. Nemis sharqshunosi K. Brokkelman „Devonu lugʻotit turk“ asarini 1928-yil nemis tiliga tarjima qildi. „Devonu lugʻotit turk“ qoʻlyozmasining fotonusxasi Istanbulda Kilisli Rifat (3 jildli; 1915—17) keyinchalik Besim Atalay tomonidan (3 jildli; 1939—41) turk tiliga tarjima qilinib, chop etilgan. „Devonu lugʻotit turk“ ning turk tilidagi keyingi qayta nashri 1957-yil amalga oshirildi. „Devonu lugʻotit turk“ ikkinchi boʻlib oʻzbek tiliga tarjima qilinib, muhim izoh va tafsirlari bilan 1960—63-yillari Toshkentda „Fan“ nashriyotida 3 jildda chop etilgan. Bu tilshunos olim, filol. fanlari dri, prof. Solih Mutallibovning 35 yillik mehnati natijasi edi. Ushbu nashr faqat tarjima boʻlmay, turkcha tarjimaga munosabat, baho, atamalar, shaxs nomlari, shahar va joy nomlariga izoh, va tafsir hamdir. Oʻzbekcha nashrining muqaddima qismida 11-asr filologlari, „Qutadgʻu bilig“ asari, Maxmud Koshgʻariyning lingvistik qarashlari, turkiy qabilalar, ularning shakllanishi, bu urugʻ va qabilalar, tillarning hozirgi turkiy xalqlar va ularning tiliga munosabati, tarjima transkripsiyasi toʻgʻrisida maʼlumotlar berilgan. „Devonu lugʻotit turk“ oʻzbekcha nashrining oxirida turkiy urugʻ, qabila, shaharlar va boshqalar toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar bor, asarning har bir jildida havolalar berilib, unda uchragan soʻz va iboralar keng taʼriflanadi, izohlanadi. Oʻzbekcha nashrining muhim tomonlaridan biri, uning har bir jildi asosida tuzilgan koʻrsat-kichdir. Unda „Devonu lugʻotit turk“da uchragan soʻzlar alifbo tarzida keltirilib, soʻzning oʻzbek va rus tilida tarjimasi beriladi. Mazkur soʻzning „Devonu lugʻotit turk“ ning qaysi betlarida uchrashi (oldin oʻzbekcha, soʻng turkcha nashrlarining beti, satri) koʻrsatib oʻtiladi. Mahmud Qoshg’ariy Samarqand Buxoro Bog’dodda tahsil olgan. Arab fors rumoniy kabi 8 – 9 tilni mukammal egallagan. U qandaydir bir qirg’in paytida ota yurtini tashlab chiqib ketgan. Mahmud Qoshg’ariy haqida bizgacha juda oz ma’lumot yetib kelgan. Bu ma’lumotlar ham uning ,,Devonu lug’atit turk’’ asari orqali yetib kelgan. Devonu lug’atit turkdan yana bir narsa ma’lumki Mahmud Qoshg’ariy bu lug’at bilan bog’liq bo’lgan yana bir asar - ,,Kitobi javohirun naxfiy lug’otit turk” (turkiy tillarning naxv qoidalari) kitobini ham yozgan va bu kitob hanuzgacha topilgan emas. Mahmud Qoshg’ariyning qoraxoniy zodagonlarning oliy toifasiga mansub ekanligini quyidagi daillar ham tasdiqlaydi. 1. Bobomiz somoniylardan turk yerlarini tortib olgan usha amirdir. Bu hamir ,,ya’ni amir” Tekin deb ataganlar. Mahmud Qoshg’ariy asar boshida o’zi to’g’risida so’zlab o’zining eng eski turkiy qabilalarida ekanligini bildirgan. Mahmud Qoshg’ariy taqor turkiy tillardan tashqari arab va fors tillarini ham bilgan. Asarning muqaddimasida aytilgan so’zlardan M.Qoshg’ariy Buxoro va Nishopurda bo’lgan deb taxmin qilish mumkin. Maxmud Qoshg’ariy va uning asariga bag’ishlangan tadqiqotlarda Mahmud Qoshg’ariy va uning chuqur va boy bilim olishi mumkin bo’lgan Buxoro, Nishopur, Samarqand, Marf, Shimoliy Eron va Bog’dod musulmon olimlarning markazlari qayta – qayta tilga olinadi. Usha davr musulmon maktablarida arab tili grammatikasi musulmon aqidalari va xuquqshunoslik xisob, qur’on va xadis o’rgatilgan. Mahmud Qoshg’ariy ,,Devoni lug’atit turkda” yorqin namoyish etgan linvistika geografiya, tarix va boshqa fanlarga oid bilimlarni extimol keyinchalik olgan. Mahmud Qoshg’ariy turk yerlari bo’ylab qilgan ko’p yillik safarining birlamchi maqsadi haqida gapirmaydi. Asardagi avtoxarakteristikadan quyidagilar ma’lum: ,,Men turklar, turkmanlar, og’izlar, chiginlar, yag’molar, qirg’izlarning shaharlarini qishloq va yaylovlarini ko’p yillar kezib chiqdim. Lug’atlarni turklari turli xil so’z xususiyatlarini o’rganib aniqlab chiqdim. Men tilda ularning yetuklaridan eng katta mutaxassislaridan xushfaxmlaridan eski qabilalardan jang ishlarida usta nayzadorlaridan edim. Ularga shuncha diqqat qildimki turklar, turkmanlar, o’g’izlar, chiginlar, yag’molar, qirg’izlar qabilalarining tillari butunlay dilimga jo bo’ldi. Ularni har tomonlama puxta bir asosda tuzdim. Kitob devoni lug’atit turk deb ataldi. Men bu kitobni hikmatli so’zlar, sajlar, maqollar, qo’shiqlar, rajaz va nasr deb atalgan adabiy parchalar bilan bezadim”. Devoni lug’atit turkni tuzishdan avval linvistik tarixiy va etnografik materialni yig’ish bo’yicha ko’p yillk ish amalga oshirilganligi tabiiy. Lekin Mahmud Qoshg’ariy o’z yurtini tashlash turk yerlarini kezib yuritishga nima majbur etdi? Bu savolga 2 ta javob bo’lishi mumkin. 1. O’z tiliga, o’z tarixiga muhabbat turk tilining arab tilidan qolishmasligining dalillari bilan isbotlab uni ulug’lash istagi. 2. Mahmud Qoshg’ariy hijriy 448 – 449 yillarda sharqiy qoraxoniylar davlatida hammaga ma’lum bo’lgan qonli voqealar bo’lib turgani uchun o’z yurtlarini tark etishga majbur bo’lgan. Devoni lug’atit turk (turkiy so’zlar devoni) melodiy 1072 – yillarda yozila boshlagan va 1074 – yilda tugatilgan. Muallif bu haqda shunday degan. (Kitob 464 – yilda hijriy) jumadul avval boshlarida boshlandi va to’rt karra yozilganda va tuzatilgandan so’ng 464 – yil jumadul oxirining 12 kuni bitirilgan. Bu vaqtda muallif 50 yoshda bo’lgan. Umuman olganda bu asar 11 – asrda yozilgan bo’lib turkey so’zlar lug’ati xisoblanadi. Qoshg`ariy tovushlarni o`rganar ekan, ularning xususiyatlarini quyidagicha ta`kidlaydi. So`zlarda tovushlarning qattiqligi, qalinligi, yumshoqligi, ingichkaligi hamda ularning cho`ziqroq talaffuz qilish xodisalarini aniqlaydi. Tor va keng, qisqa va cho`ziq unlilarning xususiyati, talaffuzni izohlaydi. Asarda tovush tushishi, tovush almashishi kabi qator fonetik o`zgarishlar va ularning ahamiyati haqida qiziqarli fikrlash bayon qilingan. Jumladan, o`sha davr turkiy qabilalar tilga xos quyidagi hodisalar haqida ma`lumotlar berilgan. Undoshlar tizimidagi sodda va kombinator undoshlar, ulardagi jarangli va jarangsizli undoshlarning qator kelishi hodisalarin bayon etadi. Asarda tovush tushishi va tovush almashishiga doir ko`pgina ma`lumotlar misollar bilan izohlanadi. Masalan: turklardagi so`z boshida keluvchi «u» o`g`iz va qipchoqlarda tushib qoladi yoki «j» (ehtimol «ch»)ga aylanadi: Elkin – elkin (musofir) Yilig suv – iliq suv (ilik suv) Yinju – (jinju) chingu (dur marvarid) Turklar bilan o`g`izlar orasidagi bu xususiyat o`zgarmovchi, doimiy bo`lgan. So`z boshidagi «m»ni o`g`izlar, qipoqlar va suvorinlar «v»ga aylanirilgan mun-bun (sho`rva) so`z o`rtasida kelgan va so`z oxirida kelgan «y»ni argular «n»ga almashtiradilar. Chigay-chigan (kambag`al:kay-kon (kuy). O`g`iz va qipchoqlarda ayniqsa tovush tushish hodisasi ko`proq kuzatiladi. Masalan: t tamgak-tamoq, chumchuq-chuluk (olaqarg`a). Bundan tashqari, Qoshg`ariy ma`lumotiga ko`ra, ch dan j ga ko`chish erinch-erinj (maishat) ham tovushlarning fonetik xususiyatlaridan. «Devoni lug`otit turk»da so`z turkumlari hozirgidek 12 xil emas balki 2 xil deb ta`riflanadi. Ular: Ismlar Fe`llar Har xil guruhga ham oldin hamzali harflar (a, o,u, y kabi) keyin tartib bilan undosh harflar bilan boshlanadigan so`zlar berilgan. Devonda ko`p ma`noli so`zlar va omonimlar, sinonimlar, antonimlar haqida etarli ma`lumotlar berilgan. So`zlarning antonimlar haqida etarli ma`lumotlar berilgan, so`zlarning to`liq va qisqa vriantlari haqida ham fikrlar mavjud. Bundan tashqari devonning morfologiya bo`limida fe`llarning yasalishi, ism-o va sifatlar haqida izohlar berilgan. «Devoni lug`otit turk»da sodda, yasama va qo`shma so`zlar, so`zlarning yasalishi, so`z yasovchi va so`z o`zgartiruvchi affikslar yordamchi so`zlar haqida ham ma`lumotlar mavjud. ADABIYOTLAR: Abduraxmonov G`., Rustamov A. Qadimgi turkiy til. Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 1982. Abduraxmonov G`., Rustamov A. Navoiy tilining grammatik xususiyatlari. Toshkent, «Fan» nashriyoti, 1984. Aydarov G. Yazik orxonskogo pamyatnika Bilge-kagana. Alma-Ata, Izd-vo «Nauka», 1966. Aydarov G. Yazik orxonskogo pamyatnikov drevnetyurkskoy pismennosti VIII veka. Alma-Ata, Izd-vo «Nauka», 1971. www.ziyonet.uz Download 34.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling