Xarajatlar me`yori va xarajatlarni mnazorat qilish


Download 0.8 Mb.
bet1/2
Sana29.10.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1732758
  1   2
Bog'liq
Odilova Nazokat MBR-85 Debetorlik va kreditorlik qarzlarining muddatlari bo\'yicha tahlili

Mavzu:Debetorlik va kreditorlik qarzlarining muddatlari bo'yicha tahlili

Guruh :MBR-85

Bajardi: Odilova Nazokat

Tekshirdi: Botirov L.


TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
“Moliya va buxgalteriya” kafedrasi
“Moliyaviy hisobot tahlili” fanidan
TAQDIMOT

Mavzu: Debetorlik va kreditorlik qarzlarining muddatlari bo'yicha tahlili

Reja:

  • Debitorlik, kreditorlik qarzlari tahlilining mazmuni, ularni tahlil qilish maqsadi va vazifalari
  • Debitorlik va kreditorlik qarzlarining shakllanishi
  • Debitorlik va kreditorlik qarzlarining tarkibi va muddati bo‘yicha tahlili
  • Debitorlik va kreditorlik qarzlarini kamaytirish bo‘yicha tegishli boshqaruv qarorlarini qabul qilish mexanizmlari
  • Muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlari tahlili. Debitorlik va kreditorlik qarzlari yuzasidan rezervlar tahlili

Debitorlik va kreditorlik qarzlarini doimiy tahlil yetish to‘lovlar intizomini mustahkamlash, muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi to‘lovlar va hisob-kitoblar tizimini takomillashtirish, budjetga hamda davlat maqsadli fondlariga soliqlar va majburiy to‘lovlarning o‘z vaqtida tushishini ta’minlash, budjetga hamda davlat maqsadli fondlariga qarzlarni qisqartirish va ular vujudga kelishining oldini olish imkoni, qarzdorlikni maqsadli boshqarish imkonini beradi.
Debitor va kreditor so‘zlari ma’nosini ko‘payish va kamayish, qo‘shish va chegirish, kirim va chiqim ma’nosida qarash mumkin. Uning nomlanishiga asos qilib balansning aktiv va passiv qismlarga, hisobvaraqalarining aktiv va passiv turlarga tarkiblanishi asos qilib olingan.
Debitorlik va kreditorlik majburiyatlari tahlilining vazifalari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: - aniq, to‘liq va o‘z vaqtida pul mablag‘lari va ularning harakati yuzasidan aniq hisob-kitoblarning yo‘lga qo‘yilganligini baholash; - hisob-kitoblarning va to‘lov intizomiga qat’iy rioya qilinganlik holatini baholash; - debitorlik va kreditorlik majburiyatlarining (qarzlarining) turlari, to‘lov muddatlari va asoslanganligi bo‘yicha tarkibini aniqlash;
- muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik majburiyatlari holatiga, ularning jami majburiyatlar tarkibidagi salmog‘iga baho berish; - tovarlarni kreditga sotish, hisob-kitoblarning turli shakllari bo‘yicha yuzaga kelgan majburiyatlarni baholash; - bank kreditlari va qarzlaridan maqsadli foydalanish, ular bo‘yicha majburiyatlarning joriy qismining qoplanishi yuzasidan holatini o‘rganish; - mahsulot (tovarlar, ish va xizmat)larni xorijga sotish bo‘yicha majburiyatlarning yuzaga kelishi va ularning oqlanishi yuzasidan korxonadagi (hisob-kitoblarning shakli, valyuta kurslarining o‘zgarishlariga va h.k. ta’sirida) joriy va istiqboldagi tahlikalarni baholash.
Debitorlik va kreditorlik qarzlarining katta summada shakllanishi korxona mablag‘larining immobilizatsiyasi, oborotdan chiqib ketishiga, likvidlikning tushishiga, moliyaviy ahvolning qiyinlashishiga sabab bo‘ladi. Muddati o‘tgan, uzaytirilgan debitorlik va kreditorlik qarzdorligi ayniqsa salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Debitorlik va kreditorlik majburiyatlari o‘zaro hisob-kitoblarda mahsulot (tovarlar, ish va xizmat)larni sotilgan qatorga kiritish va ular bo‘yicha to‘lovlarning amalga oshirishning turli hisobot sanalariga tushishidan ro‘y beradi. Agarda kelishilgan muddatlar yoki qonunchilikda belgilangan muddatlar oshib ketmasa, ularning yuzaga kelishi hech qanday salbiy oqibatlar olib kelmaydi.
Korxonada debitorlik va kreditorlik qarzlarining bitta korxonada yuzaga kelishi faqat uning o‘zigagina jarayonlarni murakkablashtirmaydi, balki qarshi tomonlar bilan bog‘langan butun bir tizimdagi holatni ham izdan chiqishiga olib keladi.
Debitorlik qarzlari: xaridor va buyurtmachilarning qarzi, ajratilgan bo‘linmalarning qarzi, sho‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlarining qarzi, xodimlarga berilgan bo‘naklar, mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo‘naklar, budjetga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari, maqsadli davlat jamg‘armalari va sug‘urtalar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari, ta’sischilarning ustav kapitaliga ulushlar bo‘yicha qarzi, xodimlarning boshqa operatsiyalar bo‘yicha qarzi va boshqa debitorlik qarzlari.
Kreditorlik qarzlari: mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga qarz, sho‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlarga qarz, soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha kechiktirilgan majburiyatlar, olingan bo‘naklar, budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz, sug‘urtalar bo‘yicha qarz, maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarz, ta’sischilarga bo‘lgan qarzlar, mehnatga haq to‘lash bo‘yicha qarz va boshqa kreditorlik qarzlari.
Debitorlik va kreditorlik qarzdorlik tahlilida qarzlarning tarkibi, muddati, hajmigagina yemas, balki ularning balansiga ham muhim ahamiyat qaratiladi. Debitorlik va kreditorlik qarzlari tarkibida muddati o‘tgan, to‘lov muddati kelgan va to‘lov muddati o‘tmagan majburiyatlarni alohida tarkiblash lozim. Debitorlik va kreditorlik qarzlarining muddati o‘tgan sifatida tan olish tartiblari qonunchilik normalari asosida belgilanadi.
Debitorlik qarzlarini undirish oson jarayon emas. Bu uzoq vaqtni, qо‘shimcha tashkiliy va moliyaviy xarajatlarni talab qiladi hamda doim bir necha biznes tuzilmalar manfaatlari tо‘qnashuvi bilan bog‘liq bо‘ladi. Bu albatta boshqaruvchidan uddaburonlik, shijoat va jiddiylikni talab etadi. Shu bilan birga qarzdorlikni hal etishda qonunchilik normalari bо‘yicha barcha bosqichlardan о‘tish ham doimo ijobiy natijalarga olib kelavermaydi.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling