Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimiz o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritganidan keyin o‘tgan tarixan qisqa vaqt ichida siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalarda katta islohotlar amalga oshirildi


Download 36.86 Kb.
bet1/4
Sana19.06.2023
Hajmi36.86 Kb.
#1619985
  1   2   3   4
Bog'liq
dildor 01


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimiz o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritganidan keyin o‘tgan tarixan qisqa vaqt ichida siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalarda katta islohotlar amalga oshirildi. Barcha islohotlar samaradorligi uning bosh omili inson salohiyatiga, dunyoqarashi va hayotga munosabatiga, Vatanga muhabbati, milliy g‘urur va iftihor tuyg‘ularining yuksak darajada shakllanishiga bog‘liq ekanligi ma’lum bo‘ldi. Shu bois uzluksiz ta’lim tizimiga oid davlat siyosatida milliy g’urur tarbiyasiga alohida e’tibor qaratildi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi. "Ta’lim to‘grisida"gi qonun, "Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi". O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning ta’lim-tarbiyaga oid qarashlarida, "O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta ta’limni tashkil etish to‘g‘risida", "2004 2009 yillarda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’limni takomillashtirish to‘g‘risidagi qarorlarida mamlakatimizning kelajagi bo‘lgan yoshlarni yuksak ma’naviy-ahlokiy fazilatlar ruhida tarbiyalashga, ularni o‘z Vatani va xalqiga sodiq fuqarolar sifatida shakllantirishga alohida e’tibor qaratilishi bejiz emas.
"Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi"da, uzluksiz ta’lim sohasidagi isloxotlar yo‘nalishlari belgilanib, "milliy mustaqillik prinsiplari va xalqning boy intellektual merosi hamda umumbashariy qadriyatlarning ustuvorligi asosida ta’limning barcha darajalari va bo‘g‘inlarida ta’lim oluvchilarning ma’naviy va ahloqiy fazilatlarini rivojlantirish" ekanligi belgilab qo‘yilgan. Milliy istiqlol mafkurasi negizidagi umuminsoniy kamolot bosqichlarining muhim qismi bo‘lgan milliy ma’naviy qadriyatlar aynan ana shu maqsadga xizmat qilishga qaratilgandir. Zero, o‘zligini anglash orqali komillikka intilayotgan har bir kishi hayotga befarq qaramaydi, o‘z taqdirini millat va vatan taqdiridan ayricha tushunmaydi. Shuning uchun ham vatan va u bilan faxrlanish tushunchasi,

4

vatanparvarlik tarbiyasi hamma davrlarda sharqona tarbiyaning muhim qismini tashkil qilgan, eng qadimgi yozma yodgorliklar: "O‘rxun-Enasoy" bitiktoshlari-yu "Avesto"dan tortib, xalq og‘zaki ijodining "Go‘ro‘g‘li", "Alpomish", "Avazxon", "Kitobi"dada Ko‘rkut" kabi namunalarigacha shundan dalolat beradi.



Yoshlarda ma’naviy-axloqiy kamolot va vatanparvarlik bilan bog’liq faxr-iftihor, milliy g‘urur tuyg’ularini shakllantirish barcha zamonlarda ilg’or fikrli kishilarning diqqat markazida bo‘lib kelgan. Jumladan, Sharqning buyuk allomasi Abu Rayhon Beruniy yozadi: "Faxrlanish haqiqatda yaxshi hulqlar va oliy fe’llarda oldin ketish, ilmu hikmatni egallash va imkoniyat boricha mavjud nopokliklardan tozalanishdir. Kimda shunday sifatlar topilsa, hulq uning foydasiga va kimda bular yetishmasa, hulq uning zarariga bo‘ladi" .
Mustakillik sharofati bilan milliy g‘urur, milliy iftixor tushunchalari vatanparvarlik tushunchasi bilan uyg’unlashib, yangicha mazmun kasb etdi.
Milliy g‘urur o‘zi nima? "Mustakillik" nomli izoxli, ilmiy- ommabop lug’atda unga quyidagicha ta’rif berilgan: "Milliy g‘urur har bir millatning o‘z-o‘zini anglash natijasida sodir bo‘ladigan ichki ruhiy kayfiyati. Bu tuyg’u o‘z onazamini, avlod-ajdodlari tomonidan qoldirilgan madaniy, manaviy merosdan, o‘z millatining jahon sivilizasiyasiga qo‘shgan xissalaridan, o‘zga millatlar oldidagi qadr-qimmati, obro- e’tiboridan faxrlanish xissiyotidir" [81; 235-236].
Milliy g‘urur va milliy ongni uyg‘otish hamda shakllantirish insonning o‘z-o‘zini anglashidan boshlanadi. O‘zlikni anglash esa butun borliqni, hayot va abadiyatning tub mohiyatini anglashga yo‘l ochadi.
Bizningcha, milliy g‘urur o‘z yurtining tarixini bilish, xalqning madaniy merosini ximoya qilish va uni avaylab-asrab kelajak avlodlarga yetkazish, milliy qadriyatlarni tiklash, shu yo‘l bilan millat va vatan

5

taraqqiyotiga xizmat qilish bilan belgilanadi. Bu boradagi eng katta yutug‘imiz o‘z boyligimizga o‘zimiz ega bo‘lganimizdir. Binobarin, yoshlarga bu boyliklarning qadriga yetish zarurligini o‘rgatishimiz, ularda ajdodlarimizga munosib vorislik, gurur va ishonch tuyg’ularini tarbiyalashimiz kerak. Ma’naviy-axlokiy komillik, vijdoniylik, or- nomuslilik, yaqinlariga g‘amxo‘r bo‘lish va boshqa insoniy tuyg‘ular o‘z-o‘zidan paydo bo‘lib qolmaydi. Ularning asosida tarbiya yotadi. Bu borada uzluksiz ta’limning ilk bo‘g‘inlaridan bo‘lgan boshlang‘ich ta’lim tizimida o‘quvchilarni xalq og‘zaki ijodi namunalari vositasida tarbiyalash muhim axamiyat kasb etadi.


"Bizning eng katta yutug‘imiz o‘z boyligimizga o‘zimiz ega bo‘lganimizdir. Binobarin, yoshlarga bu boyliklarning qadriga zarurligini o‘rgatishimiz, ularda minnatdorchilik, g‘urur va ishonch tuyg’ularini tarbiyalashimiz kerak. Ma’naviy-axloqiy mukammallik, vijdoniylik, or-nomuslilik, yaqinlariga g‘amxo‘r bo‘lish va boshqa insoniy tuyg’ular o‘z-o‘zidan paydo bo‘lib qolmaydi. Ularning asosida tarbiya yotadi" [125: 127-128].
Bu borada uzluksiz ta’limning ilk bo‘g‘inlaridan bo‘lgan boshlangich ta’lim tizimida o‘quvchilarni xalq og’zaki ijodi namunalari vositasida tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 2006 yil 25 avgustdagi "Milliy g‘oya targ‘iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish to‘g‘risida"gi PK 451-sonli Qarorida “Hozirgi murakkab va taxlikali davrda yoshlarimizni turli mafkuraviy xurujlardan ximoya qilishda milliy g‘urur, komil inson tarbiyasi bilan bog‘liq tuyg‘u va tushunchalarni yosh avlod qalbi va ongiga singdirishda ta’sirchan usul- uslublardan foydalanish" [120; 26 avgust] kabi vazifalarning belgilanishi bejiz emas.
Milliy g‘ururi baland inson adolatsizlikka, nohaqliklarga, subutsizlikka, yolg‘onga, aldamchilikka, milliy kamsitilishga, millat va

6

Vatan xoinlariga, xiyonatga, obro‘-e’tiborining toptalishiga nisbatan murosasiz bo‘ladi. G’ururi baland inson laganbardorlik, manmanlik kabi illatlarga bosh egmaydi, ezgu amallari yo‘lida kerak bo‘lsa, jonini ham fido qiladiki, lekin o‘zgalarga ozor bermaydi, sotqinlik, diyonatsizlik, nodonlik qilmaydi. Milliy g‘ururni tarbiyalash uzok davom etadigan jarayon bo‘lib, uning samaradorligi ko‘p jihatdan boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tarbiyasiga belgilaydi. bog‘liqligi ayni tadqiqot mavzusining dolzarbligini




Download 36.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling