Mavzuga doir masala va misollar. Misol
Download 306.8 Kb. Pdf ko'rish
|
QO‘SHILGAN QIYMAT SOLIG‘I
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yechilishi
3-variant. Ofis mebelining boshlang‘ich qiymati 1 200 ming so‘mni, eskirish 500 ming so‘mni va realizatsiya qilish qiymati 500 ming so‘mni tashkil etadi. QQSni hisoblang. Yechilishi: Ofis mebelining boshlang‘ich qiymati 1 200 ming so‘mni, eskirish 500 ming so‘mni, qoldiq qiymati 700 ming so‘mni (1 200 - 500) va realizatsiya qilish qiymati 500 ming so‘mni tashkil qilsa, bu holda soliq solinadigan baza mavjud bo‘lmaydi, chunki realizatsiya qilish qiymati qoldiq qiymatidan past. QQS hisoblanmaydi. MISOL. Korxona hisobot davrida tannarxi 900 ming so‘m bo‘lgan (QQSsiz) mahsulotni shartnoma asosida 960 ming so‘mga (QQS bilan) realizatsiya qildi. Korxona to‘lashi lozim bo‘lgan QQS summasii hisoblang. Yechilishi: Realizatsiya qilingan mahsulot tarkibidagi QQS summasi 160 ming so‘m (960x20/120), soliq solinadigan baza 800 ming so‘mga teng (960 - 160). Bu yerda realizatsiya qilish qiymati tannarxdan past. Mahsulot tannarxi (900 ming so‘m) QQS bazasi hisoblanadi. Shunki mahsulot tannarxidan past bahoda sotilsa, soliq solish bazasi tannarx hisoblanadi. Tegishli ravishda, to‘lanadigan QQS summasi 180 ming so‘mni (900 x 20 %) tashkil qiladi. 20 ming so‘mlik (180 - 160) QQS bo‘yicha farq korxonaning o‘z hisobidan qoplanadi. MISOL. Korxona hisobot davrida 2 400 ming so‘mga (QQS bilan) materiallar xarid qildi. Korxona QQS solinadigan va solinmaydigan mahsulotlar ishlab chiqaradi. Hisobot davrida realizatsiya qilishdan olingan umumiy sof tushum 6 800 ming so‘mni tashkil qildi, undan 2 800 23 ming so‘m - QQS solinmaydigan oborot, 4 000 ming so‘m - QQS solinadigan daromad. Hisobot davrida korxona to‘lashi lozim bo‘lgan QQS summasini hisoblang. Yechilishi: Korxona hisobot davrida xarid qilgan materiallar narxidagi QQS 400 ming so‘mdan (2 400x20/120), realizatsiya qilingan QQS solinadigan daromaddagi QQS 800 ming so‘mdan (4 000 x 20 %) iborat. Korxona to‘lashi lozim bo‘lgan QQS 400 ming so‘mni (800-400) tashkil etadi. Download 306.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling