Mavzu;Korxonalar foydasi va uning taqsimlanish hisobi Mundarija: Kirish Asosiy qism


-rasm. Iqtisodiyot real sektori korxonalarini qo‘llab-quvvatlashning asosiy yo‘nalishlari


Download 0.77 Mb.
bet11/13
Sana09.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#257478
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Korxonalar foydasi va uning taqsimlanish hisobi

4-rasm. Iqtisodiyot real sektori korxonalarini qo‘llab-quvvatlashning asosiy yo‘nalishlari.

Ayniqsa, real sektor korxonalarini qo‘llab-quvvatlashda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, kooperatsiya aloqalarini kengaytirish, mustahkam hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga ichki talabni rag‘batlantirish masalalari alohida o‘rin tutdi.

Iqtisodiyotning real sektori – iqtisodiyotning bevosita moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq soha bo‘lib, u o‘z ichiga sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish, transport, aloqa tarmoqlarini oladi.

Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash – ishlab chiqarishni zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash, uni ma’naviy jihatdan yangilash, tarkibiy

jihatdan texnik va texnologik qayta tuzish kabi chora-tadbirlarni o‘z ichiga

oluvchi jarayon. Ishlab chiqarishni modernizatsiyalashning asosiy yo‘nalish va

vositalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: korxonalardan eskirgan asbob-

uskunalarni chiqarish; ishlab chiqarishni zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlash; mahalliy resurslar asosida ishlab chiqarishga innovatsion texnologiyalarni joriy etish; ishlab chiqarilayotgan mahsulot assortimentini kengaytirish; ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish va resurslarni tejash; sifatni boshqarish va sertifikatlash tizimini joriy etish; chiqitsiz va ekologik toza texnologiyalarni joriy etish va boshqalar.

Bugungi kunda respublikamiz iqtisodiyotining deyarli barcha tarmoq va

sohalarida ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik

jihatdan qayta jihozlash tadbirlarining keng ko‘lamda amalga oshirilishi

raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirmoqda.

Biroq, bu boradagi jiddiy muammo – mahsulotlarimiz tannarxining yuqori

darajada qolayotganligi ularning raqobatdoshligiga salbiy ta’sir

ko‘rsatmoqda. Shunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo‘llab-quvvatlash, ularni barqaror ishlashini ta’minlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida»gi (2008 yil 28 noyabr) 4058-sonli Farmonida muhim chora-tadbirlar qatorida mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarning barcha resurslardan samarali foydalanishi hisobiga mahsulot tannarxini 20 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda pasaytirish orqali ularning raqobatdoshligini ta’minlash vazifasi ham belgilab berilgan edi.

Ushbu vazifani amalga oshirish doirasida mamlakatimiz korxonalarida tannarxni pasaytirishning asosiy yo‘nalishlari sifatida quyidagilarga alohida e’tibor qaratildi (5-rasm):






Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling