Mavzuga doir masala va misollar. 2022-yilning yanvar oyi uchun jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliq va majburiy badallar hisob-kitobi uslubiyati


II. IMTIYOZLARNI HISOBGA OLGAN HOLDA


Download 334.33 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/10
Sana18.11.2023
Hajmi334.33 Kb.
#1785108
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
JISMONIY SHAXSLARDAN OLINADIGAN DAROMAD SOLIG‘I

 
II. IMTIYOZLARNI HISOBGA OLGAN HOLDA 
1-VAZIYAT. Daromaddan MHEKMning 1,41 baravariga teng summa chiqarib 
tashlanadigan imtiyoz qoʻllanilgan holda JSHDS hisob-kitobi 
Soliq kodeksining 380-moddasiga muvofiq imtiyozga ega boʻlgan xodimning mehnatiga 
yanvar oyida 2 000 000 soʻm toʻlangan.
Soliq kodeksining 380-moddasi 1-qismiga muvofiq ushbu imtiyozga ega boʻlgan 
fuqarolarning (masalan, 16 yoshdan oshmagan ikki va undan ortiq bolalari boʻlgan yolgʻiz 
onalar) jami daromadidan har oyda MHEKMning 1,41 baravariga teng summa chiqarib 
tashlanadi. 
Soliq solinadigan daromadni hisob-kitob qilamiz:
2 000 000 - (822 000 x 1,41) = 840 980 soʻmga teng. 
Yanvar oyi uchun soliqni hisoblab yozamiz: 
840 980 x 12% = 100 917,6 soʻm. 


13 
SHJBPHga majburiy badallar 840,98 soʻmni (840 980 x 0,1%) tashkil qiladi. 
Byudjetga 100 076,62 soʻm (100 917,6 - 840,98) JSHDS oʻtkaziladi. 
Xodim qoʻliga 1 899 082,4 soʻmni (2 000 000 - 100 917,6) ish haqi oladi. 
 
2-VAZIYAT. Daromad imtiyoz summasidan kam boʻlganda JSHDS hisob-kitobi 
Soliq kodeksining 380-moddasiga muvofiq imtiyozga ega boʻlgan xodimning mehnatiga 
yanvar oyida 1 000 000 soʻm haq toʻlangan.
Soliq kodeksining 380-moddasi 1-qismiga muvofiq ushbu imtiyozga ega boʻlgan 
fuqarolarning (masalan, 16 yoshdan oshmagan ikki va undan ortiq bolalari boʻlgan yolgʻiz 
onalar) jami daromadidan har oyda MHEKMning 1,41 baravariga teng summa chiqarib 
tashlanadi. 
Yanvar oyi uchun soliq solinmaydigan daromad miqdorini hisoblaymiz: 
822 000 x 1,41 = 1 159 020 soʻm. 
Xodimning daromadi (1 000 000 soʻm) imtiyoz summasidan (1 159 020 soʻm) kam 
boʻlganligi sababli yanvar oyi uchun soliq hisoblanmaydi.
Soliq solinadigan daromad mavjud boʻlmaganligi uchun SHJBPHga majburiy badallar 
toʻlanmaydi. 
Xodim qoʻliga 1 000 000 soʻm ish haqi oladi. 

Download 334.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling