Inkvizitsiya
Download 14.9 Kb.
|
falsafa 3
- Bu sahifa navigatsiya:
- INKVIZITSIYA
Yevropada qadimgi Yunon va Rim davridan o‘rta asrlar falsafasigacha, ya’ni miloddan ilgarigi I asrdan milodning XIV asrigacha, bir yarim ming yil davomida bir qancha oqimlar paydo boldi va amal qildi. Bu davr falsafasida ikki xil jarayonni ko'rish mumkin: 1. Xristianlikning shakllanib davlat dini va mafkurasiga aylanishi. 2. 0 ‘rta asrlarga kelib inkvizitsiyaning ustuvor yo‘nalishga aylanishi. Gnostika, apologetika, patristika, realizm, nominalizm va boshqa oqimlar o‘sha davr falsafasining qiyofasini belgilaydi. 354-yilda Pompey sobori xristianlikni Rim imperiyasining asosiy dini deb e’lon qildi. Apologetlar xristianlik tarixida I va III asrlarda vujudga keldi. Apologetika so‘zining lug‘aviy ma’nosi «himoya qilish» — demakdir. Apologetlar hukumatning xristianlikka bo‘lgan dushmanligini bartaraf qilishga, Rim davlatining xristianlikni ta’qib qilishi hech qanday oqlashga loyiq emasligini isbotlashga harakat qilganlar, o‘z asarlarida mushriklik (ko‘p xudolik) adabiyotlaridan olingan bahslashish (dialog) shaklidan, yoki apologetikaning mumtoz shaklidan foydalanganlar. INKVIZITSIYA (lot. inguisitio — qidiruv) — katolik cherkovining sud tergov tashkiloti; 13-asrda bid'atchilarga qarshi kurashish maqsadida tuzilgan. Rim papasiga boʻysungan. Inkvizitsiya zamindorlar-cherkov mafkurasi va ular zulmiga qarshi kurashchilarni taʼqib qilgan. 1231-yildan dominikanlar ordeni ixtiyorida boʻlgan. Inkvizitsiya faoliyati shavqatsizligi bilan ajralib turgan. Uyg‘onish davri - bu insoniyat tarixida yuz bergan eng buyuk ilg‘or taraqqiyot davrlaridan biri edi. Uyg'onish davrida hayotning hamma tarmog‘ida muhim, ilg‘or, hatto aytish mumkinki, inqilobiy o‘zgarishlar yuz berayotgan edi. XX asrga kelib ko‘pgina falsafiy oqimlar o‘zlarining an’anaviy falsafaga aloqador ekanliklarini hamda ulardan farq qilishlarini ta’kidlash maqsadida, nomlariga «пео», ya’ni yangi, zamonaviy-lashgan degan ma’noni anglatuvchi qo‘shimchani qo‘shganlar. Masalan, neopozitivizm, neotomizm va boshqalar shular jumlasiga kiradi. Falsafa sohasidagi bilimlarimiz, o‘z navbatida bizning milliy g‘oya va mafkuramizni shakllantirishga, ma’naviyatimizning boyib, mustahkamlanib borishiga, intellektual kamolotimizga xizmat qiladi. Download 14.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling