Mavzu;Korxonalar foydasi va uning taqsimlanish hisobi Mundarija: Kirish Asosiy qism


Download 0.77 Mb.
bet8/13
Sana09.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#257478
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Korxonalar foydasi va uning taqsimlanish hisobi

Korxona foydasining mutloq miqdori uning massasini tashkil qiladi. Foyda massasining ishlab chiqarish xarajatlariga nisbati va uning foizda ifodalanishi foyda normasi deyiladi.

Amaliyotda foyda normasini hisoblashning ikki variantidan foydalaniladi. Bular foydaning joriy sarflarga-korxona xarajatlariga yoki avanslangan mablag‘larga (asosiy va aylanma kapital) nisbatidir.

Bular quyidagicha aniqlanadi:

1. R'=(P/W)*100

bu yerda: R' – foyda normasi; P – foyda massasi; W – iqtisodiy yoki ishlab chiqarish xarajatlari;
2. R'=(P/Kavans)*100

bu yerda: R' –foyda normasi; P –foyda massasi; Kavans (Asosiy kapital+Aylanma kapital) –korxona avanslangan mablag‘lari yoki asosiy va aylanma kapitalning o‘rtacha yillik qiymati.

Foyda normasi ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmiga to‘g‘ri mutanosib hamda foydalanilgan avanslangan mablag‘lar qiymatiga teskari mutanosibdir. Shu tufayli foyda normasi korxona ish samaradorligini integral ko‘rsatkichi hisoblanadi.



Foydaning o‘sishiga, chiqarilayotgan mahsulot umumiy hajmi o‘zgarmagan holda ikki yo‘l bilan: yoki ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish hisobiga, yoki bahoni oshirish hisobiga erishish mumkin. Bahoning o‘sishi ba’zi iqtisodchilarning foyda normasi ko‘rsatgichini bartaraf etib bo‘lmaydigan qusurga ega bo‘lgan va shu sababli samaradorlikni o‘lchash uchun mutlaqo yaroqsiz ko‘rsatgich sifatida tanqid qilishlariga sabab bo‘ldi.

2000 yilda Respublikamizda faoliyat ko‘rsatib kelgan 169 ming korxonalar yil yakuni bo‘yicha 307,6 mlrd. so‘m foyda olgan bo‘lsa, ulardan 139 korxona 24,7 mlrd. so‘mlik zarar ko‘rgan.

Butun olingan foydaning 35 foizi sanoat, 20,3 foizi transport, 11,1 foizi savdo va umumiy ovqatlanish va 5,2 foizi qurilish korxonalari ulushiga to‘g‘ri kelgan1 .


Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling