Rim imperiyasi davri va o‘rta asrlarda Yevropa falsafasi. Yevropada qadimgi Yunon va Rim davridan o‘rta asrlar falsafasigacha, ya’ni miloddan ilgarigi I asrdan milodning XIV asrigacha, bir yarim ming yil davomida bir qancha oqimlar paydo boldi va
amal qildi. Bu davr falsafasida ikki xil jarayonni ko‘rish mumkin: 1. Xristianlikning shakllanib davlat dini va mafkurasiga aylanishi. 2. 0 ‘rta asrlarga kelib inkvizitsiyaning ustuvor yo'nalishga
aylanishi. Gnostika, apologetika, patristika, realizm, nominalism va boshqa oqimlar o‘sha davr falsafasining qiyofasini belgilaydi. Gnostiklar. Bu davr falsafasida o‘z o'rniga ega bolgan gnostitsizm eramizning 150-yillarida o‘zining yuksak ravnaqiga erishadi. Ular shunday falsafiy ta’limot yaratdilarki, ularning fikricha Xudo ruh sifatida yovuzlikda mutlaqo sof, inson esa o‘z tabiatining ruhiy jihati bilan Xudoga moslashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |