Mavzu;Markaziy bank faoliyatining huquqiy asoslari Reja; Markaziy bank faoliyati


Download 160.5 Kb.
bet4/12
Sana05.05.2023
Hajmi160.5 Kb.
#1429231
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
MUSURMONOV ASROR 1995

regulyativ kapital — bank faoliyatini tartibga solish va prudensial normativlar hisob-kitobini amalga oshirish maqsadida hisob-kitob qilish yo‘li bilan aniqlanadigan bank kapitali;
tizimli ahamiyatga molik bank — bank tizimining barqarorligi qaysi bankning faoliyatiga bog‘liq bo‘lsa, o‘sha bank;
Oldingi tahrirga qarang.
chet el banki — chet davlatning hududida ro‘yxatga olingan, uning qonunchilikka muvofiq bank deb hisoblanadigan yuridik shaxs;
(3-moddaning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 67-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 15-avgustdagi 23/3-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Banklarni ro‘yxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning XII bobi.
hal qiluvchi egalik — shaxs tomonidan yoki birgalikda harakat qiluvchi shaxslar tomonidan yuridik shaxs ustav fondining (ustav kapitalining) bir yoxud bir necha bitim natijasida olingan kamida besh foiziga bevosita yoki bilvosita egalik qilish.
4-modda. Bank faoliyati sohasini tartibga soluvchi davlat organi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) bank faoliyati sohasini tartibga soluvchi va litsenziyalash, tartibga solish hamda prudensial nazorat bo‘yicha vakolatlarni amalga oshiruvchi davlat organidir.
5-modda. Bank operatsiyalari
Banklar tomonidan amalga oshiriladigan moliyaviy operatsiyalar jumlasiga quyidagilar kiradi:
pul mablag‘larini omonatlarga (depozitlarga) jalb etish;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 759-moddasi.
to‘lovlarni amalga oshirish, shu jumladan bank hisobvaraqlarini ochmasdan amalga oshirish;
jismoniy va yuridik shaxslarning bank hisobvaraqlarini, shu jumladan banklarning vakillik hisobvaraqlarini ochish hamda yuritish;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 771-moddasi.
kreditlarni ularning qaytarilishi, foizliligi va muddatliligi sharti bilan o‘z nomidan o‘zining mablag‘lari hamda jalb etilgan mablag‘lar hisobidan berish;
chet el valyutasi bilan naqd va naqdsiz shakllardagi operatsiyalar;
jismoniy yoki yuridik shaxs bilan tuzilgan shartnoma bo‘yicha mol-mulkni ishonchli boshqarish;
inkassatsiya va kassa xizmatlarini ko‘rsatish;
uchinchi shaxslar nomidan ularning majburiyatlari bajarilishini nazarda tutuvchi kafolatlar berish va boshqa majburiyatlarni qabul qilish;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 289-moddasi.
uchinchi shaxslardan pul shaklidagi majburiyatlarning bajarilishini talab qilish huquqini olish (faktoring);
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 749-moddasi.
qimmatli qog‘ozlarni chiqarish, xarid qilish, sotish, ularning hisobini yuritish va ularni saqlash, mijoz bilan tuzilgan shartnomaga binoan qimmatli qog‘ozlarni boshqarish, ular bilan boshqa operatsiyalarni bajarish;
affinlangan qimmatbaho metallar sotib olish va sotish, shu jumladan metallarni mas’ul saqlash hisobvaraqlarini hamda metallarning egasizlantirilgan (jismoniy bo‘lmagan) hisobvaraqlarini yuritish;
qimmatbaho metallardan yasalgan tangalarni sotib olish va sotish;
hosilaviy moliya vositalari (derivativlar) bilan operatsiyalarni amalga oshirish;
hujjatlarni yoki qimmatliklarni saqlash uchun maxsus binolarni yoki ularning ichidagi seyflarni ijaraga berish;
lizing berish;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikda nazarda tutilgan shakllarda qarzlar berish;
(5-modda birinchi qismining o‘n yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
moliyaviy operatsiyalar bilan bog‘liq maslahat xizmatlari ko‘rsatish;
aktivlar majmuini (portfelini) boshqarish;
elektron pullarni chiqarish, ulardan foydalanish va to‘lash;
bank kartalarini berish va to‘lovlarga ishlov berish, bank kartalariga boshqa tashkilotlar, jumladan boshqa moliya institutlari bilan birgalikda xizmat ko‘rsatish.
Oldingi tahrirga qarang.
Banklar banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq boshqa moliyaviy operatsiyalarni ham amalga oshiradi.
(5-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Banklar bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyada ko‘rsatilmagan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishga haqli emas.

Download 160.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling