Mavzuga oid savollar emlashni tashqil etish bilan bog`lik tayyorlov ishlarining bos?ichlarini sanab bering


Vaktsinatsiya o`tkazilgandan so`ng bolaning rivojlanish tarixi (f.№112) va profilaktik emlash kartasig`a (f.063/u) yoziladigan ma`lumotlarni ko`rsating


Download 17.18 Kb.
bet2/3
Sana10.09.2023
Hajmi17.18 Kb.
#1675303
1   2   3
Bog'liq
3-nazariy savollarga j

5. Vaktsinatsiya o`tkazilgandan so`ng bolaning rivojlanish tarixi (f.№112) va profilaktik emlash kartasig`a (f.063/u) yoziladigan ma`lumotlarni ko`rsating:
Preparat dozasi ko`rsatilishi shart ,
seriyasi,
o`tqazilgan vaqti
6. Sovuqlik zanjiri nima va ahamiyati.
Vaksinalarni tegishli sharoitlarda ,belgilangan harorat doirasida saqlash va taqsimlashni taminlovchi tiziga sovuqlik zanjiri deb ataladi.Sovuqlik zanjiri vaksina ishlab chiqarilgandan foydalangunga qadar barcha bosqichlarda malum hararatni taminlovchi omborlar ,sovutgichlar,transport vositalaridan iborat tizim hisoblanadi.Sovuqlik zanjiriga aml qilinmagan hollarda mahsulot samaradorligi va qator saalbiy reaksiyalar kuzatilishi mumkin.
8. Aktiv va passiv emlash uchun ishlatiladigan preparatlar va ularni kimlarg`a nisbatan qo`llash turlari
Immunologik profilaktika maqsadlarida qo`llaniladigan biologik tibbiy preparatlar quyidagi guruhlargа ajratiladi:
A) Sun`iy immunitet yaratuvchilar;
B) Sust, qisqa muddatli muhofazani ta`minlovchilar;
V) qo`zg`atuvchi rivojlanishini va ko`payishini to`xtatib turuvchilar. Emlashdan keyin sun`iy immunitet yaratuvchi preparatlar guruhiga quyidagilar kiradi:
- Pasaytirilgan virulentlikqa, ammo immunogenlikka ega bo`lgan bakteriyalar yoki viruslarning kuchsizlantirilgan jonli shtammlari ( korpuskulalari) dan iborat korpuskulyar tirik vaktsinalar.
- qizdirish yo`li bilan, yoxud formalin, spirt, atseton va boshqa kimyoviy moddalarni qo`llab o`ldirilgan korpuskulyar vaktsinalar. O`ldirilgan vaktsinalar tirik vaktsinalarga qaraganda kamroq immunogenlidir, bu esa ularning ko`p marotaba, odatda, parenteral (yoshga qarab bosqichma - bosqich) yuborish zaruriyatini talab qiladi. Ma`lum bo`lgan o`ldirilgan vaktsinalar
- Ko`pincha alyuminiy ishqori gidratiga aylanib ketuvchi kuchsizlantirilgan zararsiz toksinlardan iborat anatoksinlar. Ular ko`p marotaba, teri ostiga qo`llanadi, ayni paytda rejali asosda emlash taqvimi birlamchi emlashni va ancha keyin esa qayta emlashni o`z ichiga oladi. Bunda davomli immmunitet hosil bo`ladi. Amaliyotda difteriya va qoqsholga qarshi tozalangan va shimdirilgan adsorbirlangan anatoksinlar - AKDS, ADS,ADS-M, stafilokokk anatoksinlari qo`llaniladi.
- Ayrim vaktsinalar gen - injenerlik tehnologiyasi yordamida ishlab chiqariladi, masalan, gepatit b ga qarshi DNK-rekombinant vaktsina.
B) guruhidag`i biolog`ik preparatlarga immun zardoblar yoki ulardan ajratib olinadigan immunoglobulinlar kiradi. Ular sun`iy ravishda emlangan hayvonlar va odamlar qonidan olinadi. Immun zardoblar tarkibidag`i antitelolar sust, qisqa muddatli ( 2haftadan 1 oygacha muddatda) immunitetni ta`minlaydi. Amaliyotda ko`kyo`talga qarshi, botulizmga, difteriyag`a, grippga qarshi immun zardoblar, shuningdek, antirabik, kana entsefalitiga qarshi gamma - globulinlar qo`llaniladi.
B guruhiga yuqumli kasalliklar qo`zg`atuvchilari ko`payishiga to`sqinlik qiladigan biopreparatlar ham kiradi. Ularg`a: ichterlama, dizenteriya, salmonellyoz, stafilokokk va streptokokk bakteriofaglari va interferon (gripp va boshqa virusli respirator yuaumli kasalliklarni profilaktika qilish va davolash uchun mo`ljallangan odam leykotsitlari) kiradi.

Download 17.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling