Mavzular matni
Download 426.68 Kb.
|
lekciya uzbekcha
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tema: O‘smalar Reja
- Mavzu bayoni Osma
Nazorat uchun savollar:
1.Urologiya tibbiyotda qaysi yo‘nalish bilan shug‘ullanadi? 2.Sistoskopiya nima? 3.Xromotristoskopiyada qaysi kontrast modda ishlatiladi? 4.Siydik yo‘llarini kateterlashda qaysi endoskopik apparat ishlati- ladi? 5.Ko‘tariluvchi piyelografiyada nimalarni aniqlash mumkin? 6.Siydiktоsh kаsаlligi klinik belgilari. 7.Prоstаtа bеzi аdеnоmаsi klinik belgilari. 8.Litоtоmiya operatsiyasi bo‘lgаn bеmоrlаrdа hаmshirаlik pаrvаrishi. 9.O‘tkir buyrаk xurujidа shоshilinch yordаm. 10.Fimoz. Parafimoz. Balanopostit. Orxit belgilarini ayting. 11.Moyak istisqosi. (Gidroseli) Sabablari, klinik belgilari, davosiqanday? Tema: O‘smalar Reja: 1.O‘smalar. Havfli va havfsiz o‘smalar haqida tushuncha. 2.Onkologik bemorlarni tekshiruvga tayyorlash. 3.Onkologik bemorlarni davolash tamoyillari. 4.Onkologik bemorlarni parvarish qilish xususiyatlari. Hamshira deontologiyasi. Mavzu bayoni O'sma deganda, to'qimalarning patologik o'sishi tushuniladi. U bir necha sabablar oqibatida yuzaga keladi va normal to'qimalardan tuzilishi, rivojlanishi, o'sishi, oziqlanishi va moddalar almashinuvi jarayonlari bilan keskin farq qiladi. O'smalarning tasnifi. O'smalar ularni tashkil etgan to'qimalarning tuzilishiga ko'ra quyidagi guruhlarga bo'linadi: Epitelial o'smalar: xavfsiz (papillomalar — so'rg'ichsimon, adenomalar bezsimon kistalar-bo'shliqli o'smalar); xavfli o'smalar (kar-sinoma yoki rak). Biriktiruvchi to'qima o'smalari: xavfsiz (fibromalar); xavfli (sarkomalar). Tomir o'smalari: xavfsiz (gemangioma, limfangioma xavfli (ge-mangiosarkomalar). Yog'li o'smalar: xavfsiz (lipoma); xavfli (liposarkoma). Nerv to'qimasi o'smalari: a)"xavfsiz (nevrinoma); b) xavfli (xavfli nevrinoma). Pay qinlari va bo'g'im xaltalari o'smalari: a) xavfsiz (sinovioma); b) xavfli (xavfli sinovioma). Aralash o'smalar: xavfsiz va xavfli tuzilishga ega bo'lgan turli xildagi to'qimalardan iborat o'smalar. Xavfli o'smalar deganda,yetilmagan to'qimadan tuzilgan o'smalar tushuniladi. Ular tez o'sishi, qo'shni to'qimalarga o'sib kirishi va o'sma hujayralarining limfa yo'llaii yoki qon tomirlari sistemasi orqali boshqa a'zolar va to'qimalarga tarqalishi (metastazlanishi)ga moyilligi bilan ajralib turadi. O'sma olib tashlangandan keyin u yana shu sohada paydo bo'lishi mumkin. O'smalarning qo'shni to'qimalarga o'sib kirishi o'sma hujayralarining to'qimalararo yoriqlarga kirishi, qo'shni to'qimalarni yemirishi, o'rin almashinuvi yo'li bilan sodir bo'ladi. Bunday o'sish infiltrativ o'sish deyiladi. Metastatik o'sma onalik o'sma tuzilishiga ega va xuddi shunday progressiv sur'atda o'sishi bilan farq qiladi. Xavfli o'smalarda organizmning holdan toyishi kaxeksiya kuzatiladi. Xavfli o'sma rivojlanishida to'rt davr farq qilinadi: o'smaning mahalliy o'sishi; uning limfa yo'llari bo'ylab yaqindagi limfa tugunlarigacha tarqalishi; metastazlarning gematogen tarqalishi; o'smaningbutunorganizmbo'ylabtarqalishi Xavfsiz o'smalargayetilgan to'qimadan tashkil topgan, qo'shni to'qimalarni surib o'sadigan, ammo ularga o'sib kirmaydigan, metastazlar bermaydigan, umumiy holsizlikka sabab bo'lmaydigan va yemirmaydigan o'smalar kiradi. O'smalarning paydo bo'lish va o'sish sabablari. Hozirgi vaqtda o'smalar paydo bo'lishini tushuntiradigan asosiy nazariya po1ietiologik nazariya hisoblanadi. Bu o'sma nazariyaga binoan tirik organizmning har bir hujayrasida o'sma qo'zg'ata oladigan maxsus virus bo'ladi, biroq bu virus faolsiz holatda turadi (anabioz). Uning faol holatga o'tishi uchun qator tashqi omillar (kanserogenlar)ning qo'shimcha ta'siri bo'lishi zarur. Ular o'znavbatida kimyoviy (chiqindi gaz, tutun, kimyo korxonasida bo'ladigan benzpirenlar, aromatik aminlar va hokazo), fi-zikaviy (quyoshning ultrabinafsha nurlari, rentgen va gamma nurlari, atomning elimentar zarrachalari va hokazolar) va biologik (turli parazi-tar) omillarga bo'linadi. Virus faollashadi va hujayraning gen strukturasiga, xususan DNK va RNK ga ta'sir qilib, irsiyatni o'zgartiradi, bu to'qimaning yangi turi, ya'ni o'sma hosil bo'Iishiga olib keladi. Biroq bunda yuqorida sanab o'tilgan omillar mavjudligi ko'pincha o'sma rivojlanishi uchun kifoya qilmasligini unutmaslik zarur. Organizm immun biologik himoya kuchlarining pasayishi o'sma rivojlanishiga sabab bo'ladi. Download 426.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling