Mavzuga doir masala va misollar. Misol


Download 306.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana25.08.2023
Hajmi306.8 Kb.
#1670223
1   2   3   4   5
Bog'liq
QO‘SHILGAN QIYMAT SOLIG‘I

 
MISOL. Norezident tomonidan realizatsiya qilish joyi O‘zbekiston hududi bo‘lgan xizmatlar 
ko‘rsatilgan. Xizmatlar qiymati 10 ming AQSh dollarini tashkil qiladi. To‘lov manbaidan olib 
qolinadigan QQSni hisoblang. 
Yechilishi: 
Norezidentning daromadlariga to‘lov manbaidan 20% stavka bo‘yicha soliq solinishi lozim
soliq summasi 2 ming AQSh dollariga teng (10 x 20%), norezidentga to‘lanadigan summa - 8 ming 
AQSh dollari (10 - 2).
 
MISOL. Korxona QQS to‘lovchi tashkilotlar buyurtmalari bo‘yicha ofis mebelini ishlab 
chiqaradi. Hisobot davrida xorijiy diplomatik vakolatxonasining 48 000 ming so‘m qiymatga teng 
buyurtmasi bajarildi, O‘zbekistondagi korxonalarga QQS hisobga qabul qilinmagan holda 23 000 
ming so‘mlik mebel realizatsiya qilindi. 


24 
Ishlab chiqarish uchun xarid qilingan materiallar bo‘yicha QQS olingan hisobvaraq-
fakturalarga asosan 35 000 ming so‘mni tashkil etdi. 
Yechilishi: 
O‘zbekistondagi korxonalarga realizatsiya qilingan mebelga belgilangan tartibda QQS 
solinadi, QQS summasi 4 600 ming so‘mni (23 000 x 20 %) tashkil etadi. 
Xorijiy diplomatik vakolatxonalarga mahsulotlar yetkazib berish - bu nol darajali stavka 
bo‘yicha QQS solinadigan oborot bo‘lib, tegishli ravishda, bunday mahsulot yetkazib berishlar 
bo‘yicha QQS stavkasi nolga teng. Nol darajali stavka bo‘yicha soliq solinadigan mahsulotni 
realizatsiya qilishda mahsulot yetkazib beruvchi belgilangan tartibda hisobvaraq-faktura yozib 
beradi. 
Mahsulot yetkazib beruvchilardan hisobvaraq-faktura bilan olingan materiallar bo‘yicha 
QQS (35 000 ming so‘m) (shu jumladan QQS nol darajali stavkasi bilan realizatsiya qilinadigan 
mebellar ishlab chiqarish uchun foydalanilgan materiallar bo‘yicha ham) to‘liq miqdorda hisobga 
kiritilishi lozim. 
Shunday qilib, hisoblab yozilgan QQS summasi 4 600 ming so‘mni, hisobga kiritiladigan 
soliq summasi esa - 35 000 ming so‘mni tashkil etdi. Mazkur summalar o‘rtasidagi farq - manfiy 
30 400 ming so‘m (4600-35000) bo‘lib, ushbu summa belgilangan tartibda soliq to‘lovchiga 
qaytarilishi lozim. 

Download 306.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling