Mavzuning o‘rganilganlik darajasi
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
Maishiy ertaklarning yana bir xususiyati unda ijodkor shaxsining o`z davri,
zamonning eng ilg`or, hali ko`pchlikka ma`lum bo`lmagan tafakkuri mevalarini uqish mumkin. Ba`zan esa, yaqin kelajakda sodir bo`lishi mumkin bo`lgan voqea- hodisalarning «bashorati» ham ifodalangan bo`ladi. Antuan de Sent Ekzyuperining kichikina Shahzodasi oyga, o`zga sayyoralarga sayohat qiladi, ammo yerdagi, o`z uyidagi aziz tuyg`ularni, jonivorlarni, balki xotiralarini hech qayerdan topa olmaydi. Xuddi Shunday holatni Andersenning ―Suv parisi‖ ertagida ham uchratamiz. Asar qahramoni kenja malika suv betini ko`rishni orzu qiladi, quyoshni, daraxtlarni, odamlarni ko`rish uning armoniga aylanadi. Guliver o`z sayohati davomida ulkan va mitti odamlar yurtida (ulug`vor va bachkana jamiyatlar) bo`lib qaytadi. Umuman olganda shu kabi adabiy ertaklar o`z jozibasi bilan bolani o`ziga rom etadi. Uni vataniga va xalqiga sadoqatli, mehnatsevar, halol, pok, vijdonli inson bo`lib tarbiyalanishida muhim ro`l o`ynaydi. Chet el adiblarining ertaklari ta`sirida o`zbek bolalar adabiyotiga ijobiy ta`sir etdi. Shuning uchun keyingi 15-20 yil ichda bolalar adabiyotining obro` e`tibori, bunda adabiy ertaklarning o`rni nihoyatda kuchaydi. Rus adabiyotining S.Marshak, A.Barto singari adiblari asarlarini deyarli butun dunyo bolalari o`qib chiqishdi. O`zbek adabiyotida ham M.Osim, X. To`xtaboevlarning hikoya va qissalarini Q.Muhammadiy, T.Adashboev, A.Obidjon kabi shoirlarning she`r hamda ertaklarini respublikamiz bolalari qiziqib o`qishmoqda. Maktab tajribasidan ma`lumki, kichik yoshdagi o`quvchilar ertakdagi hayvonlar gapirmasligini, tulki va turna bir-birinikiga mehmonga bormasligini yaxshi biladilar, ammo ertaklar dunyosini hayotiy hikoya kabi qabul qiladilar. Ertakni o`qib tahlil qilganda, barcha ishlar uning mazmunini yaxshi idrok etishga, syujet rivojini, qatnashuvchi personajlarning xatti-harakati, o`zaro munosabatlarini to`g`ri tasavvur etishga yo`naltiriladi. Bunda tanlab o`qish va qayta hikoyalashning 49 ahamiyati katta. Masalan, «Odobli bo`lish osonmi?» (A. Obidjon) ertagining mazmunini o`zlashtirish uchun quyidagi topshiriqlardan foydalanish mumkin: 1. Sichqonchaning onasi bilan qilgan suhbatini o`qing. Sichqonchaning «Odobli bo`lish uchun nimalar qilish kerak?» degan savoliga onasi qanday javob qaytarganligini so`zlab bering. 2. Sichqonchaning Mushuk bilan uchrashgan holati aks ettirilgan o`rinni topib o`qing. Nima uchun «Shum Baroq» ko`zidagi yovuzlik birdaniga so`nadi? 3. Echki nima uchun Sichqonchani «Kam bo`lma» deb duo qiladi? Shu o`rinni topib o`qing. Ertakni tahlil qilishning oxirgi bosqichda «Ertakda sizga juda yoqqan joyini topib o`qing», «Nima uchun aynan shu joyi yoqqanini ayting», «Hayotingizda ertakdagi voqealarga o`xshash voqealar bo`lganmi?» kabi savol-topshiriqlar yordamida o`quvchilarning ertak xulosasini tushunishlariga erishiladi. Boshlang`ich sinf o`quvchilari hayvonlar haqidagi majoziy ertaklardan tashqari, «Davlat», «Ilm afzal», «Hiylagarning jazosi», «Hunarsiz kishi o`limga yaqin» kabi maishiy ertaklarni ham o`qiydilar. Bunday ertaklarda xalq o`z hayotini hikoya qiladi, shu sababli o`quvchilar ertakni o`qigach, o`tmishdagi xalq hayotini, o`y- fikrlari va orzu-istaklarini bilib oladilar. Bunday ertaklarni tahlil qilish badiiy hikoya tarzida uyushtiriladi. Bolalar O`qituvchi rahbarligida ertakda qatnashuvchilarning hulq - atvori, ayrim xatti-harakatlarini baholaydilar, ularning bir-birlariga bo`lgan munosabatlarini aytadilar va shular asosida ayrim obrazlar haqida xulosalar chiqaradilar, ertak rejasini tuzadilar, ertakni rollarga bo`lib o`qiydilar. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling