Kuyish deb to’qimalarni yuqori harorat, kimyoviy omillar, nu rva elektr toki ta'sirida shikastlanishiga aytiladi.
Termik kuyishlar
Termik kuyishlar umumiy kuyishlarni 90-95 % ini tashkil etadi. Termik kuyishlarga alanga, qaynoq suyuqliklar, buq, issiq buyumlar sababchi bo’lishi mumkin. Kuyishga javoban tanada ruy beradigan patologik holat kuyish kasalligi deyiladi: Uning quyidagi davrlari farqlanadi: 1) kuyish shoki, 2) o’tkir kuyish toksemiyasi, 3) o’tkir septikotoksemiya, 4) reqonvalestsentsiya.
Kuyish kasalligini ogirligi kuygan maydonning hajmiga va to’qimalarni qanchalik chuqur kuyganiga boqliq.
Kuyish darajalari:
1-darajali kuyishda to’qimalarni qizarishi va shishi achishish kuzatiladi. To’qimalar qalok bo’lmaydi.
2-darajali kuyishda tiniq suyuqlik (plazma) bilan tulgan po’faklar hosil bo’ladi. Pufaklar atrofida qizargan sohalar aniqlanadi, achishish bo’ladi.
3 A darajali kuyishda yorilgan yoki sariq suyuqlik bilan to’lgan po’faklar aniqlanadi. Yorilgan po’fak o’rnida nam nekroz kuzatiladi, og’riq sezgisi pasaygan.
3 B darajali kuyish-keng gemorragik suyuqlik bilan to’lgan po’faklar kuzatiladi. Po’faklar yorilgan joyda zich, quruq, qo’nqir rangli po’sloq kuzatiladi. Bu quruq nekroz, teri tomirlari trombozi natijasidir.
4 –darajali kuyish-teridan chuqurda yotgan mushaklar va suyaklar qam nekrozga uchraydi.
Kuyish shoki-tananing 20 % i 2- va 3 A darajada yoki 10 % i 3 B va 4-darajada kuyganda kuzatiladi.
I darajali kuyish shokida bemorning qolati o’rtacha bo’lib, es-hushi saqlangan, titrash, teri oqarishi, puls va arterial bosimning o’zgarishi, keksalarda qo’zqalish, bolalarda apatiya, tormozlanish kuzatiladi.
II darajada bemorning aqvoli ogir, es-hushi saqlangan, qarakat qo’zqalishi tormozlanishga o’tadi, chanqoqlik, ko’ngil aynish, qusish, teri qurishi, oqarishi, puls tezlashishi, arterial bosim pasayishi, nafas olishning yuzakilashishi, tezlashishi kuzatiladi.
III darajada bemorning aqvoli niqoyatda ogir bo’lib, es-hushi hiralashadi, es-hushi hiralashadi, chanqoqlik, kofe quyqasi kabi qusish, teri oqarishi, puls ipsimon bo’lishi, arterial bosim va tana qarorati pasayishi kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |