Mavzusida tayyorlagan
Download 11.52 Kb.
|
Davlat xaridini tashkil etishning ijtimoiy-
- Bu sahifa navigatsiya:
- Masalaning qo’yilishi
- Koronavirus pandemiyasi oqibatlarini yumshatish uchun qanday ishlar amalga oshirilishi kerak
DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI TADBIRKORLIK VA BOSHQARUV FAKULTETI MOLIYA VA MOLIYAVIY TEXNOLOGIYALAR YO’NALISHI 6MM-20 GURUH TALABASI ABDUSALOMOV SAMARIDDINNING MOLIYA FANIDAN DAVLAT XARIDINI TASHKIL ETISHNING IJTIMOIY-IQTISODIY AHAMIYATI VA UNI IQTISODIYOTGA TA’SIRI MAVZUSIDA TAYYORLAGAN KEYS STADY DENOV 2023 Masalaning qo’yilishi Koronavirus pandemiyasi tarqalishining ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari va Koronavirus pandemiyasi tugagandan so’ng iqtisodiy tiklanish va rivojlanish O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tarqalishinining oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan samarali chora-tadbirlar yordamida dunyoning ko‘plab mamlakatlarida kuzatilgan eng yomon holatlar chetlab o‘tildi. 1 million kishiga to‘g‘ri keladigan infeksiya va o‘lim darajasi (mos ravishda 110 va 0,5) dunyo bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan 9-10 baravar past (mos ravishda 848 va 50). Infeksiya bilan zararlanganlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, profilaktika qilish, davolash va tibbiy xodimlarni moliyaviy rag‘batlantirishga to‘g‘ridan to‘g‘ri sanitariya-gigiyena va tibbiy xarajatlar 651 milliard so‘mni (65 million dollar ekvivalentida), karantin markazlarining qurilishiga uzoq muddatli sarmoyalar va tibbiy asbob-uskunalar sotib olish — 1,2 trillion so‘mni (120 million dollar ekvivalentida) tashkil etdi. Shu bilan birga, asosan, 2020- yilning II choragidagi majburiy karantin choralari iqtisodiyot va ijtimoiy sohalarga o‘z salbiy ta’sirini ko‘rsatdi. Xususan: - hisob-kitoblarga ko‘ra, joriy yilning I yarim yilligida YIMning o‘sishi 100,2 foizni (dastlabki prognozga nisbatan 105,8%), sanoat — 98,1 foizni (105,9%), xizmatlar — 102,6 foizni (107,3%), qishloq xo‘jaligi — 102,8 foizni (103,3 %) tashkil etdi. Ma’lumot uchun: eng og‘ir karantin (aprel) oyida sanoatning pasayishi taxminan 22,8 foizga (2019-yil aprelga nisbatan), xizmatlar 37,5 foizga; eksport 9,6 foizga baholanmoqda. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi yurtimiz iqtisodiyoti inqirozgacha bo‘lgan dinamikaga qaytishga faol intilayotgani, bu yalpi ichki mahsulotning o‘tgan yil birinchi choragiga nisbatan 14 foiz o‘sganida o‘z ifodasini topganini alohida ta’kidlagan. 2020- yilning dastlabki 3 oyida yalpi ichki mahsulot (YaIM) 3 foiz oshib, 128,6 trillion so‘mni tashkil etgani (2020 yilda bu ko‘rsatkich 110,5 trillion so‘m edi) buning tasdig‘idir. Prezidentimiz raisligida hududlar va tarmoqlarda iqtisodiy o‘sishni ta’minlash bo‘yicha birinchi yarim yillikdagi ustuvor vazifalar yuzasidan bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida birinchi chorakda yalpi ichki mahsulot 3 foizga, sanoat — 3,8 foizga, qishloq xo‘jaligi — 3,1 foizga o‘sgani ma’lum qilindi. Iqtisodiy o‘sish uchun asosiy energoresurslar ishlab chiqarish hajmlarini oshirish lozimligi ta’kidlandi. Qayd etilishicha, birinchi chorakda tabiiy gaz qazib chiqarish 1,7 foizga kamaygani oqibatida 600 ming tonna sement, 55 ming tonna mineral o‘g‘itlar, 330 million kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmlari ta’minlanmagan. Shu bois ikkinchi chorakda birinchi chorakdagi 9 milliard kub metr tabiiy hamda 165 ming tonna suyultirilgan gaz ishlab chiqarishni so‘zsiz ta’minlash vazifasi qo‘yildi. Asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga kelganda, inflyasiya darajasi pasayishda davom etyapti. Narxlarning ko‘tarilishi esa birinchi chorakda 2,5 foizni, 2020 yilning shu davriga nisbatan esa 2,8 foizni tashkil etgan. Qolaversa, birinchi chorakda o‘tgan yilning shu davridagiga nisbatan sanoat mahsulotlari hajmi 3,8, xizmatlar 5,8, chakana savdo tovar aylanmasi 2,8, qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi 3,1, qurilish ishlari 0,5 foiz o‘sdi. Koronavirus pandemiyasi oqibatlarini yumshatish uchun qanday ishlar amalga oshirilishi kerak? -Moliyaviy nochor korxonalarga imtiyozli kredit berish, bankdan olgan kreditlarini so‘ndirishga imtiyoz yaratish, mahsulotlarning energiya va boshqa xom ashyo sig‘imini pasaytirishni rag‘batlantirish, elektron savdo va tender savdolarida ishtirokida imtiyozlar yaratish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarini lokalizatsiya dasturlariga kiritish, ularning mahsulotiga bo‘lgan ichki talabni oshirish tadbirlari amalga oshirish -Korxonalarning raqobatbardoshligi va ularning iqtisodiy holatiga koronavirus pandemiyasining ta’sirini yumshatish maqsadida ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish, mahsulot tannarxini arzonlashtirish,electron va tender savdolarida ishtiroki doirasida imtiyozlar yaratish, transaksion sarflarni tejash chora – tadbirlarini amalga oshirish -Pandemiya sharoitida zarar ko’rgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini electron va tender savdolariga ishtirokida imtiyozlar yaratish (savdo jarayonida teng kuchli tadbirkorlik subyektlarini raqobatchi qilish, moliyaviy xolati yaxshi bo’lgan korxonalar g’olib bo’lgan taqdirda ham kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari g’olib bo’ldi deb toppish va h.k) Download 11.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling