Mavzular matni


Download 426.68 Kb.
bet76/103
Sana19.06.2023
Hajmi426.68 Kb.
#1600594
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   103
Bog'liq
lekciya uzbekcha

Balanopostit. Olat boshi va kertmak varaqlarining yallig'lanishidir. Xastalik, asosan, tug'ma va orttirilgan fimoz natijasida kertmak xaltachalari ichida yallig'lanish boshlanib, olat boshiga ham o'tishi sababli kelib chiqadi.
Klinikasi. Belgilari yallig'lanish hamda fimoz tufayli siydik tutilishi ko'rinishida kuzatiladi. Ba'zan kertmak teshigining to rayishidan (yallig'lanish tufayli) siydik ingichka oqim bilan chiqadi. Yallig'langan joylar siydik ta'sirida bezillab, achishib og'- riydi va bundan bolalar qiynaladilar. Shu sababli ular siyishdan qo'rqib, siydikni sun'iy ravishda tutib turishga harakat qiladilar. Ammo uddasidan chiqa olmasdan siyishga majbur bo'ladilar va bu paytda ular qattiq chinqirib yig'lashga tushadilar.
Davosi. Yallig'lanish jarayoniga qarshi dorilar qo'llanadi. Olat iliq antiseptik (furatsillin yoki kaliy permanganat) eritmalari bilan vanna qilinadi. Mahalliy 5-10% li sintomitsin emulsiyasini qo'llash yaxshi natija beradi. Balanopostitning tez-tez qaytalashi sunnat qilishga ko'rsatmadir.
Fimoz. Chekka kertmak teshigining ancha torayishi shu termin bilan ifodalanadi. Bu jinsiy olat boshchasini ochishga to'sqinlik qiladi. Odatda, bunday patologiya bolalarda uchraydi va tug'ma xarakterda bo'ladi. Katta yoshdagi kishilarda fimoz chekka kertmak jarohatidan yoki yallig'lanishdan (ko'pincha so'zakli yallig'lanishdan) keyin vujudga keladi. Chekka kertmak teshigi torayganda siydik chiqishi qiyinlashadi (siydik ingichka oqim bilan chi- qadi). Siydik ushlanishga yallig'lanish qo'shilishi mumkin, bu anchagina og'riqqa sabab bo'ladi.
Davosi. Chekka kertmak aylantirib qirqiladi yoki kesiladi (sunnat). Balanopostitda antiseptikli mahalliy vannachalar bu- yuriladi.
Parafimoz. Kasallik fimozning asorati hisoblanadi. Jinsiy olat boshchasi toraygan chekka kertmakdan sirg'alib chiqadi va qisilib qoladi, bu o'z navbatida qon aylanishining buzilishiga olib keladi. Olat boshchasi shishadi va ko'karib ketadi. O'z vaqtida tibbiy yordam ko'rsatilmagan taqdirda olat boshchasi nekrozlanishi (irishi) mumkin.

Davosi. Jinsiy olat boshchasiga vazelin surtiladi, olatni II va III barmoqlar bilan ushlab turiladi, bosh barmoq bilan boshchasi bosib, to'g'rilanadi. Keyinchalik chekka kertmakni orqa (dorzal) yuzasi bo'yicha kesiladi.


Download 426.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling