Mavzu;Maktabgacha yoshdagi bolalarda mehnat tarbiyasida milliy urf odatlardan foydalanish mexanizmi Mundarija Kirish I. Bob. Bog’cha yoshidagi bolada mehnat ko’nikmalarining rivojlanishd milliy urf odatlardan foydalanish


II BOB.O’zbеk xalq pеdagogikasida ta'lim-tarbiya masalasining ijtimoiy xaraktеri va maktabgacha ta’lim tushunchasi


Download 50.5 Kb.
bet8/9
Sana05.01.2022
Hajmi50.5 Kb.
#230127
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Maktabgacha yoshdagi bolalarda mehnat tarbiyasida milliy urf odatlardan foydalanish mexanizmi

II BOB.O’zbеk xalq pеdagogikasida ta'lim-tarbiya masalasining ijtimoiy xaraktеri va maktabgacha ta’lim tushunchasi

2.1. Maktabgacha yoshdagi bolalarda mehnat tarbiyasida milliy urf odatlardan foydalanish ko’nikmalari.

Mustaqillik milliy g’urur, vatanga yurtga muhabbat, fidoiylik, mehr – shafqat, oqibat, ota – onaga hurmat tuyg’ularini kamol toptirishda cheksiz imkoniyatlar yaratdi. Mehr – shafqat, oqibat, o’zbekona hislat, hayot mazmuni.

Dunyodagi xalqlar orasida aynan shu millatning borligi, mavjudligi, betakrorligi “Ko`hna tarix shodasida bitta marjon ўзбегим” (E.Vohidov) sifatida zohirligi har qanday kishi uchun ahamiyatga ega bo’lishi tabiiy. Millat har qanday milliy qadriyatning obyekti, milliy qadriyatlar tizimi tayanadigan ijtimoiy asosdir. “Millat” atamasi qadriyat obyekti sifatida tushunilganida, bir-biri bilan qon qardosh xalqlarga nisbatan ishlatiladigan “turkiy xalqlar”, “slovyanlar”, “roman xalqlari” kabilarga umummilliylik darajasi mos keladi.

Millat bir tomondan, o’zining qadriyatlarini mutassil vujudga keltirib turadi, o’tmishdan kelajakka rivojlanish jarayonida ularni doimiy takomillatirib, yangi-yangi qirralarni shakllantirib turadi, ikkinchi tomondan esa, uning o’zi ham mavjud qadriyatlar tizimi ta’miri ostida o’zgarib va rivojlanib boradi. Millat-o’zining qadriyatlarini vujadga keltirib, ularning yangi-yangi qarralarini va jihatlarini sayqallashtirib, taraqqiyot jarayonida tamokillashtirib turio’i ma’nosida o’z qadriyatlarining haqiqiy egasi, makon va zamondagi ilgarilama xarakatdan iborat o’zgarishlar jarayonida ularni o’tmishdan kelajakka tomon yetkazib boradigan eng asosiy obyektdir.

Millatni milliy qadriyatlarning obyekti va subyekti sifatida tushunish, u bilan bog’liq milliy qadriyatlar tizimini ilmiy tahlil qilish, millatning o’zini ijtimoiy qadriyat sifatida qarash ikmonini beradi. Bu esa milliy qadriyatlarning namoyon bo’lishi, tarixiy rivojlanish jarayonida o’tmishdan kelajakka tomon xarakatini taxlil qilishga imkon yaratadi. Milliy qadriyatlar:

- kishilarning tabiiy, tarixiy va ijtimoiy birligini ta’minlaydigan etnik makonda shakllanadi, rang-barang tarzda, tarli shakllarda namoyon bo’ladi, kishilarning ongiga, hayot tarziga o’ziga xos tarzda ta’sir qiladi:

- kishilarning o’zaro munosabalarida, ijtimmoiy faoliyatlarida ko’zga tashlanib turadi hamda ana shu munosabat, faoliyat, maqsad, ehtiyoj va intilishlar uchun ma’naviy asos bo’ladi;

- moddiy, ma’naviy, iqtisodiy, siyosiy va boshqa sohalarda muayyan natija sifatida yuzaga kelishlari, kishilar uchun zaruriyat sifatida o’ziga xos ahamiyat kasb etishlari, ularga foyda keltirishlari xam mumkin;

- ijtimoiy rivojlanish jarayonida o’zgarib, takomillashib, rang-barang jihatlar avloddan-avlodga o’tadi, meros qoladi.

Milliy qadriyatlar va ularning aloqadorligini ifodasi bo’lgan qadriyatlar tizimi, millatning o’zi bilan birga tarix silsilalari, zamona zayillari, turli ijtimoiy va siyosiy jarayonlar orasidan o’tmishdan kelajakka tomon o’tib turadi. Bu qadriyatlar ko’proq millatning etnik xususiyatlari va etnik makoni bilan bog’liq. Xalqning ijtimoiy taraqqiyoti esa ularning milliy etnik qadriyatlari ravnaqi bilan o’zviy aloqadorlikda davom etadi. Har bir xalq yoki millat, o’ziga xos rang-barang qadriyatlarni takomillashtirib borishi natidasida, umumisoniy qadriyatlarni shakllantirib, uning qirralarini rivojlantirib boradi.

Milliy qadriyatlar faqat qadriyatga ko’ra faqat tor doirada saqlanib qolmaydi, balki, ravnaq topib turmush jarayonida muttasil yangilanib, boshqa xalqlar qadriyatlarini yutuqlari bilan boyib boradi.

Har bir el, elat, urug’ yoki xalqning urf-odatlarida, ularni bajarishdagi faoliyatida o’ziga xoslik bo’ladi. Agar ana shu o’ziga xoslikni o’sha joyning axolisi qadrlasa, ular hayotining bir qismiga aylangan bo’lsa buning yomon joyi yo’q. Bunday o’ziga xoslik bilan bog’liq qadriyatlarni boshqa joyda, boshqacha tarzda yashayotgan kishilarning tarozusi bilan ulchash yoki u maqsadda maktabgacha ta’limning vazifalari: bolalarni xalkning boy milliy, madaniy-tarixiy merosi va ma’naviy ahloqiy jihatdan tarbiyalash: bolalarda milliy vatanparvarlik hislarini shakllantirish, maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim olish ehtiyojini, o‘qishga intilish moyilliklarini shakllantirib, ularni muntazam ravishda ta’lim jarayoniga tayyorlash, bolalarning tafakkurini rivojlantirish, o‘zining fikrini mustaqil va erkin ifodalash malakalarini shakllantirish, bolalarning jismoniy va ruhiy sog‘ligini ta’minlashdan iborat.

Ma’lumki, mustaqillik, milliy mafkura, milliy тараққиёт kabi muqaddas

qadriyatlarni xalq keng va teran idrok etmoqda. Qisqa vaqt ichida mamlakatimiz hayotida olamshumul o‘zgarishlar yuz berdi. Vatanimiz dunyo miqyosida e’tirof etildi. Bu o‘zgarishlar odamlarning ongi va tafakkuriga ham ijobiy ta’sir etmoqda. Binobarin, o‘sib kelayotgan yangi avlod dunyo qarashini milliy g‘urur tarzida namoyon bo‘lmoqda. Bu tuyg‘uni rivojlantirish, barqaror e’tiqodga aylantirish ta’lim tizimining muhim vazifalaridan biridir.

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillikdan keyin hukumatning barcha ichki va tashqi siyosati, islohotlarining birinchi bosqichida olib borilgan olamshumul siyosati va ikkinchi bosqichda amalga oshirilayotgan tarixiy-umumbashariy ishlari tufayli butun dunyoga tanildi va tan olindi. Bu o‘zbek xalqining milliy g‘ururidir.

Bunda esa Maktabgacha ta’lim muassasalarida, asosiy faoliyat sifatid milliy g‘ururni shakllantirish jarayoni yuzaga chikddi. Mazkur holat esa, maktabgacha ta’lim muassasalar tarbiyalanuvchilarida milliy g‘ururni shakllantirishni tashkil etish jarayonini samarali boshqarishni shart qilib qo‘yadi. To‘g‘ri va oqilona rejalashtirilmagan, tashkil etilmagan va tartibga solinmagan. tarbiyaviy jarayon kutilgan samarani bermaydi. Ana shu dolzarblikdan kelib chiqqan holda, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy g‘ururni shakllantirish jarayonini bonqarish texnologiyasini ishlab chikish maqsadga muvofiqdir.
2.2. Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy tuyg‘ularni shakllantirishning pedagogik vositalari

2.2. Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy tuyg‘ularni shakllantirishning pedagogik vositalari

2.2. Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy tuyg‘ularni shakllantirishning pedagogik vositalari

2.2. Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy tuyg‘ularni shakllantirishning pedagogik vositalari

2.2. Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy tuyg‘ularni shakllantirishning pedagogik vositalari

2.2. Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy tuyg‘ularni shakllantirishning pedagogik vositalari

2.2. Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy tuyg‘ularni shakllantirishning pedagogik vositalari

2.2. Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy tuyg‘ularni shakllantirishning pedagogik vositalari

2.2. Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy tuyg‘ularni shakllantirishning pedagogik vositalari

2.2.Maktabgacha ta’lim muassalarida tarbiyalaniluvchilarni urf odatlarni shakllantirishning pedagogik asoslari

Xalqimiz o‘z hayoti, turmush tarzida eng olijanob g‘oyalarni mujassam etgan ahlok-odob qoidalariga, ma’naviy qadriyatlarga tayanib kelgan. Shunday ilg‘or g‘oyalar tufayli elimizda adolat, rostgo‘ylik, halollik, pokizalik, birovning haqqiga hiyonat qilmaslik, nogironlarga mehrli bo‘lish, odamiylik, qardoshlik, vatanparvarlik, shirinsuxanlik va boshka insoniy fazilatlar rivoj topgan.

O‘zbek xalqining g‘ururini ifodalovchi bir qancha urf-odatlar, rasm-rusumlar, marosimlar, odatlar, udumlar, an’analar mavjud. Jumladan, o‘zbek xonadonlarida ota nomi mag‘rur va ulug‘ shaxs sifatida e’tirof etiladi. Ayniqsa, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari, ya’ni farzandlarimizning o‘z yurtiga mehr-muhabbatli bo‘lishi, uning mustaqilligini mustahkamlashi, Vatanimiz shon-shuhratini dunyo miqyosiga olib chiqish ruhida tarbiyalash pedagoglar, ota-ona va har birimizning muqaddas burchimizdir. Bunday ezgu maqsadlarni bajarishda har bir O‘zbekiston fuqarosi g‘urur va iftixor bilan yashaydi va uning meyoriga amal qiladi.

Har bir xalqning ijtimoiy-madaniy hayotida azaliy an’ana, urf-odatlar alohida hrin tutadi. Ular kishilar turmush tarzining o’ziga xos hodisasi sifatida namoyon bo’ladi. “An’ana”, “odat”, “marosim” bevosita “bayram” tushunchasi bilan bog’liq.

“An’ana” – tarixiy taraqqiyot jarayonida va ijtimoiy ehtiyojlar orasida vujudga keladigan, avloddan-avlodga meros bo’lib o’tadigan, kishilar ma’naviy hayotiga ta’sir ko’rsatadigan madaniy hodisadir. An’ana o’ziga xos ijtimoiy hodisa sifatida majmuasi hisoblanadi. Xalq an’analari – uzoq taraqqiyot jarayonida etnoslarning ijtimoiy-ma’naviy ehtiyojlari asosida vujudga kelib, ularning aqliy – ijodiy faoliyati asosida, atrof – muhit, tabiat, mehnat jarayoniga bog’liq holda avloddan-avlodga o’tib, taraqqiy etgan va asrlararo ajdodlar fikri, orzu-o’ylari, tajribalari, yutuqlari va boshqa qadriyatlarini mujassamlashtirgan bebaho ijtimoiy–madaniy merosga aylangan.

Urf – odat kishilarning turmushiga singib ketgan, ma’lum muddatda takrorlanib turuvchi xatti-harakat, ko’pchilik tomonidan qabul qilingan xulq -atvor qoidalari ko’nikmasidir. Masalan: kichiklarning kattalarga salom berishi, uy-16

xovlini tartibga keltirish, mehmonlarga alohida hurmat ko’rsatish, bayram arafasida keksa qariyalar, kasal ojiz, qiynalgan kishilar holidan xabar olish, qo’ni-

qo’shnilarni biror ishiga yordam berish, hasharga borish kabilar o’zbek xalq iga xos yaxshi odatlar hisoblanadi.

Urf-odat degan tushuncha psixologiyada ham mavjud bo’lib, u ma’lum sharoit ta’sirida vujudga kelib, kishining fe’l-atvorida mustahkamlanib qolgan va kiyinchalik o’z-o’zidan beixtiyor bajariladigan harakat ma’nosini bildiradi.

An’ana ijtimoiy hayot, mehnat, madaniyatining barcha sohalariga xos xodisa sifatida juda keng doirani qamrab oladi. Urf-odat esa muayyan bir kishining turmush tarzi xatti-harakati, xulq -atvori, muloqoti va oilaviy munosabatlarida namoyon bo’ladi.

Marosim – inson hayotidagi muhim voqyealarni nishonlashga qaratilgan, rasmiy va ruhiy ko’tarinkilik vaziyatida o’tadigan, tartib-qoidalarga amal qilinadigan tadbir sanaladi. Masalan: ism qo’yish, nikohdan o’tish, dafn qilish, xotiralash, urug’ qadash marosimlari.

Urf-odat kundalik hayotda kuzatilsa, marosim esa inson hayotidagi muhim hodisalar sodir bo’lganida vujudga keladi. Marosim kishilar hayotidagi eng muhim vo qealarni rasmiylashtiradi. Marosimlarni o’tkazishda avloddan-avlodga o’tadigan ramziy va rasmiy an’analar, qoidalarga amal qilinadi. Marosimga bo’layotgan voqeaga “guvoh” sifatida odamlarcha qiriladi. Odamlar kimningdir g’ami yoki quvonchiga sherik bo’lishadi, kelajak uchun yaxshi niyatlar qilishadi. Har bir marosimning o’ziga xos umum qabul qilingan tuzilishi bo’ladi. Inson hayotida bo’lib o’tayotgan muhim voqyealarni nishonlash jarayonida an’ana ham, urf-odat ham, marosim ham mujassamlashadi. Xayotiga kirib borishiga o‟zini shu jamiyatning a‟zosi deb xis qilishiga imkon yaratadi .

Har bir bola oilada , bolalar mexnatida o‟z ulushi borligini xis eta bilishi lozim . Ishning shu tarzda tashkil etilishi bolalarda jamoachilik va intizomlilikni , burj xissini tarbiyalaydi. Shuning uchun bolalarni jamoa mehnatida tarbiyalash muxim axamiyat kasb etadi . Mexnatning bolalarni aqliy tomondan rivojlantirishdagi axamiyati shundaki , mexnat jarayonida ular borliqni faol anglay boshlaydilar, dunyoni materialistik idrok etish imkoni yaratiladi .

Bog‟cha yoshidan boshlab bolalarga mehnat tarbiyasi berish ularni estetik va jismoniy jixatdan xam rivojlantiradi.

Maktabgacha yoshi davrining o‟ziga xos tomonlaridan yana biri bolalar mehnatining o‟yin bilan bog‟liqligidir . O‟yin jarayonida biror xarakat doimo biror mehnat jarayonini aks ettirishga yo‟naltirilgan bo‟ladi . Ikkinchi tomondan , mexnat jarayonini bajarishda uni o‟yin shakliga aylantirishda , masalan barglarni zambillarda tashishadi , mashinalarda yurishadi . Shu bilan birga o‟zining xususiyati mazmuni , yuzaga kelish sababiga ko‟ra mehnat va o‟yin bir biridan farq qiladi . Mehnatda maqsad qo‟yiladi , uni amalgam oshirish uchun shart – sharoit yaratiladi , vasitalar izlab topiladi . O‟yinda esa bolalar kattalarning mehnat faoliyatiga taqlid qiladi . O‟yinda mexnat singari biror aniq natijaga erishilmaydi , ammo u mehnat singari bolalarga quvonch bag‟ishlaydi, ular o‟zlarida qoniqish xissini sezadilar. O‟yinda bola o‟yin o‟ynaganini rivojlantirishi yetakchi rolni o‟ynaydi , mehnatda natijaga erishish uchun mehnat xarakatlari bajariladi . Bolalarning mehnat faoliyati qachon va qanday qilib o‟yindan ajratiladi Kichik bog‟cha yoshidagi bolalar mehnatining asosiy turi o‟z o‟ziga xizmatdir . Bu kichik bolalar uchun ancha mashaqqatli ish . Shuning uchun bu yoshdagi bolalar mehnatining bu turiga o‟rgatishda ko‟pincha o‟yin vaziyatidan foydalaniladi .

Mehnat tarbiyasining asosiy maqsadi bolalarni xar tomonlama rivojlantirish axloqli qilib tarbiyalash kelajakdagi mexnat

Talim aqliy tarbiya vositasidir.

Bolalar bog‟chalariga doir tajribalar va o‟tkazilgan pedagogik va psixologok ilmiy tadqiqot ishlari xar hil yoshdagi bolalarga tevarak atrof to‟g‟risida beriladigan bilimlarning taxminiy xajmini belgilash , ularni murakkablashtirib borish imkonini beradi .

„‟Bolalar bog‟chasida talim tarbiya dasturida bolalarning tevarak atrofdagi xayot bilan tanishishlariga doir asosiy bilimlar ko‟rsatib berilgan . Bular bolalarni tabiat bilan , har xil kasbdagi kishilar mehnati bilan , bazi bir ijtimoiy vaqealar , narsalar ularning sifat va xususiyatlari bilan tanishtirishdir . Bolalar bilimlarini faqat mashg‟ulotlar jarayotida olmay balki o‟zlarining kundalik hayotlarida o‟yinlarda sayr vaqtlarida ham olishlari dasturda ko‟rsatib berilgan.

Bu dasturning asosiy bo‟limlari quydagilardir: tevarak atrof bilan tanishtirish va ishtimoiy hayot xodisalariga qiziqishni ona yurtga muxabbatni tarbiyalash, tabiat haqidagi tasavvurlarni shakillantirish, nutq o‟stirish, eng oddiy matematek tasavvurlarni o‟stirish, qurish yasash badiiy adabiyot, tasviriy sanat, mo‟siqa, jismoniy tarbiya.

Talim dasturi quyidagi prinsipga asoslanib tuzilgan: bilimning bolalarga tushunarligi, har bir yoshga hos bilim va malakalar, ularni sekin asta murakkablashtirib borish, materialning bir maqsadga qaratilganligi, maxalliy matireallardan foydalanish, tabiatdagi voqeyalar talimga doir bilimlar orasidagi bog‟liqlik. 3- yoshgacha bo‟lgan bolalarda tevarak – atrofdagi narsalar, ularning sifati xar hil narsalarning nomi hamda ularni ishlatish tog‟risida to‟g‟ri tushuncha bo‟lishi lozim.

Bolalarning uy jixozlari va buyumlari bilan tanishtirish ularning rivojlanishida katta axamiyatga egadir . Bu narsa ularning nutqini boyitadi , mustaqillik go‟zallik haqidagi tasavvurlarni tarbiyalashga yordam beradi .

Bolalarga talim berish jarayonida tarbiyachi xar hil metod va usullarni qo‟llaydilar. Bolalar bo‟g‟chalarida keng qo‟llaniladigan metodlar sestemasiga qo‟yidagilarni kiritish mumkin ; ko‟rgazmali og‟zaki , amaliy o‟yin metodlari .

Bolalarga talim berishdan maqsad ularni aqliy tomondan rivojlantirish bo‟lganligi sababli yuqoridagi metodlardan shunday foydalanish lozim , ular bolalarda mustaqil fikrlash , tanqidiy xulosalar chiqarishga imkon bersin. Metodlar talimning mazmuniga qarab tanlanadi . Agar talim berish metodini mashg‟ulotning malum bir qismiga yoki ayrim mshg‟ulotga qo‟llanilsa, unda metod qismlarga bo‟linib usulga aylanib ketadi .

Usul bu metodning bir qismi . Usul mustaqil vazifani hal etmaydi . Metod bajaradigan vazifaga bo‟ysunadi . Shuning uchun bitta usulnihar xil metodda qo‟llash mumkin yoki har xil tarbiyachilar bitta metodga har xil usul qo‟shishlari mumkin .

Metodlarning har bir guruxi tarbiyachi va bolalar faoliyatining o‟ziga xosligini belgilab beradi.

Bolalarga bilim berishda talim metodlari va ularni tanlash materialning mazmuniga , bolalarning yoshiga va tayyorgarlik darajasiga bog‟liq . Agar tarbiyachining oldida maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni buyumlar , xayvonlar , qushlar bilan tanishtirish vazifasi tursa , ularni ko‟zdan kechirish , kuzatish yoki tegishli suratlar diafilmlardan foydalanish eng maqsadga muofiq metodlardan biridir ; agar bolalar xayvonni bilsalaru , lekin uning haqidagi tasavvurlarni aniqlash talab etilganda suratdan foydalanish.


Bolalarning oldida kattalarning obrusi juda yuqori bo‟ladi . Bola bilmagan narsasini bilish uchun tarbiyachi va ota onalarga ishonch bilan murojat qiladi . Mana shunda kattalar bolaning savoliga , uni qiziqtirgan narsa to‟g‟risida javob berishdan bosh tortsalar , bola boshqa manbalardan javob qidirishga urinadi , bular aksariyat ishonchsiz manbalar bo‟ladi .

Bu bilan kattalar bolani aqliy rivojlanishiga to‟sqinlik qiladilar , uning manaviy o‟sishiga yordam beramaydilar. Bolani qiziqtirgan savollarga kattalar xar doim xam batavsil javob berishlari shart emas , agar bu savolga bolaning o‟ziga yetarli bilim borligi sezilsa , u xolda bolani mustaqil fikrlashga undash lozim . Bolaning savollari uning bilim darajasiga mos bo‟ladi . Avvaliga unga narsa va buyumlar nomini nimaligini aniqlovchi savollar beriladi . Shuning uchun maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga talim berish jarayonida ularning fikrlashishi faollashtiradigan birorta xam metod yoki usul yo‟qki , u darrov ijobiysamara bersin . Shuning uchun tarbiyachi talim beruvchi mashg‟ulot mazmuniga qarab turli xil metod va usullardan foydalanadi.

Tarbiyachi asosan bolaning normal ruxiy taraqqiyoti asosi bo‟lgan jismoniy rivojlanishiga aloxida etibor berishi lozim . Bolaning ko‟p vaqt 16

Mehnat faoliyatida bolalarni aqliy rivojlantirishni amalga oshirish usuli

Mehnat harakatlarining ancha takomillashgan usullarini egallab borishga qarab kuzatish faoliyati – buyumning muxim sifatlariga ko‟ra bilish malakasi rivojlanib boradi.

Hilma xil mehnat faoliyatida bolalarni aqliy rivojlantirish qo‟yidagi sharoitlarda amalgam oshiriladi;

1. bolalarni mexnat sharoitiga o‟rgatishga pedagogik bilim , ko‟nikma va malakalarni to‟g‟ri qo‟shib olib boradi . Mehnat ko‟nikmalarini bilim va aqliy malakalardan ajralgan xolda tarkib toptirish mehnatning rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi tasiri kamayishiga olib keladi;

2. u yoki bu mehnat topshiriqlarini bajarishda bolalarni (mavjud bilim , ko‟nikma va malakalar asosida ) tashabbus , mustaqillik , ijodkorlik ko‟rsatishga ; material tanlash xatti xarakatni belgilash , natijani baxolashga undash zarur.

Mexnat tarbiyasining vazifalari xilma hildir . Shuning uchun ular guruxlar bo‟yicha turkumlarga ajratiladi.

Birinchi gurux vazifalari bolalarning mustaqil mexnat faoliyatigapedagogik tasir ko‟rsatish bilan belgilanadi

1. Bolalarni maqsad qo‟yishga . mexnat malakalari , ko‟nikmalar mehnat madaniyati bo‟yicha kerakli materiallar va mehnat qurollarini tanlab olishga o‟rgatish .

2. Bolalarda bo‟lajak mehnat faoliyatini shakllantirish , mehnatjarayonini mexnatda qatnashuvchilar o‟rtasida taqsimlash, mehnatda yaxshi natijalarga erishish malakalarni shakllantirish.

3. Mexnat faoliyatining dastlabki ijtimoiy sabablarini shakllantirish , buyumlar va xarakatlarga qiziqish uyg‟otish orqali mehnat natijalariga erishish katta gruppalarda esa mehnatning ijtimoiy axamiyatli ekaligini tushunib olish .

Ikkinchi gurux vazifalari kattalar mexnatiga ijobiy munosabatni tarbiyalashga qaratilgan .

1. Bolalarga kattalarni qanday natijalarga erishish uchun mehnat qilayotganini tushuntirish

2. Bolalarda mehnat ahliga hurmatni , ularga qo

lidan kelganicha yordam berish xoxishlarini tarbiyalash .

3. Kattalarning mehnat natijalarini asrab – avaylashga o‟rgatish.

Uchinchi gurux vazifalari mexnat faoliyatida bola shaxsini shakllantirishga qaratilgan ;

1. Bolalarda mehnatsevarlik , xar qanday mexnatda qatnashish , boshlagan ishini oxiriga yetkazish uchun bor kuchini ayamaslik , o‟z shaxsiy mehnatiga nisbatan to‟g‟ri munosabatni tarbiyalash.

2. Javobgarlik , mustaqillik maqsadga qaratilganlilik, tashabbuskorlik va faollik sabr- matonatlilik kabi bola shaxsining axloqiy sifatlari tarkib topadi.

Maktabgacha tarbiya muassalarida mehnatni xolisona baxolash qanday amalga oshiriladi ;

Bolalarning o‟ziga mehnat o‟rgatish .

Kattalar mehnati bilan tanishtirish Balalar mehnatining mazmuni „‟Bolalar bog‟chasida talim va tarbiya „‟‟ dasturining birinchi va ikkinchi kichik guruxlar „‟ Mehnat faoliyati uchun zamin tayyorlash‟‟ bo‟limida o‟rta va maktabga tayyorlov guruxlarida esa „‟Mehnat „‟ bo‟limi berilgan .

Kattalar mehnati bilan tanishtirish xamma yosh guruxlari uchun „‟‟ Mashg‟ulotlarda talim berish „‟ „‟ Tevarak atrof bilan tanishtirish‟‟ va ijtimoiy xayot xodisalariga qiziqishni tarbiyalash „‟ bo‟limlarida berilgan . Katta va maktabga tayyorlov guruxlar uchun qo‟l mexnatining mazmuni „‟ Qurilish yasash bo‟limlari berilgan . Dasturda bolalar mehnatiga mustaqil faoliyat va axloqiy tarbiyaning vositalari sifatida

qaratiladi.

Talim aqliy tarbiyaning eng qimmatli vositasidir. Talimning axamiyati unda tarbiyachining yetakchi o‟rin egallashi . bolalarga programmada nazarda tutilgan bilimlar berishi ko‟nikma va malakalar xosil qilishi , bularni o‟zlashtirib olishi va qo‟llash yuzasidan bolalar faoliyatini tashkil etishi bilan belgilanadi . Bilim va malakalar programmasining mavjudligi tarbiyachiga xar bir bolaning ularni o‟zlashtirib olishi nazorat qilish bolaga aloxida yondashish xamda maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning programmada berilgan aqliy rivojlanish darajasiga olib kelishga inkon beradi. Mashg‟ulotda bolalarning tafakkuri va nutqi rivojlanadi ,bilishga bo‟lgan qiziqishlari shakllanadi . Bolalar o‟quv faoliyatining kattalarning gapini tinglay bilish ularning ko‟rsatmalariga muofiq xarakat qilish muayyan bir faoliyatda kerakli natijalarga erishish , erishilgan natijani uning namunasiga muofiqligi nuqtai nazaridan baxolash , muvaffaqiyatsizlik sabablarini taxlil qilish malakasi va xokazolarni egallab oladilar.

XULOSA

O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng ijtimoiy taraqqiyotini ta’minlovchi ustuvor yo’nalishlardan biri sifatida ta’lim sohasi e’tirof etildi. Ta’limni tubdan yangilash, uni mazmunan boyitish, ta’lim tizimiga ilg’or pedagogik texnologiyalarni tadbiq etish va rivojlangan ta’lim darajasiga ko’tarish mamlakatda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning asosiy g’oyasi sanaladi.

O‘zbekiston Respublikasining Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5198-sonli farmonida keltirilgan sharhida ham maktabgacha ta’limmuassasalarida yosh bolalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, insonparvarlik va yuksak ma’naviyat ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga mustaqillik, milliy o‘zlikni anglash g‘oyalarni yanada chuqur singdirish, “ommaviy madaniyat” ko‘rinishidagi yot g‘oyalarga qarshi immunitetni mustahkamlashga yo‘naltirilgan tadbirlarni amalga oshirish kabi fikrlar ilgari surilgan.

Darhaqiqat, yosh avlodning barkamol inson bo’lib yetishishi uchun u xalq, vatan tarixi, ta’lim sohasidagi ajdodlar tajribasidan xabardor bo’lishiga zaruriyat seziladi.

Maktabgacha ta’lim muassasalari xalqning boy ma’naviy va intellektual merosi hamda umumbashariy qadriyatlar asosida shaxs tarbiyasining insonparvarlik yo’nalishini joriy qilishni taqozo qiladi. Milliy tuyg’ular, g’urur, milliy qadriyat, birdamlik va hamjihatlik tuyg’usi zaminida shakllangan vatanparvarlikni ham o’z ichiga oladi.


Download 50.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling