Mavzuning dolzarbligi. O’zbekistonning mustaqilligi milliy tasviriy san’atni


Download 7.93 Kb.
Pdf ko'rish
Sana03.06.2024
Hajmi7.93 Kb.
#1841877


Mavzuning dolzarbligi. O’zbekistonning mustaqilligi milliy tasviriy san’atni 
taraqiyotiga zamin yaratdi. Bu davrda tasviriy san’atning rangtasvir
xaykaltaroshlik, grafika turlari, uning ko’pgina janrlari rassom va 
xaykaltaroshlarning erkin ijodiy faoliyatlar keng tus oldi. Sobiq Ittifoq davrida 
ijodkorlar yagona sostialistik realizm oqimida ijod qilgan bo’lsalar, xozir ular ham 
ikkilanmasdan o’zlarini qiziqtirirayotgan avangardizm, romantizm, impresionizm, 
abstrakstionizm va boshqa qator oqimlarda va mavzularda yuksak badiiy saviyada 
asarlar yaratmoqdalar. 
Mamlakatimizda tasviriy san’atning taraqiyotiga O’zbekiston badiiy 
Akademiyasini tashkil etilishi ham muhim ahamiyat kasb etdi. Mazkur Akademiya 
qoshida Komoliddin Behzod nomidagi milliy rassomchilik va dizaayn instituti, 
san’atshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti, ko’plab rassomchilik, dizayn kollejlari
“San’at” jurnali faoliyat ko’rsatmoqda. Milliy rassomchilik va dizayn institutida, 
tasviiy san’at yo’nalishlardagi kollejlarda jaxon standartlariga mos keladigan milliy 
kadrlar etishib chiqmoqda va ular O’zbekiston san’atini yangi bosqichiga olib 
chiqishi shubxasizdir. 
Prezidentimiz SH.M.Mirziyoev O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 
qabul qilinganining 24 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma`ruzasida 
“Ta`lim va tarbiya, ilm-fan, sog’liqni saqlash, madaniyat va san`at, sportni 
rivojlantirish masalalari, yoshlarimizning chuqur bilimga ega bo`lishi, chet tillarini 
va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini puxta egallashini 
ta`minlash doimiy ustuvor vazifamiz bo`lib qoladi”
1
deya aytib o`tdi. SHuningdek, 
ushbu ma`ruzada “Biz ta`lim va tarbiya tizimining barcha bug’inlari faoliyatini 
bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o`zimizning birinchi darajali 
vazifamiz deb bilamiz” deb aloҳida ta`kidladilar. 
1
Mirziyoyev Sh. O`zbekiston Respublikasini Konctitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag’ishlangan 
tantanali ma’ruzasi. 2018 yil 

Download 7.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling