Mavzusi : Bolalarda fazoviy tasavvurini rivojlantirishga qaratilgan oʻyinlarni tashkil etish metodikasi
Download 152.62 Kb.
|
Bolalarda fazoviy va vaqt tasavvurlarni shakllantirish
Mavzusi :Bolalarda fazoviy tasavvurini rivojlantirishga qaratilgan oʻyinlarni tashkil etish metodikasi MUNDARIJA: Kirish
I BOB Bolalarda fazoviy tasavvurlarni shakllantirish. fazo va fazoda mo‘ljal olish haqida tushuncha I.1. Kichik guruhda bolalarni vaqt va fazoda mo’ljalga olishga o’rgatishning uslubiy yo'llari I.2. O’rta guruhda bolalarni vaqt va fazodada mo’ljalga olishga o’rgatish ahamiyati II BOB Maktabgacha yoshdagi bolalarda fazoviy yo'nalishni rivojlantirish xususiyatlari. II.1. Maktabgacha taʼlimda katta guruhda bolalarni vaqt va fazoda mo’ljalga olishga o’rgatish oziga xos xususiyatlari II.2. Tayyorlov guruhda bolalarni vaqt va fazoda mo’ljalga olishga o’rgatish. Xulosa
KIRISH. MAVZUNING DOLZARBLIGI.Hozirgi paytda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalashga alohida e’tibor bermoqda. O`zbekiston Respublikasi Ta’lim to`g`risidagi qonunning 23 -moddasiga ko’ra rivojlanishda jismoniy yoki psixik kamchiliklarga ega bo`lgan anomal bolalar ta’lim olish huquqiga ega. Bizning mamlakatimizda bolalarga yordamni tashkil etish – inson haqida g`amxo`rlik ko`rsatilishining yorqin namunalaridan biridir. Maktabgacha yoshdagi bolalarda “o’ziga” nisbatan mo’ljal olishga o’rgatishdan, iborat, boshqacha aytganda, kichkintoy bunda “o’ziga” nibsatan o’ng, chap, yuqori tomonlarni ajrata oladigan bo’la olishi kerak. O’z tanasiga nisbatan fazoda tomonlar bo’yicha mo’ljal olish bu mo’ljal olishning bpripchi umumlashtirilgan usulidir. “O’ziga” va “o’zidan” ga nisbatan mo’ljal olishda “o’ng-chapni”ni farqlash eng ko’p qiyinchilik tug’diradi. Mana shuning uchun ham bola oldin o’z qo’llarini farqlashga o’rgatiladi. Dasturnnng bu vazifasi ustida ishlash keyingi yosh guruhida ham davom ettiriladi. KURS ISHINING OBYEKTI. Maktabgacha ta’lim muassasasi,oila va ta’lim jarayoni. KURS ISHINING PREDMETI. Bog’chagacha yoshdagi va maktabgacha yoshdagi bolalar va ularda fazoviy tasavvurini rivojlantirishga qaratilgan oʻyinlarni tashkil etish metodlari, mazmuni, shakl va usullari. KURS ISHINING MAQSADI. Bog’chagacha va maktabgacha yoshdagi bolalarda fazoviy tasavvurlarni rivojlantirishning qulay va samarali metodlardan foydalanish yuzasidan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish. KURS ISHINING VAZIFASI.Dasturning asosiy vazifasi kichkintoyni “o’ziga” nisbatan mo’ljal olishga o’rgatishdan, iborat, boshqacha aytganda, kichkintoy bunda “o’ziga” nisbatan o’ng, chap, yuqori tomonlarni ajrata oladigan bo’la olishi kerak. O’z tanasiga nisbatan fazoda tomonlar bo’yicha mo’ljal olish bu mo’ljal olishning birinchi umumlashtirilgan usulidir. “o’ziga” va “o’zidan” ga nisbatan mo’ljal olishda “o’ng-chapni”ni farqlash eng ko’p qiyinchilik to’ldiradi. Mana shuning uchun xam bola oldin o’z qo’llarini farqlashga o’rgatiladi. Download 152.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling