Mavzu;Korxonalar foydasi va uning taqsimlanish hisobi Mundarija: Kirish Asosiy qism
yilda O‘zbekistonda iqtisodiyot komplekslari bo‘yicha ishlab
Download 0.77 Mb.
|
Korxonalar foydasi va uning taqsimlanish hisobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 18 noyabrdagi 4053-sonli «Iqtisodiyot real sektori korxonalarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 19 noyabrdagi 4010-sonli «Iqtisodiy nochor korxonalarni tijorat banklariga sotish tartibini tasdiqlash to‘g‘risida»
- Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
- Internet saytlari
2014 yilda O‘zbekistonda iqtisodiyot komplekslari bo‘yicha ishlab
chiqarilgan mahsulotlar tannarxini pasaytirish bo‘yicha erishilgan natijalar. Korxonalarni bankrot deb e’lon qilish hamda moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tarkibiy o‘zgartirish orqali qayta tuzish bu boradagi eng to‘g‘ri va samarali yechim hisoblanadi. Shunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 18 noyabrdagi 4053-sonli «Iqtisodiyot real sektori korxonalarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonida ko‘zda tutilgan iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish, modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilash jarayoniga tijorat banklarining mablag‘larini kengroq jalb qilishni yo‘lga qo‘yish tadbirlari muhim hisoblanadi.Qarorda Respublika Komissiyasining qarori asosida bankrot korxonalarni tijorat banklariga sotish yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri balansiga berishning 3 ta mexanizmi ko‘zda tutilgan: 1) bankrot korxona kreditorlik qarzi tarkibining 70%i va undan ortiq qismini bank kreditlari tashkil etsa, u holda korxonani tijorat banklari balansiga berish; 2) bankrot korxonani auksion savdolari orqali eng yuqori narxni taklif qilgan va tegishli majburiyatni o‘z zimmasiga olgan tijorat banklariga sotish;
3) bankrot korxonanitanlov savdolari orqali tijorat banklariga «nol» qiymatda investitsion majburiyat sharti bilan sotish. Ushbu tadbirlar mamlakatimizdagi bankrot korxonalarni tarkibiy qayta tuzish hamda yangi xo‘jalik faoliyatini yo‘lga qo‘yish jarayonlarini sezilarli darajada tezlashtirdi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 19 noyabrdagi 4010-sonli «Iqtisodiy nochor korxonalarni tijorat banklariga sotish tartibini tasdiqlash to‘g‘risida»gi Farmoyishi bilan iqtisodiy nochor korxonalarning moliyaviy qobiliyatini tiklash bo‘yicha bir qator imtiyozlar (ko‘maklar) berilgan. UshbuFarmoyishga ko‘ra bankrot korxonalar negizida yangi tashkil etilgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar:
qo‘shimcha qiymat solig‘idanozod qilindi; uch yil davomida foyda solig‘i, yagona soliq to‘lovi, mulk solig‘i va yer soliqlarinito‘lashdan ozod qilindi; boshqaruv kompaniyalarga berilganda foyda solig‘i va yagona soliq to‘lovidan ikki yil davomida ozod qilindi. Buning natijasida sobiq bankrot hisoblangan, endilikda tarkibiy qayta tuzish orqali faoliyatini yangilagan korxonalarning faoliyat ko‘rsatkichlarida sezilarli o‘zgarishlar ro‘y berdi. Shuningdek, yuqorida qayd etilgan me’yoriy hujjatlar orqali tijorat banklariga ham muayyan imkoniyatlar berilgan, jumladan:
bankrot korxona negizida ustav jamg‘armasi 100%gacha bo‘lgan yangi korxona tashkil etish; bankrot korxonaning tugatilishi munosabati bilan unga avval berilgan, qoplanmagan kreditini, shu jumladan Hukumat kafolati bilan berilgan kredit summasini bank kengashining qarori bilan hisobdan chiqarish;
bankrot korxonauchun malakali boshqaruv kompaniyasini tuzish va jalb qilish; bankrot korxonani tugatish bahosida sotib olib, uning faoliyatini tiklab, qaytadan bozor bahosida sotish va h.k. Ayni paytda mazkur jarayonning samaradorligi va ta’sirchanligini ta’minlash maqsadida tijorat banklariga bir qator majburiyatlar yuklangan,jumladan:
tijorat banklari balansiga o‘tkazilgan bankrot korxonalarni tiklash, texnik va texnologik modernizatsiya qilish va ishlab chiqarishni qayta qurollantirish, zarur bo‘lganda korxonani to‘liq restrukturizatsiya qilish orqali faoliyat yo‘nalishini o‘zgartirish, strategik hamkorlar va investorlarni jalb qilishni nazarda tutuvchi biznes-rejalarni ishlab chiqish;
yollangan har bir korxona boshqaruvchisi ishlab chiqarishda kutilgan natijalarga erishishi orqali ishlab chiqarishlarga zamonaviy va yuqori malakali boshqaruvchilarni jalb qilish ishlarini olib borishi; banklar tasarrufiga berilgan bankrot korxonalari kelgusi faoliyati ustidan Iqtisodiy nochor korxonalarni tijorat banklariga sotish bo‘yicha Respublika komissiyasida hisobot berishlari yo‘lga qo‘yilgan. Past rentabelli va iqtisodiy nochor korxonalarni tugatish va bu jarayonga tijorat banklarini jalb qilish borasida belgilangan tadbirlar korxonalarning moliyaviy barqarorligini oshirishda muhim rol o‘ynadi. Prezidentimiz ma’ruzasida ta’kidlanishicha, 2010 yilda mamlakatimiz 147 tasi tijorat banklari balansiga o‘tkazildi. Bugungi kunda tijorat banklari balansiga o‘tkazilgan 140ta iqtisodiy nochor korxonada ishlab chiqarish to‘liq qayta tiklanib, istiqbolli sarmoyadorlarga sotildi, qolganlarida moliyaviy sog‘lomlashtirish ishlari olib borilmoqda. Bu borada ko‘rilgan chora-tadbirlar mamlakatimiz iqtisodiyotini ortiqcha yukdan xalos qilish, budjet va ish haqi bo‘yicha umumiy miqdori 1 trillion so‘m kreditorlik qarzini uzish, bankrot korxonalar negizida 100 dan ortiq yangi turdagi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, qo‘shimcha ravishda 17 mingdan ortiq ish o‘rni yaratish imkonini berdi. Bundan ko‘rinadiki, mamlakatimizda iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo‘llab-quvvatlash choralarining izchil amalga oshirilishi barqaror va mutanosib o‘sish sur’atlarini ta’minlash uchun yetarli shart-sharoit yaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga asosan, korxona bu - huquqiy shaxs maqomiga yega, mustaql ravishda xo‘jalik faoliyati yurituvchi sub’ekt bo‘lib, o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulkidan foydalanish asosida iste’molchilar (xaridorlar) talabini qondirish va daromad (foyda) olish maqsadida mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqaradi va sotadi yoki ayirboshlaydi. Davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirish bo‘yicha ustuvor vazifalarni amalga oshirish uchun 2015−2016-yillarda davlat mulkini xususiylashtirish dasturini shakllantirish yakunlandi. Ushbu Dastur quyidagilarni nazarda tutadi: -to‘la quvvat bilan ishlamayotgan 660 tadan ko‘proq davlat korxonasini tugatish va ochiq savdo orqali yangi xususiy mulkdorlar tasarrufiga o‘tkazish; -strategik ahamiyatga ega bo‘lmagan 360 ta korxonadagi davlat ulushini to‘liq ravishda sotish; -foydalanilmayotgan 400 tadan ortiq davlat mulki obektini “nol” qiymati bo’yicha sotish. Bu, o‘z navbatida, qisqa muddatlarda strategik xorijiy investorlar va zamonaviy texnologiyalarni jalb etish imkonini beradi; -xususiy investorlarga 450 milliard so‘mlik qo‘shimcha aksiyalarni fond bozorida sotish orqali ishlab turgan 203 ta korxonadagi davlat ulushini 51 foizgacha qisqartirish. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan Dasturni amalga oshirish natijasida davlat mulki bo‘lgan qariyb 1000 ta obekt ochiq savdolarda sotiladi, ustav kapitalida davlat ulu shi bo‘lgan korxonalar soni esa 534 tadan 147 tagacha, ya’ni 3,6 barobarga kamayadi. O‘zbekistonda 2016 yilda yangi ro‘yxatga olingan korxonalar va tashkilotlar soni 83836 tani tashkil etdi. 2-rasm.2016-yilda Hududlar kesimida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni Yuqoridagi asmdan ko‘rishimiz mukinki hududlar kesimida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlarning 7744 tasi Toshkent shahri, 11193 tasi Samarqand, 10879 tasi Toshkent, 8120 tasi Qashqadaryo, 7384 tasi Andijon, 6668 tasi Farg‘ona, 5720 tasi Surxondaryo, 5610 tasi Jizzax, 4539 tasi Buxoro, 4342 tasi Namangan, 4147 tasi Xorazm, 2370 tasi Sirdaryo, 2278 tasi Navoiy viloyatlari va 2842 tasi Qoraqalpog‘iston Respublikasiga to‘g‘ri keladi. 22 5-rasmda Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida yangi tashkil etilgan korxonalar va tashkilotlarning 54445 tasi qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi, 9661 tasi sanoat va qurilish, 8549 tasi savdo, 2840 tasi yashash va ovqatlanish xizmatlari, 1666 tasi tashish va saqlash hamda 6675 tasi boshqa faoliyat turlarida tashkil etilganini o‘rishimiz mumkin. 3-rasm.2016-yilda Iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha yangi tashkil etilgan korxonalar va tashkilotlar soni 2017 yil 1 yanvar holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar va tashkilotlarning (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) umumiy soni 268,4 mingtani tashkil etib, shundan 218,2 mingtasi kichik tadbirkorlik sub`ektlari hisoblanadi. Oʻzbekistonda 2016 yilda yangi tashkil qilingan korxonalar soni boʻyicha qishloq xoʻjaligi sohasi sanoat, qurilish va savdo sohalaridan oʻzib ketdi. Sanoat va qurilish sohasida – 9661 ta, Savdo sohasida – 8549 ta, yashash va ovqatlanish xizmatlari sohasida – 2840ta, transport va saqlash xizmatlari sohasida – 1666 ta, boshqa faoliyatlar turlari boʻyicha – 6675 ta yangi korxona va tashkilotlar yaratilgan.Fermer va dehqon xoʻjaliklarini hisobga olmaganda, 2017 yil 1 yanvar holatiga qishloq xoʻjaligida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar va tashkilotlarning umumiy soni 268,4 mingtani tashkil qildi. Ulardan 218,2 mingtasi kichik tadbirkorlik subʼektlaridir.24 “O‘zstandart” agentligi: 2017 yilda 4,5 mingta korxonada sifat menejmenti tizimlari joriy etiladi. “O‘zstandart” agentligi tomonidan Respublikamizdagi ishlab chiqarish korxonalarida xalqaro standartlarga muvofiq sifat menejmenti tizimini joriy etish masalasiga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Ushbu korxonalarning 351 tasi Toshkent shahriga, 48 tasi Toshkent, 19 tasi Samarqand, 18 tasi Andijon, 14 tasi Farg‘ona, 9 tasi Buxoro, 9 tasi Sirdaryo, 7 tasi Surxondaryo, 5 tasi Xorazm viloyatlariga va 10 tasi Qoraqalpog‘iston Respublikasiga to‘g‘ri kelganini ko‘rishimiz mumkin. 4-rasm.2016-yilda chet el kapitali ishtirokidagi yangi korxonalar soni. Buning uchun birinchi navbatda korxonalarning eksport imkoniyatini oshirish maqsadida ISO 9001 xalqaro standarti talablari asosida sifat menejmenti tizimini joriy etish bo‘yicha ishlar ko‘lamini kengaytirish talab etiladi. Natijada O‘zbekistoning eksport salohiyati oshishiga, sifatli, raqobatbardosh va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi ko‘payishiga zamin yaratadi. O‘tgan 2016 yilda 1 954 ta korxonlarda sifat menejmenti tizimi joriy etilgan bo‘lsada, ularning soni 4 181 tani yoki sanoat korxonalarining 9 foizini tashkil etgan. Shuning uchun joriy yilda 4,5 mingta korxonada, shundan 1 700 tasi eksporter korxona bo‘yicha aniq ish rejalari hokimliklar, tarmoqlar va korxonalar bilan tasdiqlab olindi. Birgina yanvar oyida 150 ta korxonada xalqaro ISO 9001 standarti talablari asosida sifat menejmenti joriy etildi. Birinchi yarim yillikda esa 800 ta korxonada joriy etilishi rejalashtirildi. Davlat statistika qo‘mitasi axborot xizmati xabariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida 2016 yilda chet el kapitali ishtirokida 503 ta yangi korxonalar ro‘yxatga olindi. 5-rasm.2016-yilda chet el rezidentlari kapitali ishtirokidagi ro’yxatga olingan yangi korxonalar soni. Ro‘yxatga olingan yangi korxonalarning 102 tasi Rossiya Federatsiyasi, 95 tasi Xitoy Xalq Respublikasi, 55 tasi Koreya Respublikasi, 35 tasi Buyuk Britaniya, 33 tasi Qozog‘iston Respublikasi, 31 tasi Turkiya Respublikasi, 21 tasi Hindiston Respublikasi, 14 tasi Eron Islom Respublikasi va 10 tasi Ozarbayjon Respublikasi rezidentlari kapitali ishtirokida tashkil etilganini ko‘rdik. XULOSA Mamlakatimiz taraqqiyotining ijtimoiy yo‘naltirilgan bozori iqtisodiyoti yo‘lining tanlanishi xo‘jalik yuritish shakllarining xilma-xilligi hamda tadbirkorlik faoliyatini kuchayishini taqozo etadi. Bu xol respublikamizda ishlab chiqarish va noishlab chiqarish, sanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalari faoliyatining shakllanishi, xo‘jalik yuritishi va ishlab chikarishni tashkil etishning turli – tuman yangi shakllarini tashkil topishiga va o‘z faoliyatini yuksaltirib borishiga olib kelmokda. Bugungi ishlab chiqarish va noishlabchiqarish korxonalarining kundagi eng asosiy muammolardan biri ishlab chiqarish va rejalashtirish bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etishni orqali ishlab chiqrish samaradorligini oshirishdan iborat. O‘zbekiston iqtisodiy tizimi transformatsiyasi raqobatchilik muhitida bozorning mutanosib talablariga ko‘ra tub iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va xo‘jalik yuritishning yangi ishtirokchilarining (sub’ektlarining) shakllanishiga sabab bo‘ldi. Ular faoliyatini samarali tashkil etish bugungi kuning eng dolzarb iqtisodiy masalalaridan biri milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalash jarayonini jadallashuviga xizmat qiladi. Bu boradagi vazifalarni hal etishda, mavjud ishlab chiqarish sub’ektlarini xususiylashtirish va qayta tashkil etish, shuningdek, nodavlat va yuridik tashkilotlar ulushlari ishtirok etgan kichik va o‘rta firmalarni kiritish lozim. O‘zbekistonda korxonalar faoliyatini shakllanishi va rivojlanishi ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotining milliy modeli xususiyatlari, xalqimizning o‘ziga xos an’analari, iqtisodiy ko‘nikmalari bilan ham ifodalanadiki, qator ilmiy tadqiqotlarda bu narsa ahamiyatdan chetda qolgani holda, muammo boshqa davlatlar tajribasiga asoslangan ravishda hal etiladi. Bu esa kelajakda korxonalar foydasini shakllanishi va uning taqsimlanishi bilan bog‘liq mummolarni bartaraf etishni taqozo etadi. Shunday ekan, ushbu ishda yuqoridagi masalarga xususiy va umumiy yondashgan tarzda, fikr va mulohazalar keltirilgan va ilgari surilgan.
Zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida Respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosat erkin bozor, pul munosabatlariga asoslangan, iqtisodiy tizim va huquqiy demokratik davlat barpo etishga qaratilgan. Bunday maqsadni amalga oshirishda albatta, korxonalar foydasini taqsimlash bilan bog‘liq munosabatlarni rejalashtirish va boshqaruv tizimida tig‘izliklar yuzaga kelishi, bunday tig‘izlikni bartaraf etishda mavjud usullar bilan birga yangi va zamonaviy rejalashtirish tizimini shakllantirish maqsadga muvofiq. .Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T.: O‘zbekiston, 2010 y. 2011-2015 yillarda O‘zbekiston Respublikasi sanoatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 15.12.2010 yildagi PQ-1442 sonli Qarori. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2014 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi.T.: O‘zbekiston, 2010. Karimov I.A. Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish – mamlakatimiz taraqqiyotining aossiy mezonidir. –T.: O‘zbekiston, 2011. Xodiev B.Yu., Qosimova M.S., Samadov A.N., Muxiddinova U.S. Kichik biznesni boshqarish. –T.: “O‘qituvchi”, 2003. Abdullaev Yo., Karimov F. Kichik biznes va tadbirkorlik asoslari.-T.: Mehnat, 2000. Osnovы biznesa. Uchebnik. –M.: Market Ds, 2007. K.S. Xamdamov. Mikroiqtisod. -T.: TDIU, 2001. E. Egamberdiev, X. Xo‘jaqulov Kichik biznes va tadbirkorlik. T., Ma’naviyat, 2009. Slavin M.B. Sistemnuy podxod v mikroekonimike. - M.: TEIS, 2001. N. I. Bazulev, S. P. Gurko, M. N. Bazuleva, A. K. Korolchuk, M. G. Mutalimov, L. N. Novikova. Mikroekonomika. Izdatelstvo: BGEU 2000 ISBN: 985-426-183-2. Internet saytlari: www.imce.ru www.stat.uz www.mf.uz 11 Ўзбекистон Республикаси Президенти Ислом Каримовнинг мамлакатимизни 2014 йилда ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш якунлари ва 2015 йилга мўлжалланган иқтисодий дастурнинг энг муҳим устувор йўналишларига бағишланган Вазирлар Маҳкамасининг мажлисидаги маърузаси. 11 Макроиқтисодиёт ва статистика вазирлиги статистика департаменти маълумотларидан олинган. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling