5-VAZIYAT. Bir nechta imtiyozni hisobga olgan holda (har oyda daromaddan
MHEKMning 1,41 baravariga teng summani chegirish, moddiy yordam va qimmatbaho
sovgʻa olinganda) JSHDS hisob-kitobi
Soliq kodeksining 380-moddasiga koʻra imtiyozga haqli boʻlgan xodimga yanvar oyida 2
000 000 soʻm ish haqi toʻlangan. Unga nikohdan oʻtishi munosabati bilan 4 000 000 soʻm
moddiy yordam koʻrsatilgan va 3 000 000 soʻmlik qiymatga ega sovgʻa topshirilgan.
Quyidagilarga muvofiq:
Soliq kodeksining 380-moddasi 1-qismiga muvofiq imtiyoz olish huquqiga ega boʻlgan
xodimning soliq solinadigan daromadidan har oyda MHEKMning 1,41 baravariga teng summa
(822 000 x 1,41 = 1 159 020 soʻm) chiqarib tashlanadi;
Soliq kodeksining 378-moddasi 1-bandiga muvofiq MHEKMning 4,22 baravarigacha
miqdorda beriladigan moddiy yordam summasiga JSHDS solinmaydi (822 000 x 4,22 = 3 468 840
soʻm);
Soliq kodeksining 378-moddasi 10-bandiga koʻra yuridik shaxslardan bir yil mobaynida
MHEKMning 2,11 baravari (822 000 x 2,11 = 1 734 420 soʻm) miqdorigacha olingan
sovgʻalarning qiymatiga JSHDS solinmaydi.
Soliq solinadigan daromadni aniqlaymiz:
2 000 000 - 1 159 020 + 4 000 000 - 3 468 840 + 3 000 000 - 1 734 420 = 2 637 720 soʻm.
Yanvar oyi uchun soliqni hisob-kitob qilamiz:
2 637 720 x 12% = 316 526,4 soʻm.
SHJBPHga majburiy badallar summasi 2 637,72 soʻmni (2 637 720 x 0,1%) tashkil etadi.
Byudjetga 313 888,68 soʻm (316 526,4 - 2 637,72) soliq oʻtkaziladi.
Xodim qoʻliga 5 683 473,6 soʻm (2 000 000 + 4 000 000 - 316 526,4) oladi.
III. ODATDAN TASHQARI HOLATLAR
1-VAZIYAT. Oʻrindosh xodim daromadlaridan JSHDS hisob-kitobi
Soliq kodeksining 380-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan imtiyozga ega oʻrindosh
xodimga yanvar oyida 1 000 000 soʻm ish haqi toʻlangan.
Soliq imtiyozini qoʻllash soliq toʻlovchining asosiy ish (xizmat, oʻqish) joyi boʻyicha, asosiy
ish joyi mavjud boʻlmagan taqdirda esa - yashash joyidagi soliq organlari tomonidan jami yillik
daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiya asosida soliqni hisoblab chiqarish chogʻida amalga oshiriladi
(SK 380-m. 5-q.).
Yanvar oyi uchun soliqni hisob-kitob qilamiz:
1 000 000 x 12% = 120 600 soʻmga teng.
SHJBPHga majburiy badallar 1 000 soʻmni (1 000 000 x 0,1%) tashkil etadi.
Yanvar oyi uchun byudjetga 119 000 soʻm (120 000 - 1 000) soliq oʻtkaziladi.
Soliq ushlanganidan keyin xodim 880 000 soʻm (1 100 000 - 120 000) ish haqi oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |