Mavzuga oid tayanch tushunchalar


Download 16.25 Kb.
Sana08.05.2023
Hajmi16.25 Kb.
#1442785
Bog'liq
atama moliya


Mavzuga oid tayanch tushunchalar

  1. Moliyaviy muassasa – bir mamlakat pul tizimining yoki xalqaro moliya bozorining faol ishtirokchisi hisoblangan institusional birlik.

  2. Davlat boshqaruv organlari – qonun bilan belgilangan tartibda tashkil topgan va uning funksiyalari hamda vazifalarini amalga oshirish uchun davlat tomonidan vakolat berilgan, bu maqsadda davlat-hokimiyat vakolati bilan ta’minlangan va belgilangan tartibda ish ko’ruvchi fuqarolar guruhidir.

  3. YaIM – maʼlum bir yildagi mamlakatning barcha tayyor mahsulot va xizmatlarning bozor qiymati.

  4. Davlatning ichki qarzi – davlat tomonidan ichki mablag‘lami jalb qilish natijasida vujudga kelgan majburiyatlar yig’indisi

  5. Davlatning tashqi qarzi – Davlat tomonidan xorijdan mablag‘ jalb etish aktivlami xorij manbalaridan (xorijiy davlatlardan, norezident yuridik shaxslardan va xalqaro tashkilotlardan) jalb etish hamda buning natijasida davlatning qarz oluvchi sifatidagi yoki qarz oluvchi rezidentlarning o ‘z kreditlarini (qarzlarini) to‘lashiga kafil sifatida vujudga keladigan

majburiyatlari

  1. Soliq imtiyozlari – davlat tomonidan soliq toʻlovchilarga berilgan yengilliklar; soliqlar miqdorini kamaytirish, soliq toʻlash shartini yengillashtirish yoki soliqdan toʻla ozod qilishdan iborat harakatlar.

  2. Foydani maksimallashtirish – mehnat unumdorligini muttasil oshirib borishga qaratilgan xatti-harakatlar.

  3. Xarajatlarni minimallashtirish usuli – ayrim sohalarda autsorsing kompaniyalarini jalb qilgan holda yordamchi ishlarning samaradorligini tahlil qilish.

  4. Rentabelli faoliyat – korxona yoki tadbirkorlikning daromaddorligi, samaradorligi; mikroiqtisodiy miqyosdagi iqtisodiy faoliyatning samaradorligiga asoslangan faoliyat turi.

  5. Pul fondlari – pul sektori pul va pulga tenglashtirilgan aktivlarning harakati natijasida yuzaga keluvchi jamg’arma mablag’lar majmui.

Download 16.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling