Mavzular matni
Download 426.68 Kb.
|
lekciya uzbekcha
- Bu sahifa navigatsiya:
- Reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limi hamshirasining vazifalari
Hamshiralik parvarishining maqsadlari: Intensiv terapiya bo‘limi va kardioreanimatsiya bo‘limida davolanayotgan bemorlarni hamshiralik parvarishining maqsadi biron-bir holat sababli buzilgan muhim funksiyalarni tiklash va saqlash tadbirlari kompleksini amalga oshirish hamda bemor batamom tuzalib ketishi, oilasiga va jamiyatga qaytishi uchun ma’naviy yordam ko‘rsatishdan iborat.
Hamshiraning vazifasi – bemorning ahvolini kuzatish yo‘li bilan, tekshirish va o‘lchovlar vaqtida hamda turli xil kuzatuv apparatlari orqali olinadigan ma’lumotlardagi o‘zgarishlar haqida o‘z vaqtida xabar berishdan iborat. Shuningdek, qabul qilinayotgan suyuqlik hajmi va ajralayotgan massalarni kuzatish va ushbu ma’lumotlarni yozuvlar shaklida qayd qilishdir. Mazkur holatda bemorning ahvoli haqida oila a’zolariga ma’lumot berib turish zarur. Intensiv kuzatish apparatlaridan foydalanib bemorni kuzatish.Tezkor va intensiv terapiyani o‘tkazish vaqtida bemorning hayotini saqlab qolish eng muhim vazifa bo‘lganligi sababli, ko‘p sonli apparatlar va doimiy kuzatish sistemasi qo‘llanadi. Reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limida maxsus qurilma monitorlar yordamida bemorlarni kuzatish organizm holati haqidagi obyektiv ma’lumotlarni to‘plash va to‘satdan yuzaga keladigan hayot uchun xavfli holatlar haqida xavfxatar signalini berish imkoniyatini beradi. Reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limi hamshirasiningvazifalari:1.Hamshira ishni boshlaganida quyidagilarni bajarishi shart: bo‘limdagi bemorlar haqida ma’lumot yig‘ish va stabil bo‘lmagan gemodinamikali, terminal va koma holatidagi, o‘pka sun’iy ventilatsiyasi o‘tkazilayotgan, operatsiyadan keyingi va psixozli bemorlarga alohida e’tibor berishi; bemorlar va ularning psixik holatining og‘irlik darajasini baholashi; arterial qon bosim, puls, nafas olish tezligi, tana harorati, diurez, yuborilgan suyuqlik hajmini o‘lchash va intensiv terapiya kartasida qayd qilishi; qo‘yilgan bog‘lamlar holatini baholash (joyidan surilmaganligi, ifloslanganligi); kateterlar, zondlar, stomalar holatining va mahkamlanganligi va o‘tkazuvchanligini, drenajlar va ulardan chiqayotgan ajralmalarni baholashi; yotoq yaralar paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan sohalarda yumshoq to‘qimalar holatini baholashi; monitor datchiklarining to‘g‘ri mahkamlanganligi, monitor ko‘rsatkichlari, o‘pkaning sun’iy ventilatsiyasi apparati ishini nazorat qilish; bemor kasalligini hisobga olgan holda uning holatini (Fauler, Sims va boshqa holatlar) nazorat qilish. 2.Ish kuni davomida hamshira quyidagilarni bajarishi shart: bemorlarni yuvintirish va og‘iz bo‘shlig‘i, oralig‘i, tashqi jinsiy a’zolariga ishlov berishi; oqliklari va kiyimlarini almashtirishi; bemorlarni ovqatlantirishi; yotoq yaralarini oldini olishi; koma holatidagi bemorlarda endotraxeal yoki traxeostomik naycha orqali hamda og‘iz bo‘shlig‘idan balg‘amni so‘rib olish yo‘li bilan traxeo-bronxial nafas yo‘llari sanatsiyasini amalga oshirishi; nafas gimnastikasi va davolash fizkulturasini o‘tkazishi; markaziy venoz va peridural kateterlar atrofidagi teriga ishlov berish, bog‘lamini almashtirish, operatsiyadan keyingi ifloslangan bog‘lamlarni almashtirishi; oddiy fizioterapevtik muolajalarni (ingalyatsiya, xantal qo‘yish, oksigenoterapiya va b.) o‘tkazishi; doimiy kateter yoki sistostoma orqali qovuqni antiseptik eritmalar bilan yuvishi (sutkada 2 marta); nazo‘gastral zond orqali me’dani yuvishi. 3.Hamshira кип mobaynida shifokor quyidagi ко‘rsatmalarini bajarishi zarur: dori moddalarini yuborish va infusion-transfuzion terapiya o‘tkazishi; infuziyadan so‘ng markaziy venoz kateterga geparinli «qulf» yuborish; peridural kateterga dori vositalarini yuborishi; me’da zondini qo‘yishi; qovuqqa kateter qo‘yishi; huqna qilishi; qon yoki boshqa biologik suyuqliklarni tahlil qilish uchun olishi. 4.Hamshira klinik o‘lim yuz berganda reanimatsiya tadbir larini boshlaydi. Hamshira markaziy vena kateterizatsiyasi, traxea intubat- siyasi, traxeostomiya, lumbal va plevral punksiya uchun jihozlar to‘plamini tayyorlaydi, ularni o‘tkazishda shifokorga yordam beradi. Hamshira nazorat va diagnostika apparatlarni: kardiomo- nitor, kardiograf, elektrodefibrillator, o‘pkaning sun’iy ventilat siyasi apparatini ishlatishga tayyorlaydi, ulaydi va ularning saqlanishiga javob beradi. Hamshira jihozlarni sterilizatsiyaga tayyorlash va steril- lashni amalga oshiradi, ishlatilgan materiallarni zararsizlantiradi hamda palatada sanitarprofilaktik tartibni saqlashni nazorat qiladi. 5.Hamshira quyidagi tibbiy hujjatlarni rasmiylashtiradi: bemorlar harakati hisobotini; porsiyali talabnomani; intensiv terapiya kartasini; bo‘lim navbatchi hamshirasi jurnalini; harorat varaqasini; narkotik va kuchli ta’sir etuvchi vositalarni hisobga olish jurnalini; qon va qon komponentlarini quyish jurnalini; qon o‘rnini bosuvchilarni quyish jurnalini; laborator tahlillar va instrumental tekshiruvga yo‘llanmalarni; mutaxassislar konsultatsiyasi uchun talabnomani; qon quyish bo‘limiga qon va qon komponentlari uchun talabnomani; kasallik tarixi varaqasiga narkotik va kuchli ta’sir etuvchi vositalar yuborilganligini qayd etadi. 6.Bundan tashqari hamshira quyidagilarni bilishi va bajarishi lozim: bo‘limdagi apparatlarni ishlatishni bilishi (yoqish, o‘chirish, apparat ishini nazorat qilish); bemor ahvoli yoki laborator tahlillar ko‘rsatkichlarida, apparat nazorati ko‘rsatkichlaridagi har qanday o‘zgarishlar, qabul qilingan va ajratilgan suyuqlik miqdori haqida shifokorga o‘z vaqtida axborot berib turishi; shifokor buyurgan tibbiy muolajalarni o‘tkazishni; bemorlarni davolashda shifokorga malakali yordam ko‘rsa- tishni; o‘zini-o‘zi parvarishlash tanqisligini hisobga olgan holda ahvoli og‘ir bemorlarni parvarishlashni; o‘pka sun’iy ventilatsiyasi va yurakni yopiq massaj qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi. Reanimatsiya va intensiv bo‘lim hamshirasining huquq lari:kichik tibbiy xodimlarining ishini nazorat qilish; ilmiy amaliy konferensiyalarda ishtirok etish. Download 426.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling