Dars ishlanma Reja bayoni (plan-konspekt) Fan: Biologiya 10-sinf Sana


Download 0.66 Mb.
Sana27.01.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1132279
Bog'liq
dars5




Mirzo Ulug’bek O'zbekiston Milliy Universiteti


Biologiya fakulteti Biologiya yo’nalishi 401- guruh
talabasi Ismoilova Durdonaning pedagogik amaliyot
uchun tayyorlagan dars ishlanmasi

Dars ishlanma
Reja bayoni (plan-konspekt)
Fan: Biologiya 10-sinf
Sana: 07.10. 2022
Mavzu: Eukariot hujayra.Hujayra qobig’i.Sitoplazma.Hujayraning membranasiz organoidlari .Hujayraning membranali organoidlari.Yadroning tuzilishi ,funksiyalari,xromotin.Xromosoma.Gen.Autosomalar va jinsiy xromosomalar.
Darsning maqsadi:
a) oʻquv maqsad-O’quvchilarga tirik organizmidagi hayotning hujayra darajasi va eukariot organizmlarning o’ziga xos jihatlari haqida ma’lumotlar berish
b) tarbiyaviy maqsad- Hayotning hujayra darajasi va uning o’ziga xos jihatlarini o’rganish orqali biologiya faniga qiziqish uyg’otish
v) rivojlantiruvchi maqsad-o’quvchilarni turli qiziqtiruvchi metodlar orqali mustaqil fikrlashga o’rgatish
Darsning usuli: noana'naviy.
Koʻrgazmali qurollar:,tarqatma materiallar,
Adabiyotlar: 10-sinf Biologiya, internet ma'lumotlari
Darsning strukturasi
Kirish
1) Tashkiliy qism
2) Uy vazifani tekshirish.
3) Yangi mavzuni yoritish.
4) Yangi mavzuni mustahkamlash.
5) Yakuniy qism
Darsning borishi:
Kirish
1 . Tashkiliy qism : 10 minut. Sinf o'quvchilarni darsga tayyorlash , salomlashish, davomot qilish, kun yangiliklar bilan habardor qilish.
2. O'tgan mavzu yuzasidan o'quvchilarni bilimini mustahkamlash va uyga vazifalarni tekshirish 30 minut.
Foydalanilgan metodlar: Guruhlarga bo’lib savol-javob qilish
O'tgan mavzu: Nuklein kislotalar.Nukleotidlar.DNK va RNKning tuzilishi.ATF .Masalalar yechish
3.Yangi mavzuni oʻrganish: 30minut . Oʻquvchilarni dars mavzusi, maqsadi, borishi bilan tanishtirish va ularning faoliyatini oʻquv topshiriqlarini bajarishga yoʻllash.

Hujayrasi tarkibida haqiqiy yadroga ega bo‘lgan organizmlarni eukariotlar deyiladi.Eukariot yunoncha “eu” — haqiqiy, “karion” — yadro degan ma’noni anglatadi. Eukariot hujayralar prokariot hujayralarga nisbatan murakkab tuzilgan va xilma-xil bo‘ladi. Eukariotlarda o‘ziga xos tuzilishga ega ma’lum vazifalarini bajaradigan organoidlar mavjud.Turli-tuman organizmlarning eukariot hujayralari o‘zining tuzilishi jihatdan murakkabligi va xilma-xilligi bilan ajralib turadi E1Urasm)Hujayralar bajaradigan vazifalari va shakliga qarab turli-tuman: yumaloq Etuxum va yog‘ hujayralari), yulduzsimon Ebiriktiruvchi to‘qima hujayralari), o‘simtasimon Enerv hujayralari), amyobasimon, ya’ni shaklini o‘zgartiruvchi Eleykotsitlar va ayrim biriktiruvchi to‘qima hujayralari) ajratish mumkin.Hujayralar turlicha katta-kichiklikka ega. Ko‘p hollarda ular juda kichik bo‘lib, 10–100 mikrometr Emkm, 1mkm – 0,001 mm) ga teng. Biroq juda katta hujayralar ham mavjud. Sitoplazma. Hujayraning asosiy tarkibiy qismi bo‘lgan sitoplazma tashqi muhitdan plazmatik membrana bilan ichkaridan esa yadro qobig‘i bilan ajralib turadiK Sitoplazma hujayralarning yarim suyuq holdagi ichki muhitidir.Sitoplazmada organoidlar, kiritmalar, shuningdek, hujayra skeletini hosil qiladigan mayda-mayda naychalar va iplar joylashgan bo‘ladi.Sitoplazma asosiy moddasining tarkibida oqsillar ko‘p bo‘ladi.Asosiy moddalar almashinuvi jarayonlari sitoplazmada boradi. Sitoplazma barcha organoidlarni bir butun qilib birlashtiradi va hujayra faoliyatini ta’minlab boradi. Sitoplazma organoidlarini umumiy va xususiy, membranali va membranasiz organoidlarga ajratish mumkin Umumiy organoidlar organizm tarkibidagi barcha hujayralarda uchraydi. Ularga mitoxondriya, hujayra markazi, golji majmuasi, ribosoma, endoplazmatik to‘r, lizosoma, plastidalar misol bo‘ladi. Xususiy organoidlar ayrim hujayralardagina uchraydi.


Xususiy organoidlar ayrim hujayralardagina uchraydi. Ribosomalar erkin yoki endoplazmatik to‘rning tashqi yuzasiga birikkan holda joylashishi mumkin.Ribosomalar, deyarli barcha hujayralar: prokariot va eukariotlarda uchraydi,Ribosomalar diametri 15,0–35,0 nm E1 nm=10-9 metr) bo‘lgan ikki, ya’ni katta va kichik bo‘lakchalardan iborat yassi tanachalardan tashkil topgan.Ribosomalarda taxminan teng miqdorda oqsil va nuklein kislotalar mavjud Ribosoma RNKsi yadrodagi DNK molekulasi yordamida hosil bo‘ladi. Ribosoma yadrodagi yadrochadan sintezlanadi va sitoplazmaga chiqariladi. Ribosoma hujayrada oqsil sintezini amalga oshiruvchi organoid bo‘lib, membranasiz organoidlar qatoriga kiradi. Ribosomalarning asosiy vazifasi oqsil sintezlashdir. Oqsil sintezi murakkab jarayon bo‘lib, uni faqat bitta ribosoma emas, balki bir necha o‘nlab ribosomalar amalga oshiradi. Ularni poliribosomalar deb ataladi. Golji majmuasi. Birinchi marta nerv hujayralari tarkibidan topilgan. Hayvonlarning ko‘p hujayralarida yadro atrofida joylashgan murakkab to‘r shaklida bo‘ladiK O‘simliklar va sodda hayvonlar hujayralarida o‘roqsimon yoki tayoqchasimon ayrim tanachalardan iborat.Elektron mikroskopda tekshirilganda golji majmuasi
membranalar bilan chegaralangan va to‘p-to‘p E5–10 tadan) bo‘lib joylashgan yassilangan bo‘shliqlar, yirik vakuolalar va mayda pufakchalardan tuzilganligi aniqlangan.Uning membranalari silliq tuzilgan.Golji majmuasi ko‘pgina muhim funksiyalarni bajaradiK Endoplazmatik to‘r membranalarida hosil bo‘lgan oqsillar, polisaxaridlar, yog‘lar golji majmuasiga tashiladi. Uning ichida bu birikmalar o‘zgarishga uchraydi va ajralishga tayyor shira sifatida o‘ralib, kerakli joylarga uzatiladi yoki hujayraning hayot faoliyati uchun foydalaniladiK Golji majmuasi faoliyati tufayli plazmatik membrana yangilanib turadi va o‘sib boradi.
4.Yangi mavzuni mustahkamlash:
Har bir organoidning xususiyatlarini kim ko’proq eslab qolganini musobaqa orqali aniqlash
Dars yakunida vazifa beriladi.
Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling