MBF Br-92 guruhi talabasi Panjiyev Abdulhakimning audit fanidan tayyorlagan mustaqil ishi Reja: Mazkur standart O‘zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 10-iyundagi 296-son “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis XIV sessiyasida qilgan ma’ruzasida bayon etilgan asosiy qoidalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini normativ tartibga solish elementi hisoblanadi. - Mazkur standart O‘zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 10-iyundagi 296-son “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis XIV sessiyasida qilgan ma’ruzasida bayon etilgan asosiy qoidalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini normativ tartibga solish elementi hisoblanadi.
Standartning maqsadi - Mazkur standartning maqsadi auditorlar ishi sifatini nazorat qilish me’yorlarini aniqlash va belgilash hisoblanadi.
Umumiy qoidalar - Auditor ishi sifatini nazorat qilish bir necha shakllarda amalga oshiriladi
- Asosiy auditor tomonidan o‘z assistentlari ishini nazorat qilish;
- Auditorlik tashkiloti tomonidan auditor ishini nazorat qilish;
- Tashqi nazorat.
Auditor ishi sifatini nazorat qilish auditning o‘tkazilishida va auditga turdosh xizmatlarning ko‘rsatilishida audit standartlarining va O‘zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini tartibga solib turuvchi boshqa normativ hujjatlar talablariga rioya etilishini tekshirish uchun qo‘llaniladigan tashkiliy chora-tadbirlar, uslublar va tartib-taomillar tizimini ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |