16-MAVZU. XUSUSIY KAPITAL SHAKLLANISHI VA TA’SISCHILAR BILAN HISOBLASHISHLAR AUDITI
Nazorat savollari
Ustav kapitali va ta’sischilar bilan hisoblashishlarni audit qilishda qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalaniladi?
Ustav kapitalini shakllantirishni tekshirish qanday amalga oshiriladi?
Ustav kapitali hisobi va hisoboti auditi qanday o’tkaziladi?
Auditor ta’sis hujjatlari bilan tanishtirishida qanday ma’lumotlarni tekshirishi lozim?
Ustav kapitalini audit qilishda qanday hujjatlar va buxgalteriya schyotlari tekshirishi manbalari bo’lib xizmat qiladi?
Ustav kapitalini shakllantirshida va ta’sischilar bilan hisoblashishlarda soliqqa tortish tekshirish xususiyatlari qanday amalga oshiriladi?
Qo’shma korxonaning ustav fondi shakllantirildi. Valyutalar kursi o’zgarganda uni qayta baholash kerakmi? Agar kerak bo’lsa, ushbu operatsiyani buxgalteriya hisobida qanday aks ettirish lozim?
17-MAVZU. DAROMAD VA XARAJATLAR HAMDA MOLIYAVIY NATIJALAR AUDITI
Nazorat savollari
Moliyaviy natijalarni audit qilishda foydalaniladigan asosiy me’yoriy hujjatlarni keltiring?
Xarajatlarni audit qilish qanday tashkil etiladi?
Ishlab chiqarish xarajatlariga va mahsulotlar (ish, xizmatlar) tannarxiga kirtiladigan xarajatlarni to’g’ri aniqlashni qanday tekshiriladi?
Operatsion daromadlar va xarajatlarni shakllantirishni to’g’ri tekshirish qanday amalga oshiriladi?
Realitsiyadan tashqari daromadlar va xarajatlarni tartibini tekshirish qanday amalga oshiriladi?
Korxonalar faoliyati moliyaviy natijalarni shakllantirish va foydaning ishlatilishi qanday tekshiriladi?
Xarajatlar, Tushumilar va realizatsiyadan tashqari daromadlar va xarajatlarni audit qilishda qaysi hujjatlar va buxgalteriya schyotlari tekshirish manbalari bo’lib hisoblanadi?
Korxonada ishlaydigan xodimning ukasi yoki singlisining ta’lim olishi uchun oliy o’quv yurtiga o’tkazilgan mablag’lar xodimning daromadi hisoblanib, ularga soliq solinadimi?
Korxona o’zining xodimi uchun sanatoriy-kurortda davolanishga yo’llanmalar xarid qiladi yoki ularning ambulatoriyada davolanishlariga haq to’laydi. Ushbu summalar uning daromadi hisoblanadimi, ularga daromad solig’i va yagona ijtimoiy to’lov hisoblab yozilishi kerakmi?
Korxona o’z mahsulotini xodimlariga tannarxidan past baholarda sotishi mumkinmi?
Do'stlaringiz bilan baham: |