Mavzuga doir masala va misollar. Misol
Download 307.48 Kb. Pdf ko'rish
|
QO‘SHILGAN QIYMAT SOLIG‘I
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yechilishi
22 6-MAVZU. QO‘SHILGAN QIYMAT SOLIG‘I Mashg’ulotining maqsadi: Mavzu bo’yicha bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish Mavzuga doir masala va misollar. MISOL. Dastlabki (tiklanish) qiymati 220 ming so’m bo’lgan printer 300 ming so’mga sotildi. Asosiy vositalarning mazkur ob’ekti bo’yicha hisoblab yozilgan amortizatsiya 130 ming so’mni tashkil qildi. Qayta baholash saldosi - 10 ming so’m. Asosiy vositalarni realizatsiya qilish narxi shartnomada qo’shilgan qiymat solig’ini hisobga olgan holda qayd etilgan. Yechilishi: Asosiy vosita realizatsiya qilinayotganida ajratish zarur bo’lgan QQS summasini hisoblaymiz: 300 000 - (220 000 - 130 000) / 120 x 20 = 35 000 so’m. MISOL. 1-variant. Ofis mebelining boshlang‘ich qiymati 1 200 ming so‘mni, eskirish 500 ming so‘mni va realizatsiya qilish qiymati 2 000 ming so‘mni tashkil etadi. QQSni hisoblang. Yechilishi: Ofis mebelining qoldiq qiymati 700 ming so‘mni (1 200 - 500) u holda soliq solinadigan baza miqdori 1 300 ming so‘mni (2 000 - 700), budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan QQS summasi esa - 216,7 ming so‘mni (1 300 x 20 : 120) tashkil qiladi. 2-variant. Ofis mebelining boshlang‘ich qiymati 1 200 ming so‘mni, eskirish 500 ming so‘mni va realizatsiya qilish qiymati 700 ming so‘mni tashkil etadi. QQSni hisoblang. Yechilishi: Ofis mebelining boshlang‘ich qiymati 1 200 ming so‘mni, eskirish 500 ming so‘mni, qoldiq qiymati 700 ming so‘mni (1 200 - 500) va realizatsiya qilish qiymati 700 ming so‘mni tashkil qilsa, u holda soliq solinadigan baza miqdori 0 ming so‘mni (700 - 700) tashkil qiladi. QQS hisoblanmaydi. Download 307.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling