Mavzuning o‘rganilganlik darajasi


dovyuraklik, mehnatsevarlik, halollik, vafodorlik, to`g`rilik, saxiylik


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/25
Sana08.08.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1665736
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25
dovyuraklik, mehnatsevarlik, halollik, vafodorlik, to`g`rilik, saxiylik 
g`oyalarini ilgari surdi, ulug`ladi. Safarga otlangan botirning bir siqim tuproqni 
o`zi bilan birga olib ketganligini hikoya qiluvchi ertakni eslang. Ana shu bir siqim 
vatan tuprog`i o`zgalar yurtida unga kuch-quvvat ato etadi, yaralanganda dardiga 
malham bo`ladi, maqsadga yetishida madad beradi. Ana shunday xalq prozasi — 
ertakda, ayniqsa, romantik tasvir kuchli bo`ladi. Unda qahramon jabr-jafo chekadi. 
Lekin oxiri baxtiyor bo`ladi, tengsiz jangda, kurashda g`olib chiqadi. Bunda 


43 
romantik yechim — xotima xalqning idealidan, uning orzu-umididan kelib chiqadi. 
Busiz mumkin emas, ertak xalqning o`z kuch-qudratini anglab olishga madad 
berishi, uni baxtiyor kelajakka tomon ilhomlantirishi, kurashga chorlashi va shu 
kurashning (abstrakt bo`lsa-da) g`alabasiga ishontirishi kerak. Bunday optimistik 
yo`nalish turli ertaklar (hayvonlar haqidagi ertaklarda ham, sehrli-afsonaviy 
ertaklarda ham, ijtimoiy-maishiy ertaklarda ham, hayotiy ertaklarda ham)da ufurib 
turadi. Misol tariqasida „Kambag`al qiz―, „Podachining qizi―, „Zumrad va 
Qimmat―, „Ota vasiyati―, „Ko`k qo`chqor―, „Uch og`ayni botirlar―, „Kambag`al-
qashshoq―, „Ahmadlar― kabi ertaklarni olib ko`raylik. Bunday ertaklarda 
mehnatkash xalqning mung va zori, qayg`u va hasrati ham, quvonchi va baxtli
shod va erkin kunlarga intilishlari ham o`z ifodasini topgan, yaxshi yashash 
haqidagi ezgu niyat, orzu-umidi aks etgan. O`tmishda qashshoq yashagan, og`ir 
mehnatdan tinkamadori qurigan, och-yupun, bir parcha nonga zor bo`lgan kishilar 
farovon turmush, yaxshi kunlar haqida orzuistaklarini o`z og`zaki ijodlari orqali 
bayon qilganlar.
Mehnatkash xalqning turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan bunday 
ertaklarning qahramonlari turli toifadagi kishilar: biri cho`ri, biri ishsiz — 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling