Mavzuning dolzarbligi
Download 18.47 Kb.
|
kirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muammoning o‘rganilganlik darajasi
- Tadqiqot maqsadi
- Tadqiqot vazifalari
- Tadqiqot metodologiyasi: O
- Tadqiqot obekti
- Bitiruv malakaviy ishining ilmiy yangiligi
- Ilmiy tadqiqot ishining tuzilishi
Mavzuning dolzarbligi. Istiqlolimiz sharofati tufayli yosh avlodni tarbiyalashdek muhim ishlarni avlodni tarbiyalashdek, g‘oyaviy-mafkuraviy dunyoqarashlarini shakllantirish ya’ni har tomonlama yetuk, barkamol shaxs qilib tarbiyalashdek muhim va sharafli vazifalarni bajarish o‘z ixtiyoriga o‘tadi. Keyingi yillarda mamlakatimizda xalqimizning maʼnaviy-maʼrifiy saviyasini yuksaltirish, madaniyat va sanʼat muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, soha vakillarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Prezidentning 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini kelgusida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida farmoyishi oldimizga qo‘yilgan ustuvor vazifalarni amalga oshirishga oiddir. Istiqlol sharofati bilan yurtimizda “Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish” yo‘lidan borar ekanmiz, jamiyatimizning barcha sohalarida tub o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. O‘sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama mukammal inson qilib tarbiyalash hozirgi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Prezidentimiz ham, “Kuy, qo‘shiqqa, san’atga muhabbat, musiqa madaniyati xalqimizda bolalikdan boshlab oila sharoitida shakllanadi. Uyida dutor, doira yoki boshqa cholg‘u asbobi bo‘lmagan, musiqaning hayotbaxsh ta’sirini o‘z hayotida sezmasdan yashaydigan odamni bizning yurtimizda toppish qiyin desak mubolag‘a bo‘lmaydi” – deya musiqiy madaniyatning tarbiyaviy kuchiga yuksak baho beradilar. Ajdodlarimiz ham musiqiy tarbiyaning tarbiyaviy kuchiga yuksak e’tibor bilan qarashgan. Yosh avlodni bobokalonlarimiz Alisher Navoiy, Mirzo Ulug‘bek, Abu Ali Ibn Sino, Zahiriddin Muhammad Boburdek yetuk shaxs egalariga o‘xshab yetishishlari uchun, ularning kashfiyotlari va ijodiy namunalarini misol qilgan holda, yosh avlodning o‘ziga bo‘lgan ishonchini orttirish maqsadida, ularga bilim berish bilan birga, ruhan va ma’naviy ko‘mak bermog‘imiz lozim. Xorshunoslikni tadqiq etishda xor san’atining buyuk darg‘alarining hayotiy tajribalarini o‘rganish, ularni tahlil etish orqali o‘z kasbimiz bo‘yicha egallayotgan bilimlarimiz yanada mustahkamlashib boradi. Jahon musiqa madaniyatining barcha davrlarida xor san’atida xorshunoslik bo‘yicha yozilgan olimlarning ilmiy qarashlari doimiy ravishda dolzarb bo‘lgan. Xor san’ati – musiqa san’atining janrlari orasida o‘zining ommaviyligi va demokratik xususiyatlarga egaligi bilan ajralib turadi. Hozirgi kunda u keng tarqalgan asl xalq san’ati turiga aylangan. Bu san’at turi insonlarni musiqiy tarbiyalashda, estetik qarashlarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Odamlarning bir-biriga chambarchas bog‘liq bo‘lgan ma’naviy ongi, didiga, bir yagona g‘oya, yagona ijroni maqsad qilib, so‘z va musiqadagi tuyg‘uni jamoa bo‘lib ijro etish, ularni yanada jipslashtiradi. Bu san’at doimo xalq qo‘shiqchilik ijodiyoti bilan bog‘liq bo‘lib, turli millatlar musiqa madaniyatining shakllanishi va rivojlanishida katta ahamiyatga egadir.
Shuningdek, “Jahon xor san’ati xorshunoslikni tadqiq etishda olimlarning ilmiy qarashlari” mavzuimizda to‘plangan aksariyat ma’lumotlar o‘zbek tilida emasligi va ayrim ilmiy qarashlar hozir kunda o‘z dolzarbligini yo‘qotgan. Tadqiqot maqsadi: Bizning mintaqamiz, ta’lim berish jarayonlarimiz, va mentalitetimizda mos keladigan ilmiy qarashlarni chuqur o‘zlashtirish, xor san’atini tarixiy va zamonaviy tajribalarda tadqiq qilish, xormeysterlarning metodik madaniyat qirralarini yanada takomillashtirish. Tadqiqot vazifalari: - Dunyo xor san’ati pedagog-mutafakkirlarining ilmiy qarashlari va faoliyatini nazariy о‘rganish; - Yurtimizda faoliyat olib borayotgan xor jamoalarining ijodiy madaniyati darajasini tadqiq qilish; - Ilmiy-nazariy bilimlarini amalda foydalanish darajasi; Tadqiqot metodologiyasi: O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qonunlari, Prezident farmonlari,Vazirlar Mahkamasi qarorlari, O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasi dasturi, “Davlat ta’lim standartlari”, Oliy ta’lim to‘g‘risidagi Nizomlar va meyoriy hujjatlar, mavzuga oid ilmiy adabiyotlari, elektron o‘quv adabiyotlarini, ilmiy jurnallarda nashr etilgan mavzuga mos maqolalar tashkil etadi. Tadqiqot ishining metodi: Mavzuga doir ilmiy va nazariy adabiyotlarni o‘rganish, mavzuni ochib berishga yo‘naltiruvchi ma’lumotlarni to‘plash tahlil qilish, amaliyot jarayonida o’qib o’rgangan bilimlarini mavzuga yo’naltirish , umumlashtirish. Tadqiqot obekti: Ilmiy jurnallar, “Xorshunoslik”ka oid adabiyotlar, jahon xor san’ati darg‘alarining fikrlari. Tadqiqot predmeti: Ta’lim jarayonining o’qitishning zamonaviy talablari, tarixiy qiyosiy, kasbiy mahorat, va foydalanadigan ilmiy manbaalar. Bitiruv malakaviy ishining ilmiy yangiligi: Ta’lim tizimida ilmiy qarashlarni tarix va zamon talqinida nazariy o’rganilganligida. Bitiruv malakaviy ishining amaliy ahamiyati: Ilmiy izlanish jarayonida o‘tkazilgan qidiruvlar va tadqiqot natijasida to‘plangan ilmiy xulosalardan uslubiy tavsiyalar ishlab chiqilib, mutaxassislik bo‘yicha kerakli joylarga Ilmiy tadqiqot ishining tuzilishi: : Kirish, ikki bob, 5 bo‘limlar, xulosa, glossariy va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Download 18.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling