NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI FIZIKA MATEMATIKA FAKULTETI FIZIKA ASTRANOMIYA TA’LIM YO’NALISHI 3-A GURUH TALABASI ABDUSALIMOVA NAZOKATNING FIZIKA (LABORATORIYA)FANIDAN TAYYORLAGAN DARS TAQDIMOTI MAVZU;QATTIQ JISMLARNING SOLISHTIRMA ISSIQLIK SIG’IMINI ANIQLASH - ISHNING MAQSADI: Qattiq jismlarning solishtirma issiqlik sig’imini tajribada aniqlash.
- KERAKLI JIHOZLAR: Kalorimetr,tarozi,tarozi toshlari,termometr,solishtirma sig’imi aniqlanadigan 3 ta jism,qaynoq suv.
- Issiqlik uzatish jarayonida jismga berilgan yoki undan olingan energiya issiqlik miqdori deb ataladi va Q harfi bilan belgilanadi.1 gramm distillangansuvni 19,5C dan 20,5C gacha isitish uchun kerak bo’lgan issiqlik miqdori 1 kaloriya deb qabul qilingan.Modda temperaturasi 1 K ga o’zgartirish uchun unga berilishi zarur bo’ladigan issiqlik miqdoriga shu moddaning issiqlik sig’imi deyiladi.
Q=C(T2-T1) Q=C(T2-T1) - Massalari bir xil bo’lgan turli moddalarning temperaturasini bir xil qiymatga ko’tarish uchun ularga turli miqdorda issiqlik berish kerak bo’ladi.Masalan,1 kg suvning temperaturasini 1 K ga ko’tarish uchun 4180 J issiqlik miqdori zarur bo’ladi.1 kg moddaning temperaturasini 1 K o’zgartirish uchun berish zarur bo’lgan issiqlik miqdori shu moddaning solishtirma issiqlik sig’imi deb ataladi va c harfi bilan belgilanadi.
- Ta’rifga ko’ra,solishtirma issiqlik sig’imi c quyidagicha ifodalanadi;
- c=C/m yoki c=Q/m(T2-T1)
- Bunda Q-moddaga berilgan issiqlik miqdori,m-mazkur moddaning massasi,T1 va T2 moddaning avvalgi va keyingi temperaturalari.
- Solishtirma issiqlik sig’imining asosiy o’lchov birligi;1J/kg*K.
AYRIM MODDALARNING SOLISHTIRMA ISSIQLIK SIG’IMINI KELTIRILGAN JADVAL
N
|
Modda
|
c,J/kgK
|
c,kal/kgK
|
N
|
Modda
|
c,J/kgK
|
c,kal/kgK
|
1
|
Oltin
|
120
|
28,8
|
7
|
Temir
|
450
|
108
|
2
|
Qo’rg’oshin
|
130
|
31,2
|
8
|
Po’lat
|
500
|
120
|
3
|
Simob
|
139
|
33,4
|
9
|
SHisha
|
840
|
202
|
4
|
Qalay
|
230
|
55,2
|
10
|
Alimuniy
|
900
|
216
|
5
|
Kumush
|
240
|
57,6
|
11
|
Muz
|
2100
|
504
|
6
|
Mis
|
390
|
93,6
|
12
|
Suv
|
4200
|
1000
| Uyga vazifa: O’rganilgan mavzu savollariga javoblar tayyorlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |