Mavzuning dolzarbligi va asoslanishi


Download 1.07 Mb.
bet1/8
Sana18.06.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1598072
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Salimova sarvinoz baxtiyorovna


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
Biologiya fakulteti. Botanika va o’simliklar fiziologiyasi kafedrasi
5140100-Biologiya (fan yo’nalishi bo’yicha)

SALIMOVA SARVINOZ BAXTIYOROVNA


Astragalus turkumi o’simliklari hujayra kulturalarining fiziologik xususiyatlarini o’rganish

KURS ISHI

Ilmiy rahbar: B.f.d.prof.K.S.Safarov.

Toshkent-2021

Mundarija:
Kirish…………………………………………………….
I.Bob. Adabiyotlar sharhi………………………………..
I.1.Astragalus turkumi o’simliklari sistematikasi va tarqalishi……………………
I.2. Astragalus turkumi o’simliklarining o’sish sharoiti va botanik tavsifi………..
I.3. Astragalus turkumi o’simliklarining kimyoviy tarkibi va ahamiyati………….
II.Bob. O’simliklarni mikroklonal ko’paytirish………….
II.1.O’simliklarni klonal ko’paytirishni o’rganish tarixi………………………………………….
II.2. O’simliklarni klonal ko’paytirishning ahamiyati………………………………
Xulosalar………………………………………………….
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati……………………….

Kirish
Mavzuning dolzarbligi va asoslanishi. Davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan ijtimoiy, iqtisodiy islohotlarning barchasi xalqimizning shon-shuhrati, mavqei, turmush tarzi, salomatligini yanada yaxshilashga qaratilgan. Ayniqsa insonlarni salomatligi hamda ertangi kun davomchilari bo’lgan yosh avlodning turmush tarziga katta e’tibor qaratilmoqda.


Hozirgi kunda dunyo aholisi sonining ortishi, o’z navbatida dori-darmon, oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan talabini yanada oshirmoqda, shu bilan bir vaqtda kishi organizmining barcha zarur moddalarga bo’lgan ehtiyojining to’liq ta’minlanishi ham faqat yetarli miqdorda oziqlanishga bog’liq bo’lmasdan, balki oziq-ovqatning xilma-xilligi ozuqabop o’simliklar hisobiga boyitishni taqozo etadi.
Tabiat ne’matlari tarkibida jo bo’lgan har bir moddaning o’ziga xos organizm uchun foydali, shifobaxsh tomonlari bo’ladi.
O’simlik xom-ashyolaridan tayyorlangan dori-darmonlarga bo’lgan talab yildan-yilga ortib bormoqda. Darhaqiqat shunday ekan, bu talabni to’liq qondirish uchun o’simlik boyliklaridan to’g’ri va oqilona foydalanishga, ulardan ko’proq dori-darmon tayyorlashga e’tibor berish kerak.
Mamlakatimizda ham mahalliy dorivor o’simlikshunoslikni rivojlantirish sohasida ko’pgina ilmiy va amaliy ishlar bajarilmoqda. Dori-darmon ishlab chiqarish tarmog’ining o’simliklar hom ashyosiga bo’lgan talabi imkon darajasida qondirilmoqda va bu talab ikki yo’nalishda amalda oshirilmoqda:
1.O’zbekiston florasiga mansub bo’lgan dorivor o’simliklardan oqilona foydalanish, zahiralari kamayib ketayotgan turlarni ko’paytirish va madaniylashtirish
2.Chet el florasiga mansub dorivor o’simliklarni mahalliy sharoitga introduksiya qilish, ularning bioekologik xususiyatlarini o’rganish va yetishtirish usullarini ishlab chiqish, plantatsiyalar barpo etish.
Bugungi kunda dunyo miqyosida o'simlik metabolitlari asosida dorivor preparatlar yaratish va amaliyotga joriy etishga qaratilgan tadqiqotlar soni ortishi kuzatilmoqda. Jumladan, dori vositalari yaratish uchun manbalarni aniqlash faqat yangi topilgan tabiiy birikmalar ajratish bilan chegaralanib qolmay, balki shu
tabiiy birikmalarning foydalilik hususiyatlarini yaxshilash maqsadida
modifikasiyalash usullarini ishlab chiqish katta ahamiyatga ega. Shu munosabat
bilan, bu sinfning ayrim vakillari biologik faolligining keng spektrligini
hisobga olganda sezilarli darajada qiziqish uyg’otadi.

Bu sinf birikmalarida gipotenziv, diuretik, kardiotonik, gipolipidemik, o'smaga,


viruslarga, shamollashga qarshi, antibakterial, immun muvofiqlashtiruvchi,
neyro-, gepato- va gastoprotektor ta'sirlar aniqlangan. Kimyoviy transformasiyalash va biotransformasiyalash natijasida aniq terapevtik
ta'sirga ega mahsulotlar olishga qaratilgan ishlar amalga oshirilgan.
Sikloartan glikozidlarining zaharli hususiyatlarining pastligi va
kumulyativ hossalarining yo'qligi, ularning terapevtik nuqtai nazardan keng
qo'llanilishini ta'minlaydi. (9)

O'zbekiston florasida glikozid va mineral moddalarilari manbai sifatida Astragalus turiga mansub o'simliklar hizmat qiladi, ularning kimyoviy tarkibi va farmakologik hususiyatlarini aniqlash, mahalliy hom ashyolar asosida dori vositalari yaratish imkonini berib, O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish Strategiyasining «Farmacevtika sanoatini rivojlantirish, shuningdek aholini, tibbiyot maskanlarini arzon, yuqori sifatli dori va tibbiyot vositalari bilan ta'minlash»(1) to'rtinchi ustivor yo'nalish doirasida muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.


«Farmasevtika tarmog’ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora- O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 noyabrdagi PF-5229-son tadbirlari to'g’risida» va 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son «O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g’risida» Farmonlari hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu dissertasiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.


Astragalus turkumidagi 93 turdagi o'simliklardan 236 ta sikloartanlar qatoriga mansub glikozidlar ajratib olingan. Shuningdek, Astragalus turkumidagi o'simliklar ekstraktlari va ulardan ajratib olingan individual moddalarning biologik faolligi o'rganilmoqda. Shuningdek, bundan tash?ari ajratib olingan glikozidlar yuqori gipoholesterinemik, kardiotonik, sedativ, diuretik faollikka ega bo'lib,


ular orasida antiblastom ta'sirga ega moddalar va interferon induktorlari
aniqlangan. Ulardan biri - ciklosiversiozid F – asosida kardioprotektorli
preparat ishlab chiqilmoqda.



Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling