Mavzuga doir masala va misollar. Misol


Download 306.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana25.08.2023
Hajmi306.8 Kb.
#1670223
1   2   3   4   5
Bog'liq
QO‘SHILGAN QIYMAT SOLIG‘I

 
3-variant. Ofis mebelining boshlang‘ich qiymati 1 200 ming so‘mni, eskirish 500 ming 
so‘mni va realizatsiya qilish qiymati 500 ming so‘mni tashkil etadi. QQSni hisoblang. 
Yechilishi: 
Ofis mebelining boshlang‘ich qiymati 1 200 ming so‘mni, eskirish 500 ming so‘mni, qoldiq 
qiymati 700 ming so‘mni (1 200 - 500) va realizatsiya qilish qiymati 500 ming so‘mni tashkil qilsa, 
bu holda soliq solinadigan baza mavjud bo‘lmaydi, chunki realizatsiya qilish qiymati qoldiq 
qiymatidan past. QQS hisoblanmaydi. 
 
MISOL. Korxona hisobot davrida tannarxi 900 ming so‘m bo‘lgan (QQSsiz) mahsulotni 
shartnoma asosida 960 ming so‘mga (QQS bilan) realizatsiya qildi. Korxona to‘lashi lozim 
bo‘lgan QQS summasii hisoblang. 
Yechilishi: 
 Realizatsiya qilingan mahsulot tarkibidagi QQS summasi 160 ming so‘m (960x20/120), 
soliq solinadigan baza 800 ming so‘mga teng (960 - 160). Bu yerda realizatsiya qilish qiymati 
tannarxdan past. Mahsulot tannarxi (900 ming so‘m) QQS bazasi hisoblanadi. Shunki mahsulot 
tannarxidan past bahoda sotilsa, soliq solish bazasi tannarx hisoblanadi. Tegishli ravishda
to‘lanadigan QQS summasi 180 ming so‘mni (900 x 20 %) tashkil qiladi. 20 ming so‘mlik (180 - 
160) QQS bo‘yicha farq korxonaning o‘z hisobidan qoplanadi. 
 
MISOL. Korxona hisobot davrida 2 400 ming so‘mga (QQS bilan) materiallar xarid qildi. 
Korxona QQS solinadigan va solinmaydigan mahsulotlar ishlab chiqaradi. Hisobot davrida 
realizatsiya qilishdan olingan umumiy sof tushum 6 800 ming so‘mni tashkil qildi, undan 2 800 


23 
ming so‘m - QQS solinmaydigan oborot, 4 000 ming so‘m - QQS solinadigan daromad. Hisobot 
davrida korxona to‘lashi lozim bo‘lgan QQS summasini hisoblang.
Yechilishi: 
Korxona hisobot davrida xarid qilgan materiallar narxidagi QQS 400 ming so‘mdan 
(2 400x20/120), realizatsiya qilingan QQS solinadigan daromaddagi QQS 800 ming so‘mdan (4 
000 x 20 %) iborat. Korxona to‘lashi lozim bo‘lgan QQS 400 ming so‘mni (800-400) tashkil etadi. 

Download 306.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling