Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
KIRISH
Muammoning dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasida ta’lim islohotlari jadallashib borayotgan bir vaqtda boshlang’ich ta’lim o’quvchi shaxsini shakllantirish, ularga mavjud ilmiy bilimlarning boshlang’ich asoslarini yetkazishda muhim bosqichdir.
O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov Oliy Majlisning IX sessiyasida so’zlagan nutqida, boshlang’ich ta’lim sohasida mavjud bo’lgan kamchiliklarga to’xtalar ekan, muammolarni hal etishning dastlabki sharti – boshlang’ich ta’lim tizimiga malakali, mahoratli o’qituvchilarni jalb etish, tayyorlash, ularning kasbiy malakalarini takomillashtirishdan iborat ekanligiga alohida urg’u berib: «Eski ta’limning eng yomon qusuri boshlang’ich ta’limga ikkinchi darajali ish deb qarayotganimizdadir. Ochiq aytishimiz kerak: bilimi sayoz muallimlar ham birinchi sinfda dars beraveradi.
Vaholanki, bolaning dunyoqarashi, did, salohiyati shakllanadigan boshlang’ich sinflarga eng yetuk, eng tajribali murabbiylar birkitib qo’yilishini oddiy mantiqning o’zi talab etadi» - deb ta’kidlaydi [1; 7].
O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablaridan biri ham, har bir mutaxassisning umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan kasbiy-shaxsiy mahorati, o’z kasbiga bo’lgan munosabati, qiziqishini shakllantirish, ijodkorlik, izlanuvchanlik, uddaburonlik, ishbilarmonlik kabi fazilatlarni tarkib toptirishdan iboratdir.
O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning «Yuksak ma’naviyat yengilmas – kuch» asarida esa, «Barchamizga ayonki, inson qalbiga yo’l avvalo ta’lim-tarbiyadan boshlanadi. Shuning uchun bu haqda gap ketsa, ajdodlarimiz qoldirgan bebaho merosni eslash bilan birga, ota-onalarimiz qatori biz uchun eng yaqin bo’lgan yana bir buyuk zot – o’qituvchi va murabbiylarning olijanob mehnatini hurmat bilan tilga olamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |