Mavzular matni


Download 426.68 Kb.
bet80/103
Sana19.06.2023
Hajmi426.68 Kb.
#1600594
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   103
Bog'liq
lekciya uzbekcha

Nazorat uchun savollar:

1.O‘smalar. Havfli va havfsiz o‘smalar haqida nima bilasiz?.


2.Onkologik bemorlarni tekshiruvga tayyorlashda nimalarga etibor beriladi?
3.Onkologik bemorlarni davolash tamoyillari qanday?
4.Onkologik bemorlarni parvarish qilish xususiyatlari va hamshira deontologiyasihaqida ma’lumot bering?
Tema: Reanimasiya va intensiv terapiya xaqida tushuncha.
Terminal holatlar.Elementar o‘pka-yurak reanimasiyasi.
Reja:
1.Reanimasiya va intensiv terapiya haqida tushuncha.
2.Reanimasiya bo‘limining tarkibi va vazifalari.
3.Intensiv terapiyani o‘tayotgan bemorlarni jismoniy va ruhiy holati va hamshiralik parvarishining maqsadlari va hamshiraning tutgan o‘rni.
4.Intensiv kuzatuv apparatlaridan foydalangan holda bemorlarni nazorat qilish. 5.Terminal holat sabablari, bosqichlari, klinik belgilari.
6.O‘pka–yurakreanimasiyasi.


Mavzu bayoni
Reanimaciya- terminal holatdagi bemorlarda o‘limni oldini olish va klinik o‘lim holatidan chiqqan bemorlarda hayotiy muhim a’zolar faoliyatini tiklash va quvvatlab turish uchun o‘tkaziladigan davolash chora-tadbirlar kompleksidir. Intensiv terapiya tadbirlari reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limida amalga oshiriladi.
Reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limining asosiy vazifasi kritik holat sababli buzilgan hayotiy muhim jarayonlarni tiklash va quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish bo‘lib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
-reanimatsiya va intensiv terapiyaga muhtoj bo‘lgan bemor- larga zamonaviy davolash usullarini qo‘llab, hayot uchun zarur bo‘lgan a’zolarining ish faoliyatini tiklash;
-rejali va shoshilinch kelgan bemorlarni og‘riqsizlantirishga tayyorlash va og‘riqsizlantirish usullarini aniqlash;
-tashxis qo‘yish, turli xil tekshirishlar va muolajalarda hamda tug‘ruqlarda og‘riqsizlantirishni tashkil qilish;
-kasalxonadagi tibbiyot xodimlarining reanimatsiya sohasidagi malakalarini oshirish;
-boshqa bo‘limlardagi reanimatsiya va jadal davolashga muhtoj bemorni reanimatsiya bo‘limiga ko‘chirish va ularni og‘ir holatdan chiqarishda jadal davolash va reanimatsiya usullarini qo‘llash, ahvoli yaxshilangandan so‘ng kerakli bo‘limga ko‘chirish;
-reanimatsiya bo‘limidagi bemorlarning hayotiy muhim a’zolarining ish faoliyati tiklanguncha reanimatsiya va jadal davolash usullarini qo‘llash;

-qabulxonaga og‘ir holatda keltirilgan bemorlarda reani- matsiya va intensiv davolash usullarini qo‘llab, terminal holatga tushmaslik choralarini ko‘rish;
-harakatdagi reanimatsiya xodimlari bilan doimiy aloqada bo‘lib, zarur bo‘lganda tashkiliy va nazariy hamda amaliy tarzda yordam berish;
-operatsiya paytida organizmni turli xil shikastlardan asrash va og‘riqsizlantirish hamda operatsiyadan keyingi davrda bemorni kuzatish;
-kasalxona bo‘limlarida o‘tkazilgan muolajalar natijasida kelib chiqqan asoratlarni, noxush holatlarni o‘rganib, shifo- korlar konferensiyasida tahlil qilib, oldini olish choralarini ko‘rish.

Download 426.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling