Mavzu;Korxonalar foydasi va uning taqsimlanish hisobi Mundarija: Kirish Asosiy qism


yilda O‘zbekistonda iqtisodiyot komplekslari bo‘yicha ishlab


Download 0.77 Mb.
bet13/13
Sana09.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#257478
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Korxonalar foydasi va uning taqsimlanish hisobi

2014 yilda O‘zbekistonda iqtisodiyot komplekslari bo‘yicha ishlab

chiqarilgan mahsulotlar tannarxini pasaytirish bo‘yicha erishilgan natijalar.

Korxonalarni bankrot deb e’lon qilish hamda moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tarkibiy o‘zgartirish orqali qayta tuzish bu boradagi eng to‘g‘ri va samarali yechim hisoblanadi. Shunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 18 noyabrdagi 4053-sonli «Iqtisodiyot real sektori korxonalarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonida ko‘zda tutilgan iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish, modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilash jarayoniga tijorat banklarining mablag‘larini kengroq jalb qilishni yo‘lga qo‘yish tadbirlari muhim hisoblanadi.Qarorda Respublika Komissiyasining qarori asosida bankrot korxonalarni tijorat banklariga sotish yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri balansiga berishning 3 ta mexanizmi ko‘zda tutilgan:

1) bankrot korxona kreditorlik qarzi tarkibining 70%i va undan ortiq

qismini bank kreditlari tashkil etsa, u holda korxonani tijorat banklari

balansiga berish;

2) bankrot korxonani auksion savdolari orqali eng yuqori narxni taklif

qilgan va tegishli majburiyatni o‘z zimmasiga olgan tijorat banklariga

sotish;


3) bankrot korxonanitanlov savdolari orqali tijorat banklariga «nol»

qiymatda investitsion majburiyat sharti bilan sotish.

Ushbu tadbirlar mamlakatimizdagi bankrot korxonalarni tarkibiy qayta tuzish hamda yangi xo‘jalik faoliyatini yo‘lga qo‘yish jarayonlarini sezilarli darajada tezlashtirdi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 19 noyabrdagi 4010-sonli «Iqtisodiy nochor korxonalarni tijorat banklariga sotish tartibini tasdiqlash to‘g‘risida»gi Farmoyishi bilan iqtisodiy nochor korxonalarning moliyaviy qobiliyatini tiklash bo‘yicha bir qator imtiyozlar (ko‘maklar) berilgan. UshbuFarmoyishga ko‘ra bankrot korxonalar negizida yangi tashkil etilgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar:


  • qo‘shimcha qiymat solig‘idanozod qilindi;

  • uch yil davomida foyda solig‘i, yagona soliq to‘lovi, mulk solig‘i va yer

soliqlarinito‘lashdan ozod qilindi;

  • boshqaruv kompaniyalarga berilganda foyda solig‘i va yagona soliq

to‘lovidan ikki yil davomida ozod qilindi. Buning natijasida sobiq bankrot hisoblangan, endilikda tarkibiy qayta tuzish orqali faoliyatini yangilagan korxonalarning faoliyat ko‘rsatkichlarida sezilarli o‘zgarishlar ro‘y berdi.

Shuningdek, yuqorida qayd etilgan me’yoriy hujjatlar orqali tijorat

banklariga ham muayyan imkoniyatlar berilgan, jumladan:


  • bankrot korxona negizida ustav jamg‘armasi 100%gacha bo‘lgan yangi

korxona tashkil etish;

berilgan,

qoplanmagan kreditini, shu jumladan Hukumat kafolati bilan berilgan

kredit summasini bank kengashining qarori bilan hisobdan chiqarish;


  • bankrot korxonauchun malakali boshqaruv kompaniyasini tuzish va jalb

qilish;

  • bankrot korxonani tugatish bahosida sotib olib, uning faoliyatini

tiklab, qaytadan bozor bahosida sotish va h.k.

Ayni paytda mazkur jarayonning samaradorligi va ta’sirchanligini

ta’minlash maqsadida tijorat banklariga bir qator majburiyatlar yuklangan,jumladan:


  • tijorat banklari balansiga o‘tkazilgan bankrot korxonalarni tiklash,

texnik va texnologik modernizatsiya qilish va ishlab chiqarishni qayta

qurollantirish, zarur bo‘lganda korxonani to‘liq restrukturizatsiya qilish

orqali faoliyat yo‘nalishini o‘zgartirish, strategik hamkorlar va

investorlarni jalb qilishni nazarda tutuvchi biznes-rejalarni ishlab

chiqish;


  • yollangan har bir korxona boshqaruvchisi ishlab chiqarishda kutilgan

natijalarga erishishi orqali ishlab chiqarishlarga zamonaviy va yuqori

malakali boshqaruvchilarni jalb qilish ishlarini olib borishi;



  • banklar tasarrufiga berilgan bankrot korxonalari kelgusi faoliyati

ustidan Iqtisodiy nochor korxonalarni tijorat banklariga sotish bo‘yicha

Respublika komissiyasida hisobot berishlari yo‘lga qo‘yilgan.

Past rentabelli va iqtisodiy nochor korxonalarni tugatish va bu

jarayonga tijorat banklarini jalb qilish borasida belgilangan tadbirlar

korxonalarning moliyaviy barqarorligini oshirishda muhim rol o‘ynadi.

Prezidentimiz ma’ruzasida ta’kidlanishicha, 2010 yilda mamlakatimiz

147 tasi tijorat banklari balansiga o‘tkazildi.

Bugungi kunda tijorat banklari balansiga o‘tkazilgan 140ta iqtisodiy nochor korxonada ishlab chiqarish to‘liq qayta tiklanib, istiqbolli sarmoyadorlarga sotildi, qolganlarida moliyaviy sog‘lomlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Bu borada ko‘rilgan chora-tadbirlar mamlakatimiz iqtisodiyotini ortiqcha yukdan xalos qilish, budjet va ish haqi bo‘yicha umumiy miqdori 1 trillion so‘m kreditorlik qarzini uzish, bankrot korxonalar negizida 100 dan ortiq yangi turdagi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, qo‘shimcha ravishda 17 mingdan ortiq ish o‘rni yaratish imkonini berdi. Bundan ko‘rinadiki, mamlakatimizda iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo‘llab-quvvatlash choralarining izchil amalga oshirilishi barqaror va mutanosib o‘sish sur’atlarini ta’minlash uchun yetarli shart-sharoit yaratilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga asosan, korxona bu - huquqiy


shaxs maqomiga yega, mustaql ravishda xo‘jalik faoliyati yurituvchi sub’ekt
bo‘lib, o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulkidan foydalanish asosida iste’molchilar
(xaridorlar) talabini qondirish va daromad (foyda) olish maqsadida mahsulot (ish,
xizmat) ishlab chiqaradi va sotadi yoki ayirboshlaydi.
Davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirish bo‘yicha ustuvor
vazifalarni amalga oshirish uchun 2015−2016-yillarda davlat mulkini
xususiylashtirish dasturini shakllantirish yakunlandi. Ushbu Dastur quyidagilarni
nazarda tutadi:

-to‘la quvvat bilan ishlamayotgan 660 tadan ko‘proq davlat korxonasini tugatish va


ochiq savdo orqali yangi xususiy mulkdorlar tasarrufiga o‘tkazish;
-strategik ahamiyatga ega bo‘lmagan 360 ta korxonadagi davlat ulushini to‘liq
ravishda sotish;
-foydalanilmayotgan 400 tadan ortiq davlat mulki obektini “nol” qiymati bo’yicha
sotish. Bu, o‘z navbatida, qisqa muddatlarda strategik xorijiy investorlar va
zamonaviy texnologiyalarni jalb etish imkonini beradi;
-xususiy investorlarga 450 milliard so‘mlik qo‘shimcha aksiyalarni fond bozorida
sotish orqali ishlab turgan 203 ta korxonadagi davlat ulushini 51 foizgacha
qisqartirish.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan Dasturni amalga oshirish natijasida davlat mulki
bo‘lgan qariyb 1000 ta obekt ochiq savdolarda sotiladi, ustav kapitalida davlat ulu
shi bo‘lgan korxonalar soni esa 534 tadan 147 tagacha, ya’ni 3,6 barobarga
kamayadi. O‘zbekistonda 2016 yilda yangi ro‘yxatga olingan korxonalar va
tashkilotlar soni 83836 tani tashkil etdi.

2-rasm.2016-yilda Hududlar kesimida yangi tashkil etilgan korxona va


tashkilotlar soni

Yuqoridagi asmdan ko‘rishimiz mukinki hududlar kesimida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlarning 7744 tasi Toshkent shahri, 11193 tasi Samarqand, 10879 tasi Toshkent, 8120 tasi Qashqadaryo, 7384 tasi Andijon, 6668 tasi Farg‘ona, 5720 tasi Surxondaryo, 5610 tasi Jizzax, 4539 tasi Buxoro, 4342 tasi


Namangan, 4147 tasi Xorazm, 2370 tasi Sirdaryo, 2278 tasi Navoiy viloyatlari va
2842 tasi Qoraqalpog‘iston Respublikasiga to‘g‘ri keladi. 22 5-rasmda Iqtisodiy
faoliyat turlari kesimida yangi tashkil etilgan korxonalar va tashkilotlarning 54445
tasi qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi, 9661 tasi sanoat va qurilish, 8549 tasi
savdo, 2840 tasi yashash va ovqatlanish xizmatlari, 1666 tasi tashish va saqlash
hamda 6675 tasi boshqa faoliyat turlarida tashkil etilganini o‘rishimiz mumkin.

3-rasm.2016-yilda Iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha yangi tashkil etilgan korxonalar va tashkilotlar soni


2017 yil 1 yanvar holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar va
tashkilotlarning (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) umumiy soni 268,4 mingtani
tashkil etib, shundan 218,2 mingtasi kichik tadbirkorlik sub`ektlari hisoblanadi.
Oʻzbekistonda 2016 yilda yangi tashkil qilingan korxonalar soni boʻyicha
qishloq xoʻjaligi sohasi sanoat, qurilish va savdo sohalaridan oʻzib ketdi.
Sanoat va qurilish sohasida – 9661 ta, Savdo sohasida – 8549 ta, yashash va
ovqatlanish xizmatlari sohasida – 2840ta, transport va saqlash xizmatlari sohasida
– 1666 ta, boshqa faoliyatlar turlari boʻyicha – 6675 ta yangi korxona va
tashkilotlar yaratilgan.Fermer va dehqon xoʻjaliklarini hisobga olmaganda, 2017
yil 1 yanvar holatiga qishloq xoʻjaligida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar va
tashkilotlarning umumiy soni 268,4 mingtani tashkil qildi. Ulardan 218,2 mingtasi
kichik tadbirkorlik subʼektlaridir.24
“O‘zstandart” agentligi: 2017 yilda 4,5 mingta korxonada sifat menejmenti
tizimlari joriy etiladi. “O‘zstandart” agentligi tomonidan Respublikamizdagi ishlab
chiqarish korxonalarida xalqaro standartlarga muvofiq sifat menejmenti tizimini
joriy etish masalasiga jiddiy e’tibor qaratilmoqda.
Ushbu korxonalarning 351 tasi Toshkent shahriga, 48 tasi Toshkent, 19 tasi Samarqand, 18 tasi Andijon, 14 tasi Farg‘ona, 9 tasi Buxoro, 9 tasi
Sirdaryo, 7 tasi Surxondaryo, 5 tasi Xorazm viloyatlariga va 10 tasi
Qoraqalpog‘iston Respublikasiga to‘g‘ri kelganini ko‘rishimiz mumkin.

4-rasm.2016-yilda chet el kapitali ishtirokidagi yangi korxonalar soni.


Buning uchun birinchi navbatda korxonalarning eksport imkoniyatini
oshirish maqsadida ISO 9001 xalqaro standarti talablari asosida sifat menejmenti
tizimini joriy etish bo‘yicha ishlar ko‘lamini kengaytirish talab etiladi.
Natijada O‘zbekistoning eksport salohiyati oshishiga, sifatli, raqobatbardosh
va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi ko‘payishiga zamin yaratadi.
O‘tgan 2016 yilda 1 954 ta korxonlarda sifat menejmenti tizimi joriy etilgan
bo‘lsada, ularning soni 4 181 tani yoki sanoat korxonalarining 9 foizini tashkil
etgan.
Shuning uchun joriy yilda 4,5 mingta korxonada, shundan 1 700 tasi
eksporter korxona bo‘yicha aniq ish rejalari hokimliklar, tarmoqlar va korxonalar
bilan tasdiqlab olindi.
Birgina yanvar oyida 150 ta korxonada xalqaro ISO 9001 standarti talablari
asosida sifat menejmenti joriy etildi. Birinchi yarim yillikda esa 800 ta korxonada
joriy etilishi rejalashtirildi.
Davlat statistika qo‘mitasi axborot xizmati xabariga ko‘ra, O‘zbekiston
Respublikasida 2016 yilda chet el kapitali ishtirokida 503 ta yangi korxonalar
ro‘yxatga olindi.

5-rasm.2016-yilda chet el rezidentlari kapitali ishtirokidagi ro’yxatga olingan


yangi korxonalar soni.
Ro‘yxatga olingan yangi korxonalarning 102 tasi Rossiya
Federatsiyasi, 95 tasi Xitoy Xalq Respublikasi, 55 tasi Koreya Respublikasi, 35
tasi Buyuk Britaniya, 33 tasi Qozog‘iston Respublikasi, 31 tasi Turkiya
Respublikasi, 21 tasi Hindiston Respublikasi, 14 tasi Eron Islom Respublikasi va
10 tasi Ozarbayjon Respublikasi rezidentlari kapitali ishtirokida tashkil etilganini
ko‘rdik.

XULOSA
Mamlakatimiz taraqqiyotining ijtimoiy yo‘naltirilgan bozori iqtisodiyoti yo‘lining tanlanishi xo‘jalik yuritish shakllarining xilma-xilligi hamda tadbirkorlik faoliyatini kuchayishini taqozo etadi. Bu xol respublikamizda ishlab chiqarish va noishlab chiqarish, sanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalari faoliyatining shakllanishi, xo‘jalik yuritishi va ishlab chikarishni tashkil etishning turli – tuman yangi shakllarini tashkil topishiga va o‘z faoliyatini yuksaltirib borishiga olib kelmokda. Bugungi ishlab chiqarish va noishlabchiqarish korxonalarining kundagi eng asosiy muammolardan biri ishlab chiqarish va rejalashtirish bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etishni orqali ishlab chiqrish samaradorligini oshirishdan iborat.

O‘zbekiston iqtisodiy tizimi transformatsiyasi raqobatchilik muhitida bozorning mutanosib talablariga ko‘ra tub iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va xo‘jalik yuritishning yangi ishtirokchilarining (sub’ektlarining) shakllanishiga sabab bo‘ldi. Ular faoliyatini samarali tashkil etish bugungi kuning eng dolzarb iqtisodiy masalalaridan biri milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalash jarayonini jadallashuviga xizmat qiladi. Bu boradagi vazifalarni hal etishda, mavjud ishlab chiqarish sub’ektlarini xususiylashtirish va qayta tashkil etish, shuningdek, nodavlat va yuridik tashkilotlar ulushlari ishtirok etgan kichik va o‘rta firmalarni kiritish lozim.

O‘zbekistonda korxonalar faoliyatini shakllanishi va rivojlanishi ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotining milliy modeli xususiyatlari, xalqimizning o‘ziga xos an’analari, iqtisodiy ko‘nikmalari bilan ham ifodalanadiki, qator ilmiy tadqiqotlarda bu narsa ahamiyatdan chetda qolgani holda, muammo boshqa davlatlar tajribasiga asoslangan ravishda hal etiladi. Bu esa kelajakda korxonalar foydasini shakllanishi va uning taqsimlanishi bilan bog‘liq mummolarni bartaraf etishni taqozo etadi. Shunday ekan, ushbu ishda yuqoridagi masalarga xususiy va umumiy yondashgan tarzda, fikr va mulohazalar keltirilgan va ilgari surilgan.
Ma’lumki, deyarli hamma holllarda natijaning nechog‘lik samara berishi ko‘p jihatdan ushbu korxonada rejalashtirish hamda uning tashkil etilish shakliga chambarchas bog‘liq bo‘ladi.

Zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida Respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosat erkin bozor, pul munosabatlariga asoslangan, iqtisodiy tizim va huquqiy demokratik davlat barpo etishga qaratilgan. Bunday maqsadni amalga oshirishda albatta, korxonalar foydasini taqsimlash bilan bog‘liq munosabatlarni rejalashtirish va boshqaruv tizimida tig‘izliklar yuzaga kelishi, bunday tig‘izlikni bartaraf etishda mavjud usullar bilan birga yangi va zamonaviy rejalashtirish tizimini shakllantirish maqsadga muvofiq.

.Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati


  1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T.: O‘zbekiston, 2010 y.

  2. 2011-2015 yillarda O‘zbekiston Respublikasi sanoatini

rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida. O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining 15.12.2010 yildagi PQ-1442 sonli Qarori.



  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2014 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi.

  2. Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi.T.: O‘zbekiston, 2010.

  3. Karimov I.A. Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish – mamlakatimiz taraqqiyotining aossiy mezonidir. –T.: O‘zbekiston, 2011.

  4. Xodiev B.Yu., Qosimova M.S., Samadov A.N., Muxiddinova U.S. Kichik biznesni boshqarish. –T.: “O‘qituvchi”, 2003.

  5. Abdullaev Yo., Karimov F. Kichik biznes va tadbirkorlik asoslari.-T.: Mehnat, 2000.

  6. Osnovы biznesa. Uchebnik. –M.: Market Ds, 2007.

  7. K.S. Xamdamov. Mikroiqtisod. -T.: TDIU, 2001.

  8. E. Egamberdiev, X. Xo‘jaqulov Kichik biznes va tadbirkorlik. T., Ma’naviyat, 2009.

  9. Slavin M.B. Sistemnuy podxod v mikroekonimike. - M.: TEIS, 2001.

  10. N. I. Bazulev, S. P. Gurko, M. N. Bazuleva, A. K. Korolchuk, M. G.

  11. Mutalimov, L. N. Novikova. Mikroekonomika. Izdatelstvo: BGEU 2000 ISBN: 985-426-183-2.


Internet saytlari:

www.imce.ru

www.stat.uz

www.mf.uz



11 Ўзбекистон Республикаси Президенти Ислом Каримовнинг мамлакатимизни 2014 йилда ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш якунлари ва 2015 йилга мўлжалланган иқтисодий дастурнинг энг муҳим устувор йўналишларига бағишланган Вазирлар Маҳкамасининг мажлисидаги маърузаси.


11 Макроиқтисодиёт ва статистика вазирлиги статистика департаменти маълумотларидан олинган.


Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling