Mavzusi : Bolalarda fazoviy tasavvurini rivojlantirishga qaratilgan oʻyinlarni tashkil etish metodikasi


O’rta guruhda bolalarni vaqt va fazodada mo’ljalga olishga o’rgatishning ahamiyati


Download 152.62 Kb.
bet4/8
Sana29.03.2023
Hajmi152.62 Kb.
#1306939
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Bolalarda fazoviy va vaqt tasavvurlarni shakllantirish

1.2. O’rta guruhda bolalarni vaqt va fazodada mo’ljalga olishga o’rgatishning ahamiyati

Bolalar bog’chasida tarbiya va tahlim dasturining “Fazoda mo’ljal olish” bo’limi ikkinchi kichik yoshdan boshlab berilgan. Ammo bolalarda fazoviy idrok va elementar tasavvurlarni rivojlantirish bo’yicha maqsadga muvofiq ishni, bizning fikrimizcha, ilk yoshdayoq boshlash kerak. Uch yoshgacha bo’lgan bolalarda tevarak –atrofda uy sharoiti, guruh xonasida, buyumlarning, o’yinchoqlarning odatdagi joylashuvlarida juda katta qiziqish bilan amaliy orientir (mo’ljal) olish bo’yicha har xil tajriba to’plash davridir. Shuning uchun ham katta odam bolani xonalarning (guruh xonasi, uxlash xonasi, yuvinadigan xona, hojatxona), buyumlarning, narsalarning, o’yinchoqlarning fazoviy joylashuvlari bo’yicha erkin mo’ljal olishga o’rgatishi kerak.
Bolalar hayotining ikkinchi yili boshlanishidanoq tanish fazoni (xona yoki uning qismini) ancha aniq tasavvur qila boshlaydilar, tanish buyumlarning joylashuvidagi ba’zi o’zgarishlarni qiynalmay payqay oladilar. Ikki yoshligidanoq bolalarda tanish chegaralangan fazoda harakat qilish haqida dastlabki elementar tasavvurlar tarkib topa boshlaydi, bu tasavvurlar hayot faoliyatida takomillashadi. Narsalarni ung kul bilan chapdan ungga karab terish kunikmasini mustakkamlash.
U yoki bu predmetning uziga nisbatan joylashuvini suz bilan ifodalashni urgatish (oldimda - stol, orkamda - shkaf, pastda - pol, yukorida - ship, ung tomonimda - deraza, chap tomonimda - eshik, shkaf - uzokda, stul - yakinda ).
Bolalarga berilgan yunalishda (oldinga-orkaga, ungga-chapga) karakat kilishni urgatish.
Tevarak- atrofda fazoda muljal olish buyicha ishlash bir necha yunalishda utkaziladi. Eng oldin amaliy tajriba takomillashtiriladi. Bolalar bu yosh davrida ancha mustakil bulib kolishadi, o’yinchoqlar saklanadigan joyni bilishadi, urnatilgan tartibga amal kilishadi. Urta gurukda ular oshxonada navbatchilik vazifalarini bajarishga urgatiladi, ukuv yilining ikkinchi yarmidan boshlab esa, materialni mashgulotga tayyorlash urgatiladi. Navbatchilarning vazifalarini bajarish stoldagi idishlar, ukuv ashyolarining fazoviy joylashuvlarini uzlashtirish bilan boglik. Bolalar endi binoda va bolalar bogchasi uchastkasida erkinrok muljal oladilar. Masalan, boshqa
guruhlar, musika zali, tibbiyot xonasi kaerda joylashganini, ularga kanday borishni biladilar. Bularning xammasi atrofni urab olgan fazoda katta kizikish bilan muljal olishdan darak beradi. Pedagogik ishning ushbu yunalishi keyingi yosh guruhlarida asosan bolalar bilan kundalik mulokotlarda, ya’ni ukishdan tashkari vaktda xam keng joriy kilinadi.
Urta guruhda ukuv faoliyatini tashkil kilish jarayonida tarbiyachi boshqa masalalarni xam xal kiladi: 1) fazo xakidagi dastlabki bilimlarni
mustaxkamlaydi, ularni kengaytiradi va teranlashtiradi, yangi ma’lumotlar beradi; 2) olingan bilimlarni uyinlarda, dasturning boshqa bulimlariga bagishlangan mashgulotlarda xar xil xayotiy situatsiyalarda kullashga urgatadi. «Bolajon» dasturining «Tevarak- atrofda muljal olish bulimiga mos ravishda tarbiyachi bolalarga uziga nisbatan yunalishni anikdashni, berilgan yunalishda xarakat kilishni (oldiga-orkaga, yukoriga-pastga, ungga-chapga), uziga nisbatan buyumlarning xolatini suzlar bilan tushuntiradi.
Bolalarning dastlabki fazoviy tasavvurlari ular hayotining ikkinchi yilidanoq nutqlarida ham aks eta boshlaydi (“Mana”, “bu erda”, “u erda”, “bunda”). Buning ustiga so’zlar harakat yo’nalishini yoki qiziqtiruvchi buyumni ko’rsatuvchi imo – ishoralar bilan kuzatiladi. Ana shu yoshda bolalar o’ziga, boshqa odamga nisbatan mo’ljal olishni egallay boshlaydilar. Kattalarning takliflariga binoan, qo’g’irchoqning ko’zlari, og’zi, biqini, qo’lchalari qayerdaligini mamnuniyat bilan ko’rsatadilar. Uch yoshga qadam qo’ygan bolalar, masalan, o’zlarining chap va o’ng qo’llaini farqlay boshlaydilar. Bunda katta odamning vazifasi bolaning shu malakalarni egallab olishiga yordam berishdan iborat.
Ammo oldin bolaga nisbatan karama-karshi yunalishda turgan, ya’ni oldida-orkasida, ungda-chapda turgan 1-2 ta o’yinchoqni, buyumlar joylashuvini aniklash-ga doir topshirik beriladi. O’yinchoqlar yoki kandaydir buyumlar soni asta-sekin 4 taga yetkaziladi. Dastlabki vaktlarda buyumlarni boladan uncha uzokmas masofaga (uning yoniga) joylashtirish ma’kul. Keyinchalik masofani kattalashtirib borish kerak. Tarbiyachining topshirigiga binoan, bola xonaning ma’lum bir joyiga turadi va uz oldida, chapida va ungida kanday buyumlar turganini aytadi. SHundan keyin tarbiyachi boladan ungga (chapga) turilishini va yana kanday buyumlar undan kaysi yunalishda turganligini aytishni suraydi.
Fazoda (“Top-chi, bunda nima bor?”, “Biling-chi, nima uzgaribdi?” tipidagi) muljal olishga doir mashklar uyin xarakteriga ega bulishi kerak.

II BOB
II.1. Maktabgacha taʼlimda katta guruhda bolalarni vaqt va fazoda mo’ljalga olishga o’rgatish o’ziga xos xususiyatlari



Download 152.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling