Mavzular matni


Download 426.68 Kb.
bet83/103
Sana19.06.2023
Hajmi426.68 Kb.
#1600594
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   103
Bog'liq
lekciya uzbekcha

Terminal holatlar
Organizmda o‘tkir rivojlanayotgan kasalliklar (shok, miokard infarkti, ko‘p qon yo‘qotish, zaharlanish) va shikastlar tufayli kislorod yetishmovchiligi paydo bo‘lishi bilan terminal holatlar yuzaga keladi.
Terminal holatlar yig‘ma tushuncha bo‘lib, hayotiy funksiya- larning haddan tashqari pasayib ketishi bilan xarakterlanadi va quyidagi bosqichlarga bo‘linadi:

      • talvasa oldi (agoniya oldi);

      • talvasa (agonal);

      • klinik o‘lim.

Agoniya oldi holati – bir necha daqiqadan bir necha soatgacha davom etishi mumkin. Bu davrda bemorning es-hushi qisman saqlangan, arterial qon bosim 60 mm.sim.ust.dan past. Dastlab taxikardiya so‘ngra esa bradikardiya kuzatiladi. Nafas olishi tezlashadi, patologik nafas turiga almashadi. Bemorning burun uchi, barmoqlarining ko‘karishi kuzatiladi. To‘qima va a’zolarda kislorod yetishmovchiligi belgilari kuzatiladi.
Agonal holat – miyaning po‘stlog‘i ishdan chiqadi. Bemorning es-hushi yo‘qoladi. Markaziy asab sistemasi faoliyati so‘na bosh- laydi. Nafas olish havoni yutish ko‘rinishida bo‘ladi. Qon bosimi va reflekslarni aniqlab bo‘lmaydi. Periferik arteriyalarda puls

aniqlanmaydi. Ko‘z qorachiqlari kengayadi, yorug‘likka reaksiyasi yo‘qoladi. Bu davr bir necha daqiqa davom etadi.
Klinik о‘lim – bu organizmning markaziy asab sistemasi, na- fas va yurak faoliyati to‘xtagandan keyin bir necha daqiqa davom etadigan holatdir. Bu holat hayot bilan o‘lim o‘rtasidagi holatdir. Bu davrda qon aylanishi va nafas to‘xtashi kuzatiladi, ammo or- ganlarda qaytmas o‘zgarishlar sodir bo‘lmagan bo‘ladi. Shuning uchun bu bosqichda bemorni qaytadan hayotga qaytarish mum- kin bo‘ladi. Yurak urishi va nafas olishi to‘xtaydi, ko‘z qorachig‘i kengayib, uning reflekslari yo‘qoladi. Bunday holatda 5–6 da­ qiqadan kechikmay reanimatsiya usullarini qo‘llab bemorni tiril- tirish imkoni bo‘ladi. 5 daqiqadan so‘ng to‘qimalarda qaytmas o‘zgarishlar sodir bo‘lib, biologik o‘limga o‘tadi.

Download 426.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling